Proteksionizm - lotincha, davlatning milliy iqtisodiyotini chet yel
raqobatidan himoya qilishga qaratilgan iqtisodiy siyosat.
Fritreyderlik - inglizcha, yerkin savdo siyosati, proteksionizmga zid. Bu
siyosatni bozor munosabatlariga o„tgan davlatlar tashqi savdoda qo„llaydilar.
Sismondi Sharl (1773-1842) - Jenevada tug„ilgan, Fransiyada yashagan,
mayda ishlab chiqarish iqtisodining asoschisi, yirik kapitalistik ishlab chiqarishga
qarshi chiqdi va buni «isbotlab berish»ga harakat qildi. Mamlakatdagi barcha
illatlar yirik ishlab chiqarish tufayli deb hisoblagan, u kapitalizmni tan olmagan,
davlat yo„li bilan yirik korxonalarni tugatishni taklif yetgan. Klassik maktabga
muholif.
Prudon Per Jozef (1809-1865) - fransiyalik mayda ishlab chiqarish
iqtisodchisi va sosiologi, mayda ishlab chiqarishni himoya qildi, «ishchi puli»
orqali mahsulot sotishni taklif yetdi. Kapitalizmni isloh qilishni taklif yetdi. P.
pulga qarshi bo„lgan. Klassik maktabga muqobil fikrlar bildirgan.
Rodbertus Karl Iogann (1805-1875) - nemis iqtisodchisi, o„z iqtisodiy
g„oyalarini «Sosial xatlar» shaklida ilgari surdi, qo„shimcha qiymat, pul va renta
bo„yicha mayda burjuacha qarashlar tarafdori. Vulgar qarash - «o„ta
soddalashtirilgan», «soxtalashtirilgan» degan ma‟nosi bor, g„ayriilmiy iqtisodiy
nazariyalar majmui, asosiy namoyandalari Sey (1767-1832) va Maltusdir (1766-
1834). Ular kapitalizmni himoya qilish maqsadida iqtisodiy jarayonlarning tashqi
ko„rinishini tavsiflash va «xo„jako„rsin»ga klassifikasiya qilish bilan chegaralanib,
hodisaning mohiyatini tadqiq yetmaydilar. Ularga faqat ayrim masalanigina olib,
butun muammoni hal qilish xosdir. V.k. namoyandalari klassik iqtisodiy maktabni
inkor yetadilar.
Apologetika - biror g„oya yoki ta‟limotni xato bo„lsa ham ko„r-ko„rona
himoya qilish. Ma‟lum sinf, guruhlar manfaati himoya qilinadi.
250
Mill Jeyms (1773-1836) - ingliz iqtisodchisi, ish haqini oshirish uchun
kurashmaslik tarafdori, jonli mehnat bilan birga ishlab chiqarish vositalarining
mehnatini ham tan olishni talab qilgan.