Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

V. Bozor muvozanat narxi.
Marshall ta`kidlashicha, bozor mo„ayyan tovar 
bilan, mo„ayyan harakatlarni bajaruvchi insonlar guruhidir. Talab va taklifning 
bozordagi mutanosibligi, muvozanat narxini keltirib chiqaradi. Bunday muvozanat, 
doimiy, ya`ni narx mo„ayyan o`zgarishlar oqibatini tezda tuzatish xususiyatiga ega. 


105 
Shu bilan birgalikda, Marshall muvozanat narx atamasi faqatgina mo„ayyan 
davrga nisbatan qo`llanilishi mumkinligini ham aytib o`tgan. Narx shakllanishi 
jarayonida vaqt omili tadqiqoti uning iqtisodiyot nazariyasiga qo`shgan ulkan 
hissasi bo`ldi. Shuni ham aytib o`tish joizki, Marshall, o`sha davrdagi 
marjinalistlari kabi, iqtisodiyotni statika doirasida ko`rib chiqib, bu doirada vaqt 
omili e`tiborga olinmagan. Uning nisbatan talqin etilishi esa, bozor turli muvozanat 
holatlari qiyoslanishi asosidagi qiyosiy statika uslubi sifatida tilga olingan. 
Marshall bu kabi uch holatni farqlagan: juda qisqa muddat (juda qisqa «Bozor 
davri»), qisqa davr va uzoq muddat. Birinchi holatda sotuvchilar o`z takliflarini 
talab o`zgarishiga moslashtira olishmaydi, ya`ni boshqacha qilib aytganda, ishlab 
chiqarish omillari doimiy bo`ladi. Misol tariqasida Marshall tirik baliq bozorini 
ko`rib chiqib, unda tovar tez buziladi, Shu sababli tovar zahirasi mavjud 
bo`lmaydi, demakki sotuvchi ham kutilmaganda yuqori darajadagi talabga javob 
bera olmaydi. Shu sababli muvozanat narxini, talab hajmi belgilaydi. 
Qisqa davomida ishlab chiqarish omillarining bir qismi doimiy bo`lib qoladi, 
ammo boshqa qismi esa o`zgaruvchan bo`lib, Shu sababli takliflar mo„ayyan 
hajmlarda talabga ko`ra o`zgartirilishi mumkin. Masalan, ishlab chiqarish 
quvvatlari, eskiligicha qoladi, ammo ularning amalga oshirilishini o`zgartirib 
bo`lmaydi.
Nihoyat uzoq muddatni ko`rib chiqadigan bo`lsak, bunday ishlab chiqarishning 
barcha omillari, o`zgaruvchan bo`ladi. Masalan ishlab chiqaruvchi, qo`shimcha 
ishlab chiqarish quvvatlarini faoliyatida qo`llash mumkin, Shunday qilib, davr 
uzayishi sayin, muvozanat narxi, taklif narxi shakllanishi sayin o`sib boradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin