Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

22.1.2-rasm
Birinchidan, asosiy e`tibor, bozorda muvozanatni o`rnatish mexanizmiga 
qaratilgan, ya`ni statik tahlil keltirilgan. Dj.M. Keynsni esa muvozanatni buzuvchi 
omillar qiziqtirgan edi. 









22.1.3-rasm
Ikkinchidan, to`liqsiz bandlik nuqtasida o`rnaShuvchi muvozanat sabablari
bitta omilga ya`ni ish haqining egiluvchan emasligiga qaratilgan. Kutish va 
noaniqlik omili, bozor signallarini buzuvchi muammo, foiz stavkasining 
likvidlikka nisbatan spekulyativ talabiga bog`liqligi, Dj. Xiks tomonidan taklif 
etilgan nazariya doirasidan tushib qolgan. Natijada, ish haqi mustahkamligi 
muammosi echimi, avtomatik tarzda iqtisodiyotni to`liq bandlik sharoitlarida 
muvozanat holatlariga keltirish mumkinligi taxmin etilgan. Shunday qilib, Dj.M. 


187 
Keyns modeli, muvozanat neomumtoz nazariyasining xususiy holati sifatida 
interpretatsiya etiladi.

0` 

45



22.1.4-rasm
Dj.M. Keyns soddalashtirilgan modeli. 1948 yilda, amerikalik iqtisodchi Pol 
Entoni Semuel`son (1915 yilda tug`ilgan) o`zining «Iqtisodiyot» darsligida Dj,M. 
Keyns nazariyasining o`z interpretatsiyasini taklif etdi. U umumiy daromad va 
umumiy talab kattaliklari yaxshilanish jarayonini tadqiq etdi. Bunda, mablag` 
sohasi tahlildan to`liq chetlashtirildi. Bu esa keynschilik nazariyasidan printsipial 
ravishda chetlashish edi. Umumiy talab (E) iste`mol (C) va sarmoya (I) kabi 
tushunchalardan iborat. Muvozanat sharti esa, umumiy talab va umumiy daromad 
muvozanatidir: E=Y. Ko`rsatilgan grafikada (13-rasm). Mazkur muvozanat O` egri 
chizig`ida joylashgan muvozanati tomonidan qondirilib, ular egilishning teng 
burchagiga ega bo`lib, ham abstsissalar o`qi, ham ordinatalar o`qi – 450 ega. 
Semuel`son grafigi, ko`pincha 450 diagramma ham deb ataladi.
Keyingi davrlarda modelga iste`molchilik funktsiyasi kiritilib, u asosiy 
psixologik qonuniyatlarga muvofiq daromad darajasi va iste`molchilikka nisbatan 
maksimal moyilikka bog`liq bo`ladi. Semuel`son uni ikki asos summasi sifatida 
tasvirlaydi. Birinchisi – iste`mol ulushi bo`lib, u daromad o`zgarishi bilan 
o`zgarmaydi (S), demak, doimiy kattalik bo`ladi. Ikkinchisi, iste`mol ulushi bo`lib, 
u Dj.M. Keyns asosiy psixologik qonuniyati ta`siri bilan belgilanadi. Demak, 
iste`mol funktsiyasi quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi.
C=c+kY 
Bunda k – iste`molchilikka nisbatan maksimal moyillikdir. 

C` 






Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin