Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Ibn Xaldun Abu Rahmon Abu Zayd



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

Ibn Xaldun Abu Rahmon Abu Zayd 
(1332-1406) - arab olimi, «Ibratli 
misollar kitobi» (1370)da iqtisodiy g„oyalari jamlangan. Uning fikricha, «jamiyat 
moddiy qiymatlar ishlab chiqaruvchilar» jamoasidan iborat. Asarlarida moddiy 
zarurat tarixni harakatlantiruvchi asosiy kuch, mehnat unumdorligi, zaruriy va 
qo„shimcha mehnat, qiymat tushunchalari keltirilgan. 1401 yilda Amir Temur 
bilan uchrashgan. «Ijtimoiy fikr» jurnalining 1998 yil, 1-sonida lavha berilgan. 
Amir Temur 
(1336-1405) - Markaziy Osiyoda markazlashgan davlat 
asoschisi, uning olib borgan to„g„ri iqtisodiy siyosati tufayli mamlakat obod 
bo„ldi, ilm-fan ravnaq topdi. «Temur tuzuklari» kitobida bir qancha muhim 
ijtimoiy-iqtisodiy g„oyalari berilgan. Masalan, soliq, maosh, byudjet to„g„risida 
qimmatli fikrlari bor. Yangi yerlar ochgan dehqon uch yilgacha soliqdan ozod 
qilingan, o„g„rilik, qalloblik, tovlamachilik qattiq jazolangan. Uning davrida 
Buyuk Ipak yo„li rivoj topgan, savdogarlar qaroqchilardan himoya qilingan, 
karvonsaroylar qurilgan. «Kam yegin, kam uxla, kam gapir» aqidasiga amal 
qilgan. 
Ulug„bek Muhammad Tarag„ay 
(1394-1449) - A.Temurning nabirasi, 
Shohruhning o„g„li, 1409-49 yy. Movarounnahrda podsholik qildi, ilm-fan, 
madaniyat rivojiga, mamlakatning iqtisodiy ravnaqiga katta hissa qo„shdi, 1428 y. 
Fulusiy pullar islohotini o„tkazib, chaqa pullar qadrini mustahkamladi, «Tamg„a» 
bojiga alohida ye‟tibor berdi, uning podsholik davrida mamlakatda ichki va tashqi 
savdo o„sdi. 
Alisher Navoiy 
(1441-1501) - temuriylardan, shoir, davlat arbobi sifatida 
iqtisodiyot masalalariga katta ye‟tibor bergan. «Mahbub-ul-qulub» asarida 
dehqon, hunarmand va savdogarlar faoliyatiga alohida baho beradi, uning 
fikrlarida almashuv zarurati ko„rsatilgan, kapital tushunchasining yelementlari bor. 
Zahiriddin Muhammad Bobur 
(1483-1530) - Andijon, Qobul va Hindiston 
hukmdori, «Boburnoma», «Mubayyin» asarlarida soliq siyosati, masalan, zakot 
to„g„risida qimmatli g„oyalari berilgan. Yeng muhimi, daromad oshgan sari 
soliqning kamayib borishining ahamiyati tushuntiriladi. Savdo va ayniqsa tashqi 
munosabatlarga katta ye‟tibor bergan. 
Tomas Mor 
(1478-1535) - ingliz olimi. «Utopiya» (1516) asarida xayoliy 
sosializm g„oyalari berilgan, «qo„ylar odamlarni yeb qo„ydi» iborasining muallifi 
(dehqonlarning o„z yerlaridan mahrum qilinishi). «Utopiya» so„zi Yunoncha «
u-
» 
/yo„q/ va «
topos
» /joy/ so„zlaridan tashkil topgan, ya‟ni bu so„zning ma‟nosi «o„zi 
yo„q joy»dir. 


247 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin