127
Nazorat uchun savollar:
1.
Iqtisodiyot fanining uchta asosiy yo`nalishini quyidagi belgilarga ko`ra
taqqoslang (mumtoz
siyosiy iqtisod, marjinalizm va institutsionalizm):
2.
Ulardan qaysi biri sof, qaysi biri ijtimoiy - iqtisodiyotni tadqiq etgan?
3.
Ulardan qaysi biri sabab - natijaviy, qaysi biri
iqtisodiy munosabatlarning
funktsional talqinini qo`llagan?
4.
Yo`nalishlardan qaysi biri iqtisodiyotning matematik modellashtirish,
qaysi
biri esa tasodifiy yo`nalishni qo`llaydi?
5.
Mazkur yo`nalishlar va iqtisodchilardan qaysi birida iqtisodiyotga nisbatan
tarixiy yondashuv mavjud?
6.
Iqtisodiyot fanida dinamika va rivojlanish tushunchalari
orasidagi farq
nimada?
7.
Yo`nalishlar va iqtisodchilardan qaysi biri,
hukumatning iqtisodiyotga
aralashuvini inkor etishadi, qaysi biri esa qabul qilishadi?
8.
Institutsionalizm atamasi qaysi so`zlardan kelib chiqadi?
9.
Institutsionalizm shakllanishi qanday umumilmiy asoslarga yondashgan?
10.
Institutsionalizm yuzaga kelishining asosiy bosqichlari qanday?
11.
XX asr boshida institutsionalizmning to`la - to`kis
tasdiqlanishining ichki
va tashqi sabablari nima?
12.
Veblen fikricha, institut o`zgarishlari ichki sabablari nimada?
13.
Veblen nazariyasi bo`yicha institutlar o`zgarishi qanday amalga oshadi?
14.
Veblen iqtisodiyot tarixiy rivojlanishni qanday bosqichlarga ajratgan?
15.
Veblen o`zi uchun zamonaviy bo`lgan jamiyatning asosiy qarama -
qarshiliklarini nimada deb bilgan?
16.
Veblen bekorchilar sinfini qanday tavsiflaydi?
17.
Veblen jamiyat rivojlanishida qanday kelajakni ko`rgan?
18.
Kommons institutsional iqtisodiyotni qanday talqin qilgan?
19.
Kelishuv nazariyasi mazmuni nima?
20.
Kommons kapitalizm rivojlanishi qanday
bosqichlarini ajratgan va
ma`muriy kapitalizm bosqichini qanday talqin qilgan?
21.
Mitchell qanaqa asosiy iqtisodiy muammolarni tadqiq etgan?
22.
Iqtisodiy sikllar tadqiqotlari qachon va nima sababdan boshlangan?
23.
Mazkur tadqiqotlarga K. Jyuglar hissasi nimada?
24.
Ekzogen va endogen sikllar nazariyasi nima bilan farq qiladi?
25.
U.S. Djevons iqtisodiy sikli nazariyasining mazmuni nima?
26.
M. Tugan – Baranovskiy iqtisodiy sikl nazariyasi mazmuni nima?
27.
Yirik sikllar masalasi ishlab chiqarilishida N. Kondrat`ev hissasi qanday?
28.
Yirik sikllar mexanizmini tushuntirish uchun,
ijodiy ravishda uning
tomonidan boshqa iqtisodchilarning qanday g`oyalari qo`llanilgan?