Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

25.2.1-rasm 
M. Fridmen ishsizlikning tabiiy normasi mavjudligi taxminlaridan kelib 
chiqib, bu holat har safar hukumat qanday choralarni ko`rib chiqishidan qat`iy - 
nazar tiklanishini aytib o`tgan. M. Fridmenning fikrlarini mantig`i quyidagicha. 
Masalan iqtisodiyot A nuqtasida joylashgan bo`lsin (19-rasm) va narxlar va 
ishsizlikning U teng bo`lgan mo``tadil darajasi bilan tavsiflansin. Davlat bandlik 
darajasini oshirish maqsadida talabni rag`batlantiradi. Bu narxlarni o`sishi va 
daromadlar oshishiga olib keladi: ishlab chiqarish o`sadi, ishchi kuchiga nisbatan 
talab oshadi, bu esa nominal ish haqi va bandlik darajasi o`sishiga olib keladi va 
iqtisodiyot B nuqtasiga ko`chib o`tadi. 
Ammo, ishchilar nominal ish haqi o`sishi real ish haqi o`sishini 
bildirmasligini tez tushunishadi, bu holat esa inflyatsiya sharoitlarida o`zgarmas 
qoladi. Natijada, ishchilar mehnat taklifini qisqartirishadi va bandlik darajasi 
oldingi ko`rsatkichga qaytadi. Ammo bunda narxlar darajasi o`zgarishsiz qoladi. 
Iqtisodiyot C nuqtasiga ko`chadi. Shunday qilib, davlatning barcha ishsizlik 


212 
darajasini tushirishga qaratilgan harakatlari inflyatsiyani rag`batlantirilishiga olib 
kelib, uzoq muddat davomida mehnat bozoridagi holatni o`zgartirmaydi. Agarda A 
va S nuqtalarini birlashtiradigan bo`lsak, vertikal to`g`ri chiziq yuzaga kelib, bu 
chiziq ishsizlik tabiiy darajasiga muvofiq bo`ladi, va monetaristlar tomonidan uzoq 
muddatli Fillips egri chizig`i sifatida interpretatsiya etiladi. Zamonaviy iqtisodiy 
nazariyada, u «Fridmen - Fillips vertikal egri chizig`i» yoki «Fillips vertikal egri 
chizig`i» nomini olgan. 


F` 





U` 

25.2.2-rasm
 
25.3. Monetar iqtisodiy siyosat 
Monetaristlar o`z nazariyalarida isbotlashga harakat qilayotgan asosiy amaliy 
tezis Shundaki, keynscha qarashlari asosida amalga oshirilayotgan kredit - pul va 
byudjet siyosati, iqtisodiyotdagi muhim tuzilmaviy o`zgarishlarga olib kela 
olmaydi. Bunday siyosatning yagona mo``tadil oqibati inflyatsiya bo`lib, u davlat 
xarajatlarini oshishiga olib kelishligi sababli, byudjet defitsitini keltirib chiqaradi. 
Keynschilik choralari yuqori soliqlar evaziga amalga oshirilishidan tashqari, bu 
holat xususiy firmalar daromadlilik darajasiga salbiy ta`sir ko`rsatishi bilan 
birgalikda, tadbirkorlik faolligini tushishiga ham sabab bo`ladi. 
Keynschilarning antisiklik siyosati ham tanqid ostiga olingan. Mazkur tanqid 
tezislaridan biri, iqtisodiy agentlar davlat harakatlarini oldindan seza olishlari, 
demak mazkur harakatlarga qarshi chora ko`rishlari mumkinligi haqidagi tezisdir. 
Bundan tashqari, monetaristlarni e`tiroficha inqiroz holati yuzaga kelishi va unga 
davlat e`tibori va inqirozni engib o`tish bo`yicha choralar amalga oshirilishi 
orasida vaqt ham mavjud. Shu munosabat bilan, engib o`tish choralarini amalga 
oshirish boshlanguniga qadar, masalan iqtisodiy pasayish iqtisodiy ko`tarilish 
bosqichiga bemalol etib oladi. Bunda choralar, boshlangan o`sishni tezlashtirib, 
siklik to`lqinlanish amplitudasini oshirishadi. 
Shu sababli monetaristlar davlat iqtisodiyotdagi rolini cheklash g`oyasini 
ilgari surib, bunda davlat zimmasiga bor - yo`g`i bir vazifani, ya`ni zarur mablag` 


213 
massasi hajmini ta`minlab berish vazifasini saqlab qolishni taklif qilishadi. M. 
Fridmen nominal daromad nazariyasiga tayangan holda, monetaristlar har yili 
mablag` massasi o`sishini 3-5 % darajada ta`minlash lozim deb hisoblashadi. Bu 
holat esa, YAMMni barqaror o`sishiga muvofiqdir. 
Bunda, mablag` massasi hajmi, doimiy o`sish darajasiga ega bo`lishi kerak. 
Monetaristlar iqtisodiyotdagi siklik tabiiy to`lqinlanishlarini tan olishlari bilan 
birgalikda, sikl ostiga moslashish siyosatini noto`g`ri deb hisoblashadi. M. 
Fridmen tomonidan, mablag` massasi o`zgarishi, va mazkur o`zgarishlarga 
nisbatan iqtisodiy kon`yunktura reaktsiyasi ostida vaqt mavjudligi isbotlovchi 
empirik ma`lumotlar kiritilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin