Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

Predmet va uslub
. Garchi Val`ras «sof iqtisodiyot» atamasini ilgari surgan bo`lsa 
ham, uning o`zi mazkur nuqtai nazar iqtisodiyotda yagona imkoniyati mavjud 
bo`lgan yondashuv sifatida tan olinmagan. O`zining «Sof siyosiy iqtisod 
elementlari» (1874-1877) asosiy asari bilan bir qatorda, u «Ijtimoiy iqtisodiyot 
haqida ocherklar» (1896) «Amaliy - siyosiy iqtisodiyot ocherklari» (1898) va 
qator boshqa asarlarni ham yaratdi. Shu kabi Pareto ham, iqtisodiy tadqiqotlar 
bilan bir qatorda («Siyosiy iqtisod kursi» (1896-1897) «Siyosiy iqtisod darsligi» 
(1906) bilan bir qatorda sotsiologiya bo`yicha ham qator fundamental asarlarni 
yaratgan. Ammo, mazkur mavzu doirasida, biz ushbu mualliflarning faqatgina 
“sof iqtisod” haqidagi asarlarini ko`rib chiqamiz, garchi Val`ras marjinalistik 
inqilobning birinchi bosqichiga, Pareto ikkinchi bosqichiga tegishli bo`lsa ham. 
 
13.2. L.Val`ras. Umumiy iqtisodiy muvozanat 
Val`ras, umumiy iqtisodiy muvozanat nazariyasini ishlab chiqgan ilk olim. 
Umumiy iqtisodiy muvozanat, bu iqtisodiyotning Shunday holatiki, unda barcha 
bozorlar, bir vaqtning o`zida muvozanatda bo`lib, har - bir xo`jalik sub`ekti, 
belgilangan byudjet cheklovlari sharoitida, foydalilik maqsadli funktsiyasini 
mustaqil ravishda maksimizatsiya etishi lozim. Bu holat, faqat narxni mo„ayyan 
tizimi shakllanish sharoitida amal qiladi. Val`ras o`zining umumiy iqtisodiy 
muvozanat modelida, tenglamalar tizimini qo`llab, unda ishlab chiqaruvchi va 
iste`molchi tomonidan sotilayotgan va xarid etilayotgan tovarlarning ishlab - 
chiqarish omillari va iste`mol tovarlarining narxlari noma`lum bo`ladi. 
Tenglamalarning o`zi, iste`molchilar va ishlab chiqaruvchilar harakatini, 
maksimum darajasiga etkazadi. Aynan Val`ras mazkur tenglamalar tizimi o`z 


108 
echimiga ega ekanligini ko`rsatib berib, bunday echim asosida, noma`lum 
tenglamalar miqdori, tizimdagi tenglikda yotadi, ya`ni tenglamalar tizimi, o`zaroo 
mutanosib ravishda echilishi lozim. Buning asosida talab va taklif hajmi, alohida 
tovarga bo`linishi, nafaqat uning narxiga, balki tovarlarga bo`lgan narxiga ham 
bog`liq bo`lib, bir bozorning holati, boshqa bozor holatiga bog`liq bo`ladi. 
Val`ras xalq xo`jaligini 4 asosiy bozorga bo`lgan: iste`mol predmetlari 
bozori, ishlab chiqarish omillari bozori, pul kapitallari bozori va almashinuv 
vositasi sifatidagi mablag` bozori. Buning asosida u har - bir bozor doirasidagi 
tenglik sharoitlarini topadi. Shundan so`ng, mazkur bozorlar orasidagi bog`liqlik 
masalasi qo`yiladi. Avvalambor, bunda g`oya, iste`mol predmetlari bozori va 
ishlab chiqarish omillari orasidagi bogg`liqlik haqida ketadi. Tovarlar bo`lgan 
iste`molchilik talabi, barcha iste`molchilar daromadlariga bog`liq. O`z navbatida 
ularning daromadlari, narx va ishlab chiqarish omillariga borib taqaladi. Shu bilan 
birgalikda, ishlab chiqarish omillariga bo`lgan korxona talabi, iste`molchilar 
tomonidan ilgari surilgan tayyor mahsulotga bo`lgan talabga bog`liq. Keyinchalik, 
ishlab chiqarish omillari va mablag` kapitallari bozori orasidagi bog`liqlik mavjud 
bo`lish, buning asosida investitsiya va boylik muvozanati yotishini e`tirof etadi. 
Pul mablag`lari bozori va almashinuv vositasi sifatidagi pul bozori orasidagi 
bog`liqlik tadqiq etiladi. Buning asosida mablag` yig`ilishining hajmini o`sishi, 
mablag` massasi qisqarishiga olib kelib, tabiiyki narxlarga ta`sir etadi. Val`ras 
mablag` bozorini quyidagicha ta`riflagan: «mablag` belgilari omili narxi, mablag` 
real miqdorining istalgan naqd holatdagi mutanosibligiga bog`liq». 
Shu bilan birgalikda, Val`ras, iqtisodiyot to`liq muvozanat holatida nisbatan 
o`sishini isbotlab berib, hech qachon bu muvozanatga erisha olmasligini ta`kidlab 
o`tgan. 
O`zining umumiy iqtisodiy muvozanat modelida, Val`ras, mazkur muammoni 
mo„ayyan doirada ko`rsatib bergan, ammo matematik darajada, uni echa olmagan. 
Keyingi davrlarda qator olimlar ham, mazkur modelni matematik jihatdan 
rivojlantirishga harakat qilgan. A.Val`t (1936) va Errou Debre (1954) asarlarini 
ham e`tirof etish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin