Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 Ishlab chiqarish vositalari tannarxi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

 
11.2. Ishlab chiqarish vositalari tannarxi 
Mumtoz siyosiy iqtisodda mahsulot tannarxi ishlab - chiqarish xarajatlari 
bilan belgilangan bo`lsa, Avstriya maktabi namoyondalari nazariyasida, xarajatlar 
tannarxi, ular tomonidan yaratilgan mahsulot tannarxi bilan belgilangan. Shunisi 
e`tiborga molikki, o`rta zanjirni yaratuvchi yarim fabrikatlar yaratilishida, bu zanjir 
iste`mol to`la mahsulotigacha davom etib, keyinchalik uning narxi butun zanjir 
baholanishi uchun, belgilangan. Menger fikricha, bevosita iste`mol predmeti, 


100 
birinchi tartib tovari deb atalib, ishlab chiqarish vositalari esa ikkinchi tartib 
tovarlari sirasiga kirgan. Masalan sut, birinchi tovari sifatida sotilishi mumkin
ammo undan suzma tayyorlanadigan bo`lsa, u ikkinchi tartib tovariga aylanadi. 
Agarda suzmadan pishloq qilinadigan bo`lsa, sut uchinchi tartib tovariga aylanadi. 
Qo`shimcha murakkabliklar, ishlab chiqarish kompleksi yordamida 
tayyorlanish jarayonida yuzaga keladi. Shu sababli, ishlab chiqarishning har - bir 
vositasiga nisbatan iste`mol predmeti tannarxi ulushi qo`llaniladi. Qo`llanilish 
muammosini hal etishda, Avstriya maktabi namoyandalari yagona fikrga ega 
bo`lmagan.
Kapital va foiz
. Mazkur muammo bo`yicha Avstriya maktabi 
namoyandalarida mo„ayyan aniq fikr bo`lmagan. Biz Byom -Baverkning «Kutish 
nazariyasini» ko`rib chiqamiz. Mengerning turli tartibdagi tovarlar haqidagi 
nazariyasiga asoslanib, Byom – Baverk kapitalning quyidagicha talqinini beradi: 
«Kapital yarimtayyor mahsulotlar jamlanmasi bo`lib, bu mahsulotlar ishlab 
chiqarish uzoq siklining alohida bosqichlarida yaratiladi». Shunday qilib, u kapital 
talqinini berishda, boyliklar yig`ilishi yoki ishlab chiqarish vositalariga emas, vaqt 
omili, ishlab chiqarish sikli davomiyligiga asoslanadi. 
Keyingi davrlarda Byom - Baverk hozirgi va kelajak mahsulotlari 
tushunchasini ham kiritgan. Uning fikricha hozirgi tovarlar, yuqoriroq baholanishi 
kerak. O`z mablag`larini investitsiyalarga kiritgan holda, Avstriyaliklar 
nazariyasiga ko`ra, inson faqatgina shaxsiy iste`mol nuqtai - nazaridan barcha 
hodisalarni baholagan bo`ladi va hozirda iste`mol qilinishi mumkin bo`lgan 
predmetlardan kelajakdagi tovarlarni iste`mol qilish uchun voz kechadi. Shundan 
so`ng, kutish davri boshlanib, bu davr ishlab chiqarish sikli davomiyligiga bog`liq 
bo`ladi va mazkur davr o`tganidan keyingina, tadbirkor o`z investitsiyalari 
hisobiga daromad olib, iste`mol predmetlarini xarid qilishi mumkin bo`ladi. Byom 
- Baverk talqinida, tadbirkor investitsiyalar ko`rinishi ostida kelajak tovarlarini 
sotib olib, ularni vaqt o`tishi bilan hozirda iste`mol qilishi mumkin bo`lgan 
tovarlarga aylantiradi, ammo bu tovarlar tannarxi hozirgi emas, kelajakdagi 
tovarlar narxi miqdorida to`langanligi bois, tadbirkor qo`shimcha daromadga ega 
bo`lib, bu daromad hozirda iste`mol qilinayotgan, hozirda va kelajakda ishlab 
chiqarilgan tovarlar orasidagi narx farqi hajmida belgilanadi. Aynan mana Shu 
daromad kapital keltirgan foiz bo`ladi. 
Xulosa sifatida aytish mumkinki, maksimal darajadagi foydalilik bilan 
belgilanuvchi tannarxning boshlang`ich toifa sifatidagi printsipiga, inson shaxsiy 
iste`moli printsipiga asoslangan holda, Avstriya maktabi namoyandalari, ba`zida 
iqtisodiy hodisalarni aniqlashda o`ziga xos konstruktsiyalardan foydalanishga 
majbur bo`lishgan. Nima bo`lganida ham, Avstriyaliklarning ba`zi g`oyalari, 
keyingi iqtisodiy nazariyalarda ham rivojlana bordi. 


101 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin