Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

Makroiqtisodiy yondashuv
. yuqorida aytib o`tilganidek, Dj.M. Keyns ilk 
asarlarida, iqtisodiyotning hukumat tomonidan nazorat etilishiga katta e`tibor 
qaratgan. U iqtisodiy tizim mustaqil ravishda o`z - o`zini nazorat eta olmasligi 
fikrini ilgari surib, uning yondashuvi o`ziga xosligini iqtisodiy muammolar 
tahliliga qaratgan. Buning oqibatida iqtisodiy tahlil uning tomonidan iqtisodiy 
makrodarajaga ko`tarilib, agregatsiya etilgan ko`rsatkichlarni qo`llaydi, va 
umumiqtisodiy muvozanat masalalari va iqtisodiyot makroiqtisodiy nazoratini 
ilgari suradi. 
Sabab-natijaviy tahlilga qaytish
. yuqoridagi boblarda aytib o`tilganidek 
marjinalistik inqilob jarayonida, mumtoz sabab - natijaviy tahlildan chetlashish yuz 
berib, uning o`rniga funktsional uslub kelgan. Mazkur uslub, butun mexanizm 
harakatini belgilovchi va iqtisodiy jarayonlar sababi bo`lmish asosiy omillarni 
qidirishdan voz kechishni nazarda tutadi. Funktsional uslub, iqtisodiy tizim barcha 
elementlarini teng va o`zaro bog`liq deb belgilaydi. 
Dj. M. Keyns nazariyasi, sabab - natijaviy tahlilga qaytishni asoslab berdi. 
Nazariya asosida boshqa iqtisodiy omillarga bog`liq bo`lmagan alohida iqtisodiy 
toifalarni bir tomondan, boshqa tomondan esa, iqtisodiy mexanizm dinamikasini 
belgilab beradi. Bunday asosiy omillardan biri esa, mablag` yig`ilishiga moyillik 
belgilanadi.
Resurslar band emasligi masalasi
. Demak, keynschilik nazariyasi asosi 
bo`lgan masala, resurslarning to`liq band emasligi bilan bog`liqdir. Mazkur masala 
XX asrning 30- yillarida nihoyatda dolzarb bo`lgan, zero inqiroz yondashuv 
iqtisodiy realligiga to`liq javob berib, bu holat ishsizlik yuqori darajasi, ishlab 
chiqarishning keskin qulashi, demakki ishlab chiqarish quvvatlarining yuqori 
darajada bandligi bilan farqlangan. yuqorida aytib o`tilganidek, Dj. M. Keyns, 
bandlik masalalari mumtoz interpretatsiyasidan chetlashgan. An`anaviy ravishda 
ishsizlik, friktsion yoki ko`ngilli turlarga bo`lingan. Hisoblashlaricha, bandlik 
darajasi mehnat bozorida mehnat uchun talab va taklif muvozanatini belgilovchi 
nuqtadagi ish haqi hajmiga bog`liq ekan. Shu sababli hech kim tomonidan bandlik 
darajasini nazorat etish masalasi qo`yilmagan. 
1930-yillardagi holat, ishsizlik nihoyatda yuqori darajasi bilan farqlanib, bu 
holat friktsion yoki ko`ngilli tavsif ostiga tushmas edi. Neomumtozlarning 
ta`kidlashicha, yuzaga kelgan muammo sababi, birinchi navbatda kasaba 
uyushmalari siyosati bo`lib, aynan kasaba uyushmalari ish haqi darajasini oshirib, 
mehnatga nisbatan talab darajasini tushirishgan. Past darajadagi bandlik bilan 
kurashish chorasi sifatida mehnat haqqini tushirish taklif etilib, bu holat, firmalar 
tomonidan mehnatga nisbatan talabning bevosita oshishiga olib keladi. Bundan 


161 
tashqari, hisoblanishicha, ish haqining past darajasi yuqori daromadlarini 
ta`minlab berib, iqtisodiyotdagi zahira mablag`lar ulushi oshadi. Kapitalga 
nisbatan foiz stavkasi tushadi, demakki investitsiyalar hajmi ham oshadi. 
Investitsiyalar o`sishi, yangi ish o`rinlari yaratilishiga olib kelib, bu holat ham 
bandlik o`sishiga ijobiy ta`sir etadi.
Dj.M.Keyns, printsipial ravishda yangi kontseptsiyani ilgari surdi. Uning 
ta`kidlashicha, majburiy ishsizlik ham mavjud bo`lib, bu holat ishlab chiqarish 
darajasi pastligiga bog`liq. Bunda iqtisodiyot depressiya holatida bo`lib, aynan 
ishlab chiqarishning to`xtatilishi, ishlab chiqarish quvvatlarining to`liq bo`lmagan 
hajmda qo`llanilishi, bandlik darajasining ommaviy ravishda pasayishiga olib 
keladi. Shunday qilib, bandlik muammolari echimining asosiy vazifasi deb Dj.M. 
Keyns ishlab chiqarish faoliyatini tiriltirish bog`lagan. Mazkur vazifani echish 
imkoniyatini beruvchi chora sifatida esa, talab samaradorligini rivojlantirish deb 
hisoblagan.
Samarali talab kontseptsiyasi. Samarali talab kontseptsiyasi Dj.M.Keyns 
iqtisodiy nazariyasining markazida turadi. Shu sababli uning nazariyasi, hamda 
keynschilik maktabi nazariyasi asosini, talab iqtisodiy nazariyasi deb atashadi 
(«Demand side economics»). Talab muammosi hech - qachon, neomumtozlar 
tomonidan o`rganilmagan, Shu sababli ular J.B. Seyning bozor qonuniyatlaridan 
kelib chiqishib, unga muvofiq taklif doimiy ravishda muvofiq talabini keltirib
mazkur talab etarli bo`lishi mumkin emas. Dj.M. Keyns o`z fikrlarida, Knut 
Viksel`ning Shved maktabi g`oyalariga rioya etgan holda, ta`kidlaydiki J.B. Sey 
qonuniyati faqatgina barter iqtisodiyotida amal qiladi. Zamonaviy iqtisodiyot esa, 
mablag` iqtisodiyoti bo`lib, mablag` barter kelishuvlarining sodda formasi 
ko`rinishiga ega bo`lmaydi. Ular, daromadning bir qismini mablag` shaklida 
ushlab qolishga harakat qilishadi, demak Dj.B. Sey tomonidan kiritilgan qoidani 
buzishadi, zero mazkur qoidaga muvofiq, har - bir sotuvchi o`z navbatida 
xaridorga aylanadi. Daromadlarning mablag` formasida saqlab qolinishi talab va 
taklif orasidagi emirilishga olib keladi. Talab, taklifdan qoloq holatga o`tadi, zero 
olingan mablag`larning bir qismini tovar aylanmasidan zahira sifatida olib 
qolinadi. Bu holat krizisning real imkoniyatini yaratadi. 
Iqtisodiyotning bunday holati, resurslarning ortib qolishi bilan tavsiflanadi, 
ya`ni yuqori ishsizlik darajasi, ishlab chiqarish quvvatlarining etarli darajadagi 
hajmga ega bo`lmasligi, harakatga tushmagan kapitallarning katta hajmi. Bunday 
holatdan chiqishni Dj.M.Keyns etarli darajadagi talab samarali masalasi va 
resurslarning to`liq bandligini ta`minlashi mumkin bo`lgan choralarning etarli 
darajada ishlab chiqarilishi bilan bog`laydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin