Mak-Kullox Jon Ramsey (1789-1864) - ingliz olimi, Maltusni qo„llagan,
mehnat bilan birga kapital ham boylik yaratishda ishtirok yetadi, degan fikrni
ilgari surdi.
Senior A. (1790-1864) - ingliz siyosiy iqtisodi vakili, «So„nggi soat» va
«Tiyilish» nazariyalarini ilgari surgan, unga ko„ra go„yoki ishchilar o„n bir yarim
soat ish vaqtining faqat oxirgi bir soati davomidagina foyda keltirar yekanlar.
Sey Jan Batist (1767-1837) - fransuz iqtisodchisi, klassik maktabga qarshi,
«kompensasiya» nazariyasini ilgari surgan, «Sey qonuni»ning («Bozorlar
qonuni») muallifi, unga ko„ra taklif talabni avtomatik ravishda vujudga keltiradi,
S. inqirozlarni inkor yetgan, sinflar o„rtasidagi qarama-qarshilikni tan olmaydi
(«ular o„rtasida uyg„unlik bor», deydi). Proteksionizm o„rniga savdoni targ„ib
qilgan. Ishlab chiqarishning uch omilini (kapital, ishchi kuchi va yer) ilgari surdi.
Maltus Tomas Robert (1766-1834) - ingliz iqtisodchisi, «Nufus nazariyasi»,
«Tuproq unumdorligining pasayib borishi qonuni»ning muallifi. Uningcha aholi
geometrik progressiya asosida, noz-ne‟matlar yesa arifmetik progressiya asosida
o„sib boradi, oqibatda qashshoqlikning sababi aholi soniga bog„liq deb
ko„rsatiladi. M. aholi sonining o„sishini cheklash tarafdori bo„lgan.
«Uchinchi shaxslar» - XIX asr boshlarida muomalaga kiritilgan tushuncha.
Xo„jalik hayotini sinfiy tahlil qilish metodida qo„llaniladi. Jamiyatning asosiy
ishlab chiqarish kuchlari bo„lgan tadbirkorlar va yollanma ishchilardan tashqari
qatlam bo„lib, olimlar fikri bo„yicha ular mahsulotni yaratish va realizasiya
qilishga imkon beradi.
Bastia F. (1801-1850) - fransuz iqtisodchisi, «Iqtisodiy garmoniyalar» kitobi
va g„oyasi, «manfaatlar uyg„unligi» va «xizmatlar» nazariyalarining muallifi.
Keri Genri Charlz (1793-1879) - amerikalik iqtisodchi, «Manfaatlar
uyg„unligi» (1872) asarini yozgan. Shu g„oyaning tarafdori bo„lgan, millatlar
uyg„unligi g„oyasini ilgari surdi, Rikardo va Maltusga qarshi chiqdi. Yerkin
savdoni rad yetdi, proteksionizm va qulchilikni qo„lladi.