221
XХVII-BOB. NEOAVSTRIYA MAKTABI
27.1. Metodologik nuqtai nazar
Neoavstriya maktabi nazariyalarini talqin etishdan oldin, iqtisodiyot fanidagi
Avstriya an`analari qisqacha tavsifini berib, Avstriya va neoavstriya
maktablarining metodologik farqlarini aniqlab olamiz.
Marjinalistik inqilob natijasida paydo bo`lgan Avstriya maktabida,
dastlabki
davrlarda mazkur yo`nalish boshqa namoyandalari orasida metodologik
yondashuvining o`ziga xosligi bilan farq qilar edi. Xususan: birinchidan, u
iqtisodiyot fanida matematik uslublar qo`llanilishiga keskin salbiy munosabat
bildirib, umuman tabiiy fanlar modeli bo`yicha mazkur turdagi bilimlar qurilishiga
qarshi edi,
ikkinchidan, mazkur maktab namoyandalari nazariyalari, o`zining
ketma - ket sub`ektivizm bilan farq qilar edi. Induktiv uslubni qo`llagan holda
Avstriyalik iqtisodchilar ketma -ket ravishda o`z nazariyalarini foydalalik
sub`ektiv baholanishida chiqarib olishdi.
Uchinchidan avstriya maktabi, mumtoz
uslubiyatning sabab - natijaviy tahlilni saqlab qoldi.
Neoavstriya maktabi, bir namayondalari tomondan o`z tarafdorlari
an`analarini davom ettirdi. Shu bilan birgalikda, u matematik uslublarni e`tiborga
olmasdan, iqtisodiyot fani stsintizmiga qarshi chiqgan, ya`ni
nazariyani tabiiy
fanlar modeli bo`yicha predmet o`ziga xosligini inobatga olmasdan inson
harakatlari bilan bog`liq nazariya qurilishiga qarshi edi. Neoavstriya maktabi,
avstriya maktabi kabi sub`ektivizmi bilan farq qilib,
makroiqtisodiy yondashuv,
hamda istalgan agregatsiyalangan ko`rsatkichlarga ishonmasdi. asosiy e`tibor
alohida individlar harakatlari, real hayotning sub`ektiv qabul qilinishi masalalariga
qaratilgan.
Boshqa tomondan neoavstriya maktabi, o`zining oldingi namoyandalari
metodologiyasini qayta ko`rib, qator iqtisodiy holatlar bo`yicha ilmiy Yangiliklar
kiritgan. Xususan iqtisodiy holat taxlilida maktabi
induktiv yondashuvidan
chetlashdi. Yangi nazariya asoschisi Lyudvig fon Mizes iqtisodiy qonuniyatlarning
universal va aprior tavsifidan kelib chiqgan. U inson harakati haqida, insonga xos
bilimlar mantiqiy tahliligaasoslangan.
Bundan tashqari sub`ektivizm uslubi ham qayta talqin etgan. Agar avstriya
maktabi individlar faqat sub`ektiv baholanishini tadqiq etgan bo`lsa, neoavstriya
maktabi, iqtisodiyotning individ va real haqiqat tomonidan sub`ektiv qabul
qilinishiga asoslangan.
Dostları ilə paylaş: