Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 Yangi mumtoz iqtisodiy nazariyasi tarafdorlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

 
26.3. Yangi mumtoz iqtisodiy nazariyasi tarafdorlari 
1970-yillarda paydo bo`lgan yangi mumtoz nazariya, “ratsional kutishlar 
maktabi” nomini olgan, zero uning nazariyasi asosida ratsional kutishlar haqidagi 
postulat yotib, bu holat iqtisodiy agentlar harakatlarini belgilash imkoniyatini 
beradi. Mazkur postulat 1960-yillarda amerikalik iqtisodchi Djon Frezer Mutt 
(1930-yilda tug`ilgan) tomonidan kiritilgan. 
F.Nayt nazariyasi sababli, “Stokgol`m maktabi” ta`siri keynschilik va 
neokeynschilikni rivojlanishi sababli, kutilayotgan kattaliklar ko`pincha XX asr 
iqtisodiy nazariyasida qo`llanila boshlanib, noaniqlik masalasini dolzarblashtirdi. 
Zero mazkur masala iqtisodiy agentlar o`z harakatlarida kutilayotgan 
ko`rsatkichlarga asoslanishlari, bu esa real haqiqat bilan mos tushmasligi haqidagi 
fikrdan kelib chiqgan. Dj.Mutt, bozor ishtirokchilari birinchidan, barcha axborotni 
prognozlar uchun qo`llamasliklari, ikkinchidan esa, o`z xatoliklari asosida 
bilimlarini oshirishlari, va Shu orqali, bo`lajak iqtisodiy holatni oldindan bilishga 
harakat etishlari haqidagi taxminni ilgari surgan. Shu sababli Dj. Mutt, iqtisodiy 
agentlar ratsional kutishlaridan kelib chiqishni taklif etgan. Mazkur tezis Yangi 
mumtozlar metodologiyasi asosida yotadi.
Uslubiy ahamiyati
. Ratsional kutishlar maktabi qator metodologik o`ziga xos 
xususiyatlariga ega bo`lib, ular yuqorida tilga olingan marjinalizm nazariyalaridan 
keskin farq qiladi. Birinchidan u mablag`larning to`liq neytralligidan kelib chiqib 
monetaristlardan farqli o`laroq, mablag` omiliga katta e`tibor qaratmaydi. Shu 
sababli, mazkur maktab, “Yangi mumtoz nazariya” nomini olgan. Mumtozlar kabi, 
ratsional kutish nazariyasini namoyandalari fikricha, mablag` omili bor - yo`g`i 


218 
parda bo`lib, u iqtisodiy tizim elementlariga ta`sir o`tkazmaydi. Bu borada ular 
keynschilik nazariyasidan farq qilmaydi, zero keynschilar ham mablag` 
ko`rsatkichlari o`zgarishi ishlab chiqarish hajmlari va iqtisodiyotdagi muvozanat 
nuqtasi ko`chishiga sabab bo`ladi deb hisoblashgan. Bunda ular mablag` 
ko`rsatkichlari ishlab chiqarish ko`lamlaridagi hamda iqtisodiyotdagi muvozanat 
nuqtasi o`zgarishiga olib keladi deb hisoblovchi keynschilardan ham nominal 
ko`rsatkichlar, garchi vaqtinchalik bo`lsa ham iqtisodiy holat va iqtisodiy agentlar 
harakatiga ta`sir etadi deb hisoblovchi monetaristlardan ham farq qilishadi. Yangi 
mumtozlar, mumtoz iqtisodiy nazariya g`oyalariga qaytib, bozor ishtirokchilari yuz 
berayotgan hodisalarni Shu darajada yaxshi baholashadiki, nominal ko`rsatkichlar 
o`zgarishiga ham e`tibor bermasdan, narxlar Yangi hajmlariga darhol moslasha 
oladilar deb hisoblashadi. 
Ikkinchidan, mazkur maktab namoyandalari monetaristlar kabi iqtisodiyotga 
davlat aralashuvi keynschilik choralariga qarshi chiqishadi. Ammo Shu bilan 
birgalikda, monetaristlar tomonidan taklif etilgan choralarni ya`ni mablag` 
massasini nazorat etish chorasini ortiqcha deb hisoblashadi. Ularning nuqtai - 
nazaridan mablag` absolyut betarafligi sababli, mablag`larni nazorat etish, mutlaqo 
mazmunsizdir. U iqtisodiyotga ta`sir o`tkazmaydi. Albatta qisqa muddatli natija 
kuzatilishi mumkin bo`lsada, ular rivojlanishning tabiiy oqimiga ta`sir etmaydi va 
bor - yo`g`i chalkashliklarni keltirib chiqaradi xolos. Shunday qilib, mazkur 
maktab sof liberalizm pozitsiyalarida turadi, ya`ni davlatning to`lashi iqtisodiyotga 
aralashmasligi, va Shu bilan birgalikda iqtisodiy siyosatga mumtoz nazarlarini 
qayta kiritadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin