Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 Davlat mulkini privatizatsiya etishi va mazkur mulkning yangi egalariga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

 
29.2. Davlat mulkini privatizatsiya etishi va mazkur mulkning yangi egalariga 
oyoqqa turmagunlaricha yordam ko`rsatishi 
 
Hayot sifati masalalari
. 1950-yillardan ko`tarila boshlangan yana bir 
muammo hayot sifati muammosidir. Ammo mazkur atama faqatgina 1960-yillar 
oxiri, 1970-yillar boshiga kelibgina ommalashdi, zero oldingi davrlar iqtisodiy 
ko`tarilish bilan tavsiflanib, asosiy e`tiborni ravnaqning miqdoriy ko`rsatkichlari 
tortar edi. mazkur kontseptsiyalar mohiyatini Dj. Gelbreyt, A. Toffler, R. Aaron 
kabi iqtisodchilar rivojlantirib, ularning nazariyalarini mazmuni Shundan iborat 
ediki, zamonaviy jamiyat yuqori iste`mol davriga erishib, asosan ravnaq miqdori 
masalasini echdi. Shu sababli, uning oldida Yangi vazifa, mazkur ravnaq sifatini 
ta`minlash vazifasi turibdi deb hisoblashgan. Yirik korporatsiyalari faoliyatida
yuqori texnologik ishlab chiqarish iqtisodiyot, insonlar moddiy ehtiyojlari 
qondirilishini yuqori darajada ta`minlaydi. Shu sababli, jamiyat rivojlanishi 
Shunday darajaga erishdiki, hayot sifati, ya`ni ravnaqlar sifati masalasini ko`tarish 
vaqti etib keldi. Mazkur tushunchaga, nomoddiy ravnaqlar xususan: iqtisodiy, 


237 
ijtimoiy, siyosiy, ma`naviy rag`batlar xam kiradi, Shuningdek, bularning sirasiga 
ta`lim, sog`liqni saqlash, ekologiya, ijtimoiy - iqtisodiy tengsizliklar ham kiritilishi 
mumkin.
Bir tomondan mazkur masala, iqtisodiy taraqqiyotning ziddiyatli oqibatlari 
bilan bog`liq. Birinchidan, bu holda korporatsiyalar iste`molchilarga o`z 
mahsulotini o`tkazish bo`yicha agressiv siyosatini yuritishadi bunday holatda, 
mazkur siyosat jamiyat uchun doimo ham foydali emas (Dj. Gelbreyt). Ikkinchidan 
umuman olganda, sanoat rivojlanishi iqtisodiy muammolar o`sishiga olib kelib, bu 
holat ham insonlar hayot sharoitlarini yomonlashtiradi. Ammo xar qanday holatda 
xam jamiyat rivojlanishi Shunday darajasiga erishdiki, oqibatda mazkur 
masalalarni qayta ko`tarib, mamlakat iqtisodiyoti oldiga Yangi vazifalarni 
shakllantirish imkoniyatini beradi. Shuningdek aholining tobora kattaroq qismi, 
atrof - muhitni saqlab qolinishi, hayot estetik tavsiflarini ko`tarish uchun to`lov 
to`lashga tayyor. Mehnatning ishlab chiqarilishdagi vaqtiga nisbatan dam olish 
vaqti uchun tobora ko`proq vaqtni ajratish imkoniyatini berib, dam olish sifatini 
oshirish masalasini ham ko`taradi. 
Hayot sifati haqidagi masala ko`tarilishi sababli, yuzaga kelgan muammo 
hayot sifatini ko`rsatkichlaridir. Agar, iqtisodiy samaradorlik qator ko`rsatkichlar 
masalan, yalpi ichki mahsulotning o`sishi, daromad normasi, narx indekslari, fond 
indekslari kabi ko`rsatkichlar yordamida baholanishi mumkin bo`lsa, jamiyat 
taraqqiyoti sifati to`g`ridan - to`g`ri hisoblash imkoniyatini bermaydi. 1961 
yillarda, BMT hayot sifati sharoitlarining 12 aspektlarini ajratib, ularning holati 
jamiyat rivojlanish darajasini sifat jihatdan tavsiflashi mumkinligini e`tirof etgan. 
Ushbu ko`rsatkichlarga sog`liqni - saqlash, tarbiya, mehnat sharoitlari, 
bandlik, iste`mol va zahira darajasi, transport va kommunikatsiya, turar joy fondi 
holati, dam olish va ko`ngilxushliklar, ijtimoiy ishonch, shaxsiy erkinliklar kiradi. 
Keyingi davrlarda, boshqa indikator tizimlari ham taklif etilgan. Hayot sifati 
masalasiga katta e`tiborni amerikalik futurolog Alvin Toffler ham qaratgan. 
O`zining “Futuroshok” («Kelajak shoki») deb nomlangan 1970- yilda nashr etilgan 
kitobida, A. Toffler hayot sifati tushunchasini uchta aspektga ajratgan, ya`ni 
ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy. 
Ekologik aspekt o`z tarkibiga nafaqat atrof - muhit ifloslanishi bilan kurashni, 
balki alohida hududlarda aholi tobora o`sishi bilan bog`liq muammolarni echish, 
shovqin ifloslanishi, noestetik landshaftlar muammosini ham ko`targan. 
Hayot sifati iqtisodiy ko`rsatkichlarini A. Toffler nomoddiy ehtiyojlarni qondirish 
bilan bog`lab, estetik va psixologik tavsifga ega ekanligini aytib o`tgan. Bunday 
ehtiyojlar sirasiga go`zalik, yaxshi kayfiyat, ijobiy hissiyotlar, tinchlikka nisbatan 
munosabat yoki aksincha tavakkalga nisbatan harakatlar kiradi. A. Toffler 
psixologik iqtisodiyot tushunchasini ham ilgari surib, uning ta`kidlashicha 


238 
zamonaviy taraqqiyot bosqichda iste`mol tuzilishini tovarning moddiy 
xususiyatlari, emas iste`mol jarayonining psixologik tavsiflari belgilay boshlaydi, 
ya`ni mazkur ravnaq qo`llanilishdan, insonda yuzaga keladigan hissiyotlar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin