167
2.
Dj.M. Keynsning mablag` neytralligi mumtoz printsipi borasidagi tanqidi
mazmuni nimadan iborat?
3.
Keynschilik nazariyasi usulining asosiy xususiyatlarini aytib bering.
4.
Sey bozorlar qonuniyatining keynschilik tanqidi mohiyati nimada?
5.
Iste`molchilikka nisbatan maksimal moyillik nima?
6.
Nima sababdan Dj. M. Keyns fikriga ko`ra, zahira mablag`lari
avtomatik
ravishda investitsiyalarga aylanmaydi?
7.
Likvidlikka moyillik tushunchasining asosiy mazmuni nimadan iborat, va u
qanday iqtisodiy ko`rsatkichlarga ta`sir etadi? Likvidlikka moyillikni
belgilovchi asosiy motivlarni aytib o`ting.
8.
Mul`tiplikator nima?
9.
Talab samarasini rag`batlantirish bo`yicha Dj.M. Keyns qanday hukumat
choralarini taklif etgan?
Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati:
1.
Кейнс Дж.М. Обшая теория занятости, процента и денег. М.: гелиос –
АРВ, 2002.
2.
Классика экономической мысли (У. Петти, А. Смит, Д. Рикардо, Дж.М.
Кейнс, М. Фридмен). М.:
Эксмо-Пресс, 2000.
168
XX-BOB. XX ASR 40-60-YILLARI OXIRIDA IQTISODIYOT FANI
RIVOJLANISHI
20.1. Iqtisodiy fan asosiy yo`nalishlari
Davr tavsifi.
Ikkinchi jahon urushi natijasida, jahon bozoridagi kuchlar
mutanosibligida keskin o`zgarishlar yuz berdi. Evropa
mamlakatlari iqtisodiyoti
kuchsizlandi. Sanoat deyarli emirilgan holatda bo`lib, savdo tizimli floti to`liq
yo`qotilgan, moliya bozorlari esa nomo``tadil ahvolda edi. Evropa Jahon savdosi
ko`lamida o`z pozitsiyalarining yirik qismini yo`qotdi, mazkur sohalar AQSH,
Kanada, va Lotin Amerikasi davlatlari va britaniya hamdo`stligi
mamlakatlari
tomonlaridan egallandi, Chunki ushbu mamlakatlar ijtimoiy - iqtisodiy holatlarini
musiaxkamlashdi. Jahon bozoridagi asosiy rolni Amerika Qo`shma SHtatlari
egallab uning nufuzi mustaxkamlanib bordi.
1940-1960-yillar uchun tavsifli holat, hududiy hamdo`stliklarning
shakllanishidir. 1947-yildan boshlab, Evropa mamlakatlarda
birlashish jarayoni
boshlanib, bu holat 1957 yilda «Umumiy bozor» ni shakllanishiga olib keldi.
Xudud Sharqida 1949- yilning yanvar` oyida o`zaro iqtisodiy yordam qo`mitasi
(UNYOQ), yaratilib, u Sharqiy Evropa va Sovet ittifoqi mamlakatlarini
birlashtirdi.
Xalqaro
tuzilmalarning
yaratilishi,
iqtisodiyotni
markazlashishini
kuchaytirdi va urushdan so`nggi davrlar uchun xos bo`lgan
umumiy
tendentsiyalarga muvofiq edi, zero bu holat iqtisodiyotning hukumat tomonidan
nazorat etilishini faol rivojlanishiga olib keldi. O`sha
davrlarda ilk marotaba,
hukumatning xo`jalik hayotiga aralashishi doimiy tavsifga ega bo`lib, nafaqat
majburiy, nafaqat istisno chora, balki urush yoki inqiroz sharoitlarida
zarur chora
bo`lib qolib (bu holat XX asrning 30-yillarigacha iqtisodiy siyosat uchun xos edi),
zamonaviy iqtisodiy tizimning asosiy qismiga aylandi. Umuman olganda Evropa
iqtisodiyoti, umuman olganda urushdan so`ng muammolarni tez hal qildi va tekis
rivojlanish bosqichiga o`tdi. Qisman bunday ijobiy dinamikaning sababi, Shunday
ediki, urushdan so`nggi davrlardagi holat, yirik sikl ko`tarilish fazasiga mos tushib,
bu holat barcha iqtisodiy ko`rsatkichlarga ta`sir etdi. 1960-yillarda, ilmiy - texnik
inqilob kuchayib bu holat ham g`arb mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishining Yangi
impul`siga asos solib berdi.
Dostları ilə paylaş: