Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Davlat daromadlari darajasiga ta`sir



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

Davlat daromadlari darajasiga ta`sir.
Laffer samarasi. Taklif iqtisodiy 
nazariyasiga muvofiq, «katta davlat» xususiy moliyaviy bazasini emiradi. 
Soliqlarning yuqori darajasi, soliqqa tortiladigan bazan kamayishiga, hamda 
g`aznaga soliq tuShumlari qisqarishiga olib keladi. Bunday bog`liqlik Laffer 


216 
samarali nomini olgan. Mazkur samaraning grafik interpretatsiyasi 26.1.1-rasmda 
berilgan. 

T

Y


26.1.1-rasm
Ordinatalar o`qiga qarab o`rtacha soliq stavkasi hajmi aniqlanadi (T) abstsissa 
o`qi bo`ylab esa, byudjetga tushadigan soliq tuShumlari umumiy summasi 
belgilanadi (Y). T* nuqtasi soliq optimal stavkasiga muvofiq bo`lib, bunda soliq 
tuShumlari summasi maksimizatsiya etilib, u kichkina Y*ga teng bo`ladi. Egri 
chiziq formasi ham, qo`ng`iroq nomini olib, g`aznaga tuShumlar va soliq hajmi 
o`sishi bilan belgilanadi. Ammo, yuqorida ko`rsatib o`tilgan soliqni o`sishi 
iqtisodiy faollikga salbiy ta`sir o`tkazishi haqidagi fikrlardan kelib chiqib, davlat 
daromadlari o`sishi ko`rinishidagi soliqqa tortish stavkalari o`sishidan maksimal 
iqtisodiy faollik va Shu miqdorlari qisqaradi. Mo„ayyan nuqtada u nolga teng 
bo`lib qoladi. 
Soliqqa tortish optimal darajasi nuqtasi yoki sinish nuqtasi aniqlanadi (T*). 
Soliqlarning keyingi davrlarda oshirilishi, davlatning fiskal daromadlarini 
qisqarishiga olib keladi. 100% soliq stavkasi sharoitlarida davlat daromadlari 0 
darajasiga teng bo`ladi. 
 
26. 2. Iqtisodiy siyosat masalalari 
Taklif nazariyasi iqtisodchilari tomonidan taklif etilgan iqtisodiy dastur, 
neoliberal bo`lib, davlat ulushining iqtisodiyotdagi hajmini qisqarishiga 
yo`naltiriladi. Unda monetaristlarning ko`plab tavsiyalari takrorlanadi. Nima 
bo`lganida ham, biz tilga olishimiz lozim bo`lgan qator farqlar ham mavjud. 
Birinchidan taklif iqtisodiy nazariyasi namoyandalari asosiy e`tiborlarini soliq 
yukini kamaytirishga qaratishgan. M. Fel`tstayn o`zining «Kapitalni soliqqa 
tortilishi» asarida (1983) yozganidek, aynan to`g`ri soliqqa tortish iqtisodiyotga 
yana o`sish imkoniyatini berib, qolgan barcha masalalarni echishga asos bo`la 
oladi (Yangi ish o`rinlari yaratish, byudjet defitsiti masalasi echilimi, inflyatsiya 
darajasi pasayishi). Ikkinchidan, ular davlat siyosat borasida siyosiy arboblarining 


217 
noratsional motivatsiyasi sababli mo„ayyan ratsional siyosatni amalga oshirishini 
ham Shubha ostiga olishadi. Shu sababli monetaristlardan farqli o`laroq, ular 
markaziy bankning to`g`ri mablag` siyosat yuritishiga umid qilishmaydi. Umuman 
olganda taklif iqtisodiy nazariyasi namoyandalari monetaristlar qarashlarini ya`ni 
inflyatsiya ishsizlik masalasini echa olmasligi borasida qarashlarni qabul qilishadi. 
Ammo ular mazkur holatga nisbatan negativ munosabatda bo`lib, narxlar o`sishi, 
zahira mablag`lari qadrlanishiga, hamda investitsiyalar sekinlashishiga olib 
kelishini aytib o`tishadi. Shuningdek munosabatda ular byudjet defitsitiga nisbatan 
ham negativ munosabatlarini bildirishadi. 
Soliq siyosati masalalariga keladigan bo`lsak, taklif iqtisodiy nazariyasi 
namoyandalarining fikricha, birinchi navbatda, investitsiyalardan olingan 
daromadlarga nisbatan soliq stavkalari pasayishi kerak, ayniqsa Yangi 
texnologiyalarga bo`lgan investitsiyalar, bu esa shaxsiy daromadlar o`sishiga olib 
keladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin