Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 Iqtisodiy siyosat masalalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

 
15.3. Iqtisodiy siyosat masalalari 
Iqtisodiy fikr doirasidagi muhim o`zgarish, davlatning iqtisodiyotdagi roliga 
nisbatan qarashlarning qayta ko`rilishi bo`ldi. Bozor tizimini tartibga solish 
bo`yicha davlat siyosatining bozor tizimini tartibga solishga qaratilgan harakatlari 


134 
zaruriyatlari haqidagi g`oya keng tarqala boshladi. XIX asr oxiri – XX asr boshida, 
davlatning xo`jalik hayotiga aralashuvi faqatgina antimonopoliya choralari, hamda 
qisman mehnat bozorini nazorat etish (ish kunini qisqartirish, eng kam oylik 
haqqini belgilash) bilan cheklanib kelgan. Ammo bu choralar, mumtoz aniq 
iqtisodiyot mustaqilligi haqidagi iqtisodiy nazariya qonuniyatlariga qarshi chiqar 
edi. Davlatdan faqatgina monopoliyalar o`sib ketishi, va nisbatan aholi alohida 
tabaqalariga nisbatan mazkur mexanizmni yumshatish talab qilinar edi. 
XX asr boshi iqtisodshiy jarayonlari, XIX asr davomida hukmronlik surgan 
iqtisodiy liberalizm printsiplari tanqid ostiga olinishiga olib keldi. 1930-yillarning 
o`rtalariga kelib, davlat aralashuvining printsipial ravishda Yangi kontseptsiyasi 
shakllandi. U iqtisodiyot depressiv holati tahlili, hamda bozor tizimi mutloq 
samaraliligi g`oyasini (jamoatchilikka zarur bo`lgan tovarlar ishlab chiqarilish 
masalasi) tanqidi bilan bog`liq iqtisodiy nazariyada jiddiy o`zgarishlarni olib keldi. 
Bozor resurslarning samarali ravishda taqsimlanishi bilan ham asosiy iqtisodiy 
ko`rsatkichlarni muvozanat holatiga keltirish bilan ham Shug`ullanmayotganligi 
haqidagi tezis, davlatning bozor harakatlarini tartibga solish uchun aralashuvi 
zarurati haqidagi xulosani keltirdi. Aynan Shu g`oyalarni jamoatchilik ravnaqi 
nazariyasi (A. Pigu), institutsionalistlar va keynschilar, hamda stokgol`m maktabi 
g`oyalari ham ilgari surishgan. 
Umuman olganda, iqtisodchilarning fikri uch guruhga bo`lindi. yuqorida 
tilga olingan birinchi guruh fikri, davlatning iqtisodiyotga faol aralashishi 
tarafdorlari edi. Iqtisodchilarning boshqa qismi, erkin iqtisodiyot mumtoz 
printsiplari tartiblari tarafdorlari bo`lishib, iqtisodiyotning istalgan turdagi 
markazlashishi va davlat tomonidan nazorat etish tarafdorlari, ayniqsa neoavstriya 
maktabi namoyandalari orasida kuzatildi. Xususan, bu fikrlarni Lyudvig fon Mizes 
va Fridrix fon Xayeklar ilgari surishgan. 1920-yilda L. Mizesning birinchi 
maqolasi nashr etilib, unda muallif Avstriya liberalizmi asoslarini belgilab berib, 
rejaviy tizim cheklovlarini tahlil etgan. 1927 - yilda «Liberalizm» kitobini yozib, 
unda o`z tanqidlarini davlatning iqtisodiyotga aralashuviga qaratib, bu holatni 
butun bozor tizimi dezorientatsiyasiga olib keluvchi bozor signallari buzilishi deb 
talqin qilgan. Shu munosabat bilan, u o`z davridagi hukumatlarni etarli darajada 
liberal emasliklarida ayblagan. 1930-yillarda, uning tarafdori F. Xayek mazkur 
g`oyalarni rivojlantirib, bozor iqtisodiy agentlarga o`z harakatlarini to`g`ri 
yo`naltirish imkoniyatlarini breuvchi signallar tizimiga ega ekanligini isbotlashga 
harakat qilgan. Bozorni reja bilan almashtirilishi, bozorning o`zgarishi narx 
axboroti va iqtisodiyot balansi buzilishiga olib kelishini aytib o`tgan. 
Shu bilan birgalikda, iqtisodchilarning uchinchi guruhi ham paydo bo`lib, 
ular «liberalizm» doirasida qolgan holda, mazkur g`oyaga mo„ayyan o`zgartirishlar 
ham kiritishdi. Mazkur oqim keyinchalik «neoliberalizm» nomini olgan. Bu oqim 


135 
XX asrning 30- yillarida paydo bo`ldi. Uning doirasida, London maktabi 
iqtisodchilari (xususan Layonell Robbins (1898-1984)), qator frantsuz 
iqtisodchilari (Al`ber Aftal`on, Moris Alle (1911)) va boshqalar, hamda nemis 
iqtisodchilari, Frayburg maktabi namoyandalari (Val`ter Oyken (1891-1950), 
Vilgel`m Ryobke (1899-1966), Aleksandr Ryustof (1885-1963) kabi olimlar 
faoliyat yuritishgan. Mazkur iqtisodchilar turli nazariy maktab tarafdorlari bo`lib, 
faqatgina 
davlatning 
iqtisodiyotdagi 
roli 
masalasidagi 
qarashlari 
bilan 
birlashishgan. Shu sababli, neoliberalizm, iqtisodiy nazariya emas, davlatning 
iqtisodiyotni nazorat etish kontseptsiyasidir. O`z harakatlarini birlashtirish 
maqsadida, neoliberallar qator anjumanlar tashkil etishib, ulardan birinchisi 1938 
yilda Parijda o`tkazildi (Lipmann kollokviumi). Mazkur anjumanda neoliberalizm 
iqtisodiy dasturi ishlab chiqildi. 
Neoliberal yo`nalish mazmunini belgilab bergan asosiy g`oya erkin 
iqtisodiyot bozorni samarali faoliyati zarur sharti bo`lib, xo`jalik yuritish liberal 
tizimining saqlab qolinishi esa, davlatning mo„ayyan choralar ko`rishi sharoitida 
mumkinligidir. Shu sababli, mazkur oqim namoyandalari laises-faire mumtoz 
liberal printsipiga qarshi chiqishgan. Ularning fikricha, bozor mexanizmlari 
birinchidan, erkin tizim ishlab chiqarilishini ta`minlab bera olmaydi 
(monopolizatsiyaga qaratilgan oqimlar paydo bo`lib tizimning vaqtinchalik 
muvozanati buzilishiga olib keladi), ikkinchidan esa, daromadlar taqsimlanishining 
samarasiz tizimini shakllantiradi (aholining himoyalanmagan tabaqalari iqtisodiy 
hayotdan tushib qolib, qator iqtisodiy jihatdan effektiv sohalar, masalan fan 
rivojlanmay qoladi). Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish uchun, aynan mana Shu 
kamchiliklar bartaraf etilishi uchun ham davlat aralashuvi zarurdir. 
Davlatning birinchi majburiyati erkin iqtisodiyot institutsional tizimini 
yaratishdir. Mazkur institutsional tizim, tarkibiga qator tovar va kapitallarni erkin 
harakatlanishini ta`minlovchi qonunni oladi, xususan antimonopoliya choralari, 
hamda kichik tadbirkorlikni qo`llab - quvvatlash. Bundan tashqari davlat vazifalari 
tarkibiga u yoki bu iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik va jismoniy sabablarga ko`ra 
erkin bozor sharoitlarida teng ravishda faoliyat yurita olmaydigan aholi 
qatlamlarini qo`llab - quvvatlash ham kiradi. Shu bilan birgalikda, davlat aholining 
samarali iqtisodiy harakatlarini ham qo`llashi zarur (aholi soni ortishini qo`llab - 
quvvatlash, ishlab – chiqarish mehnati o`sishini quvvatlash, ilmiy tadqiqotlarni 
moliyalashtirish). 
Shunday qilib, neoliberalizm mumtoz liberalizm va dirijizm orasidagi o`rta 
nuqtani egallaydi. Bir tomondan, u bozor mexanizmlarining to`la avtonomiyasiga 
va davlatning faqatgina qorovul roliga qarshi chiqadi, boshqa tomondan, u 
mo„ayyan davlat siyosati vositasida erkin iqtisodiyot tizimini saqlashga harakat 
qilib, erkin bozor iqtisodiyot tizimini nafaqat samaradorlik asosi, balki jamiyat 


136 
siyosiy va fuqarolik erkinligi asosi sifatida qabul qiladi. Neoliberallar davlatni 
futbol maydonidagi hakam sifatida ko`rib chiqib, garchi sud`ya o`yinda bevosita 
ishtirok etmasada, o`yin qoidalariga rioya qilishni kuzatib boradi. 
Uzoq muddat davomida, neoliberalizm oppozitsiyada bo`lgan, Chunki XX 
asrning 30-yillari boshidan, 60- yillari oxirigacha, davlatning iqtisodiyotdagi roli 
kuchayishi tendentsiyasi kuzatilgan. Faqatgina urushdan so`nggi Germaniyada 
markazlashtirilgan natsizm tizimi qulashidan so`ng liberalizm o`sishi, neoliberallar 
g`oyalari ijtimoiy bozor xo`jaligi amalga oshirayotgan ijtimoiy siyosatida o`z 
aksini topdi. Dunyo bo`yicha esa, neoliberalizm XX asrning 70-80 yillariga 
kelibgina, keng tarqalgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin