145
XVII-BOB. NOMUKAMMAL RAQOBAT BOZORI NAZARIYALARI
17.1. E.Chemberlin monopolistik raqobatchilik nazariyasi
Monopoliya holati iqtisodiy ta`limotlar tarixi davomida ko`pchilik
iqtisodchilar tomonidan ko`rib chiqilgan. Mazkur muammoning ayniqsa yorqin
misollari sifatida, frantsuz iqtisodchisi Antuan Ogyusten Kurne asarlarida ko`rib
chiqilgan. «Boylik nazariyasi matematik printsiplari tadqiqoti» (1838) asarida
iqtisodiyotda, monopoliya va duopoliya holati keng ko`rib chiqgan. Kurne
tomonidan monopolistik daromad maksimizatsiyasi sharoitlari belgilangan, hamda
monopolistik bozorda narx erkin raqobatchilik sharoitlariga qaraganda
yuqoriroq,
ishlab chiqarish hajmlari esa kamroq ekanligi haqida xulosa chiqarilgan.
Duopoliya holati, Kurne tomonidan narx, monopoliya va raqobatchilik
ko`rinishidagi narx va ishlab chiqarish hajmi darajasi bo`yicha o`rtacha element
sifatida ko`rib chiqilgan. Duopolistik bozori tahlili elementlari F. Edjuortning «Sof
monopoliya nazariyasi» (1897) kitobida ham mavjud. Monopolistik raqobatchilik
nazariyasi tarafdori sifatida rus iqtisodchisi V. K. Dmitrievni ham tilga olish
mumkin. U monopolistik narxlar tahlili bilan Shug`ullangan, Shu borada Lozanna
maktabi namoyandasi F. Paretoni ham tilga olish joiz.
Monopoliya muammosiga nisbatan qarashlarni kardinal ravishda, ingliz
iqtisodchisi, ital`yan millatiga mansub P`etro Straffa g`oyalari
ayniqsa muhimdir
(1898-1983). 1920-yillarda, Kembridj universitetida, u monopoliya holati bo`yicha
faol tadqiqotlarini amalga oshirgan. Uning kontseptsiyasi tarafjorlaridan biri,
Djoan Robinson bo`lib, o`zining «Raqobatchilik sharoitlarida daromadlarni
shakllantirish qonuniyatlari» (1926) maqolasida raqobatchilik bozori tuzilmasiga
hajmdan o`sib borayotgan qaytim qonuniyati ta`siri haqidagi masalani ko`targan.
Uning fikricha, mazkur qonuniyat ta`siri tufayli, bozordagi monopoliya holati sof
bo`lmaydi. A. Marshall tomonidan ilgari surilgan rivojlangan raqobatchilik
kontseptsiyasi va firma nazariyasini tanqid ostiga olar ekan, u bozor qonuniyatlari
tadqiqotini raqobatchilikdan emas, aynan monopoliyadan
boshlash lozimligini
ta`kidlagan. Bunday yondashuv mumtoz va neomumtoz nazariya uchun printsipial
ravishdagi Yangi g`oya bo`ldi.
Rivojlanmagan raqobatchilik bozoriga bag`ishlangan tizimli tadqiqotlar
1930-yillarga kelibgina paydo bo`la boshladi. 1933 yilda, Amerika iqtisodchisi
Edvard Xastings Chemberlin (1899-1967) qalamiga mansub «Monopolistik
raqobatchilik nazariyasi» kitobi nashr etilib, undan bozorda firmaning
monopolistik holati, tez uchraydigan hodisa bo`lib, u firma hajmlari bilan bog`liq
emasligi ta`kidlangan.
146
Oldingi sof raqobatchilik yoki sof monopoliya hodisasini ko`rib chiqgan
iqtisodchilardan farqli o`laroq, E.Chemberlin iqtisodiyot uchun monopolistik
raqobatchilik holati xosligini aytgan.
Bu holat, bozorda juda ko`p miqdordagi
sotuvchilar mavjudligi, Shu sababli uni raqobatchilik deb atash mumkinligini ilgari
suradi, ammo Shu bilan birgalikda, raqobatchilik bozorining ikkinchi sharti, unda
bir - xil sifatdagi tovarlar mavjudligidir. E. Chemberlin modelina, ishlab
chiqaruvchilar monopoliya daromadini olishga harakat qilgan holda,
mazkur
tovarga bo`lgan talab elastikligini pasaytitrishadi. Buning uchun, ular o`z
mahsulotini boshqa tovarlar umumiy massasidan ajratib, uning sifat darajasini
oshirishga, tashqi ko`rinishni jozibadorligiga, hamda sotish shartlarga belgilashga
harakat qilgan holda, unga ekslyuziv tavsif berishadi
va Shu orqali xaridorni
tovarga narx o`zgarishidan qat`iy nazar, xaridor talabini saqlab qolishga harakat
qilishadi. Buning natijasida, mahsulot differentsiatsiyasi yuz berib, ishlab
chiqaruvchi mazkur tovar turining bozordagi yagona sotuvchisiga ya`ni
monopolistga aylanadi.
Mazkur monopoliya holati, bozorda Shunday o`xshash, ammo sifati bilan
farq qiluvchi tovarlar
mavjudligi bilan ajralib turib, bunday tovarlar substitutlar
deb ataladi. Mo„ayyan tovarga nisbatan narx o`sishi sayin, xaridor o`z talabini Shu
ko`rinishdagi boshqa tovarga yo`naltiradi, ammo bunda sotuvchi tomonidan Yangi
tovar pastroq narxda sotiladi. Shunday qilib, raqobatchilik saqlanib qolinadi, ammo
Yangi tavsifga ega bo`ladi, Chunki tovarlar nafaqat narxlar bo`yicha, balki
iste`molchilik tavsiflari bo`yicha ham raqobatchilikka kirishib, sotishni
tashkiliyligi bo`yicha ham farq qila boshlaydi (masalan xizmat ko`rsatish,
joylashish, reklama va boshqalar). Aynan Shu holatdan sotuvchi foydalanib, u
iste`molchi istaklarini narxdan qat`iy nazar boshqa tovarga yo`naltirish
imkoniyatiga ega bo`ladi.
Shunday qilib, E. Chemberlin, differentsiatsiyalashgan
tovar sotuvchisi,
xaridor istaklarini boshqarish imkoniyatiga ega bo`lib, tovarlarga nisbatan
talablarni narx bo`yicha nisbatan pastroq darajadagi elastikligiga erishadi. Mazkur
fikr, firma harakati, neomumtoz nazariyasiga amerikalik iqtisodchining muhim
hissasi bo`ldi. Undan oldin ishlab chiqaruvchi vazifalari, faqatgina talabga nisbatan
yondashish sifatida talqin qilingan edi. E.Chemberlin ta`kidlashicha esa, firmalar,
taklifning talabga nisbatan moslashtirishga ham ko`p kuch sarflashi belgilangan.
E.Chemberlin alohida e`tiborni, bozorda monopolistik raqobatchilik narx
shakllanishi jarayoniga ham ajratgan.
Uning fikricha, tovar differentsiatsiyasi
sababli, sotuvchi qisman monopoliya hukmdorligiga ega bo`ladi, ya`ni sof
raqobatchilik sharoitlaridagidan ko`ra yuqoriroq darajada tovarga nisbatan narx
belgilash imkoniyatiga ega, Chunki talab chizig`i past darajada elastiklik
xususiyatiga ega bo`ladi.
147
E.Chemberlin monopolistik raqobatchilik bozorida, narx shakllanish
jarayonini quyidagi grafik yordamida illyustratsiya etgan (17.1.1-rasm)
y
D
S`
d
P`
B
p
A
D`
S
d`
Q`
Q
x
Dostları ilə paylaş: