248
Buagilber Per
(1646-1714) - Fransiya klassik iqtisodiy maktabining
asoschisi. Agrar sohaning rivojiga ye‟tibor berdi,
kolbertizmga qarshi kurashdi,
soliq tizimni isloh qilishni taklif yetdi. Pulga «buyuk yovuzlik» deb qaradi.
Qiymatning iste‟mol shaklini tan oldi, savdo va sanoatni to„g„ri baholamadi.
Yerkin savdo, proporsional baholar tarafdori bo„ldi va yerkin raqobatni qo„llab-
quvvatladi.
Fiziokratlar
- Yunoncha «tabiat» va «hokimiyat» so„zlaridan tashkil topgan
bo„lib Fransiyadagi klassik siyosiy iqtisod namoyandalari F.Kene, A.R.Tyurgo va
boshqalar fiziokratizmga asos soldilar. Tadqiqot
mavzuini muomala sohasidan
(merkantilizm) ishlab chiqarish sohasiga ko„chirdilar; yerkin savdo tarafdorlari
yedilar. Fermerlar, qishloq xo„jaligi mamlakat ravnaqining asosi deb hisoblanadi.
Kene Fransua
(1694-1774) - fransiyalik fiziokratizm
oqimining asoschisi,
«Tabiiy tartib konsepsiyasi», «Sof mahsulot» «Unumli mehnat» to„g„risidagi
ta‟limotni yaratdi. O„zining «Iqtisodiy jadval»ida takror ishlab chiqarishni va
sinflarni
tahlil yetdi, kapitalga (doimiy va aylanma) izoh berdi. Almashuv
yekvivalentligi ta‟limotini
ilgari surdi, unda boylik yaratilmasligini isbotladi.
Boylik yaratishda tabiatning ishtirokini tan oldi.
Dostları ilə paylaş: