Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

Iqtisodiy ahamiyati. 
Birinchi navbatda, biz tomondan ko`rib chiqilayotgan 
maktab iqtisodchilari, iqtisodiy muhit o`zgarishiga davlat aralashuvi ta`siri 
muammosini tadqiq etishadi.
Bandlik darajasiga ta`sir.
Taklif iqtisodiy nazariyasi namoyandalari, 
ko`ngilli ishsizlik, friktsion ishsizlik va «Ishsizlikni tabiiy normasi» mavjudligini 
tan olishadi. Ularning fikricha aynan ko`ngilli ishsizlik, asosiy muammo bo`lib, 
uni hal etilish lozim. Buning uchun ishsizlik darajasi davlvt ijtimoiy xarajatlariga 
to`g`ridan-to`g`ri bo`lishi kerak. 1970-yillar o`rtalarida M. Fel`tstayn, ishsizlik 
bo`yicha nafaqalar oshirilishi salohiyatli ishchilarda ko`ngilli ishsizlikka 
moyillikni oshiradi deb aytadi. Keyinchalik Pol Evans 1931-1977 yillar davomida 
qo`shma shtatlar bo`yicha empirik materiallarni qo`llagan holda, istalgan 
transfertlar, ya`ni hukumat tomonidan amalga oshirilgan beg`araz to`lovlar, hamda 
davlat xaridlari bandlik darajasiga salbiy ta`sir o`tkazishni isbotlab beradi. Bundan 
tashqari bandlik darajasiga nisbatan salbiy ta`sirga soliq hajmi oshishi ham egadir. 
U, ishchilar real daromadlari hajmlarini pasaytiradi, bu esa muvofiq ravishda 
ularning mehnatga nisbatan moyilligini tushiradi. Muhim omil sifatida, davlat 


215 
xarajatlari tuzilishi ham ko`rib chiqilgan. Agar mazkur xarajatlar, ishchilar yuqori 
foydalilik darajasiga ega bo`lsa, ular soliq oshishiga kamroq darajada e`tibor 
beradi. Agarda, davlat xarajatlari aholini qondirmasa, soliq darajasi bo`yicha 
mehnatning elastik takliflari oshib boradi. 
Iqtisodiy faollikga ta`sir.
M. Fel`tstayn o`z asarlarida soliqni o`sishi, ayniqsa 
kapitaldan olingan daromad tortiladigan soliqqa o`sishi, itqtisodiyotda zahira 
mablag`lari o`sishiga olib kelib, bu holat insvestitsiyalar darajasiga salbiy ta`sir 
ko`rsatishi mumkin. Bunda ishlab chiqarish kengayishi uchun imkoniyatlarni 
qisqartiradi, hamda Yangi texnologiyalar tadbiq etilishini sekinlashtiradi. A. Laffer 
fikricha yuqori darajadagi soliqlar, ishbilarmonlik faolligini pasaytiradi, zero 
zahira mablag`lari ulushi miqdori tushadi. Ular, korxonalar daromadlilik darajasini 
pasaytirib, kapitalga foiz miqdorini tushiradi, va zahira mablag`larini foydjasiz 
qilib qo`yadi. Bunday sharoitlarda, tadbirkorlar bozordan chiqib ketishadi, yoki o`z 
kapitallarini chet elga chiqarishga majbur bo`lishadi. Eng achinarlisi soliqlardan 
qochish holatlari ham kuzatiladi. Bundan tashqari soliqlar aholi daromad 
darajasini tushirib, oqibatda zahira mablag`lari holatiga salbiy ta`sir etadi, hamda 
ishlash istagini emiradi. Natijada yuqori darajadagi soliqlar almashinuv ikki 
tomonlama samarani keltirib chiqaradi. YA`ni odamlarda ishlash istagi yo`qoladi, 
iste`mol darajasi esa investitsiyalarga nisbatan ko`proq bo`ladi. 
Taklif iqtisodiy nazariyasi namoyandalarining fikricha yana ham salbiy ta`sir, 
davlatning to`g`ridan - to`g`ri iqtisodiy faoliyati tomonidan amalga oshiriladi. Bu 
holat bozor signallarini emirib, xususiy iqtisodiy agentlar prognozlariga noaniqlik 
kiritadi, va muvozanat mexanizmini buzadi. Bundan tashqari, taklif nazariyasi 
iqtisodchilari siqib chiqarish samarasi mavjudligi haqida ham gapirishgan 
(Kroudig Aut samara). Bozorda davlatning paydo bo`lishi, resurslarning xususiy 
sektordan davlat sektoriga o`tib ketishiga olib keladi, zero bu holat ham 
tavakkaldir. Bunda, davlat sektori samaradorligi iqtisodiy nazariyasi tarafdorlari 
tomonidan Shubha ostiga olingan. Mablag`larning yirik qismi iqtisodiy emas, 
ijtimoiy dasturlar amalga oshirilishiga yo`naltiriladi. Shu bilan birgalikda, davlat 
qaror qabul qilish o`ziga xos mexanizmlariga ega bo`lib, iqtisodiy harakat 
rayonalligi modeliga mos tushmaydi. Davlat strategiyasini siyosatchilar belgilab
ularni siyosiy kon`yunkturaga bog`liqligi sababli, iqtisodiy emas, siyosiy 
maqsadlarni amalga oshirishga harakat qilishadi. bu borada qabul qilinayotgan 
qarorlar mantiqsiz va qisqa muddatli bo`ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin