Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

Predmet va uslub
. Ibn Xaldun jamiyat rivojlanishini tadqiq etganligi sababli, 
tadqiqot predmeti sifatida makroiqtisodiyot sohasi ilgari surilgan. U tomonidan 
qo`llanilgan uslubning o`ziga xos jihati Shundaki, unda pozitiv va normativ 
yondashuvlar uyg`undir.


21 
Metodologik yondashuv sifatida, atrofdagi dunyo hodisalari uyg`unligi 
haqidagi g`oya yotgan. Uning yozishicha dunyo tartibli va mukammal bo`lishi 
lozim. Bunday dunyoda sabab natija bilan bog`liq bo`lishi, koinot bilan 
bog`lanishi, mavjud bo`lgan narsalar boshqa narsalarga aylanishi lozim deb 
hisoblagan. YAna bir muhim metodologik jihati Shundaki, jamiyat rivojlanishi 
tabiiy qonuniyatlari mavjudligi haqidagi tezisdir.
Ko`pchilik davlat namoyandalari, ta`kidlaydi faylasuf, - siyosatda 
hushyorlikka ega bo`lish barobarida, o`z e`tiborlarini buzilish belgilariga qaratib
o`z davlatlari buzilishiga yo`l qo`ymaslik imkoniyatlarini qidirishadi, zero ularning 
hisoblashlaricha, faqatgina davlatlarida ro`y berayotgan tartibsizliklar, ulardan 
oldingi hukmdorlar xatoliklari oqibatida yuzaga keladi. Ammo aslida unaqa emas, 
istalgan buzilish tabiatan yuzaga keladi.
Jamiyat rivojlanishi nazariyasi
. Ibn Xaldun fikricha, jamiyat siklik tarzda 
rivojlanadi. Har - bir sikl uch bosqichdan iborat. Har - bir bosqichning farqli 
belgisi Shundaki, uning doirasida iqtisodiyot rivojlanishi darajasi belgilanadi.
Ibn Xaldun yozishicha barcha avlodlar yashaydigan sharoitlar inson 
tomonidan yaratilgan yashash sharoitlariga bog`liq. Birinchi bosqichni Ibn Xaldun 
“yovvoyilik” deb ataydi. 
Bunda insonlar faqatgina xo`jalikni o`zlashtirish bilan Shug`ullanishadi, ov 
qilishadi va egulik o`simliklarni yig`ishadi. Ikkinchi bosqich “ibtido`” deb 
nomlanib, ishlab - chiqarish xo`jaligi dehqonchilik va chorvachilik ko`rinishida 
yuzaga keladi. Ibn Xaldun tomonidan «tamaddun» deb atalgan uchinchi bosqichda 
hunarmandchilik va shaharlarda markazlashgan savdo yuzaga keladi (tsivilizatsiya 
so`zi ham lotin tilidan olingan «civilis» ya`ni shahar so`zidan kelib chiqgan. Ibn 
Xaldun tomonidan esa «tamaddun» muvofiq arab tarjimasi qo`llanilgan). 
Tamaddun bosqichiga o`tish barobarida Ibn Xaldun nazariyasiga ko`ra davlat 
yuzaga kelib, tenglik va urug` demokratiyasidan hukmronlik va tengsizlik 
munosabatlariga o`tish yuz beradi. Tenglar orasida birinchi bo`lgan qabila 
sardoridan farqli o`laroq, Amir yollangan jangchilar va mansabdorlarga tayanadi. 
Ibn Xaldun fikricha, davlat o`z xalqi ustidan tazyiq apparatidan boshqa o`zga narsa 
emas. Shu jixatdan, Ibn Xaldun nazariyasiga ko`ra, uchinchi bosqichda boylik 
orttirishning tabiiy va notabiiy usullari yuzaga keladi, ya`ni iqtisodiy munosabatlar 
tizimlashtiriladi. Boylik orttirish tabiiy usullari sirasiga Ibn Xaldun mehnatni 
kiritgan, notabiiy usullarga tazyiq (davlat tomonidan o`tkaziladigan tazyiq) 
kiritilgan.
Tabiiy usullarga qishloq xo`jaligi, hunarmandchilik va savdo kiradi. Ko`rinib 
turibdiki, bo`linish omili sifatida Aristotel` fikridan farqli o`laroq maqsad emas, 
usul kirib, savdo ham tabiiy mehnat faoliyati sirasiga kiritiladi. Jamiyat, uning 
mavjudligi va bozorlari to`laligi, insonlar mehnati bilan, ularning faoliyati va 


22 
shijoati bilan bog`liq bo`lib, ulardan asosiy maqsad, manfaatlar va yutuqlarga 
erishishdir, deb aytgan edi.
Boyishning notabiiy usullariga ibn Xaldun soliqlarni ham kiritadi (soliq va 
bojlar davlat asosini tashkil etadi) va buning barobarida davlat tomonidan amalga 
oshiriladigan monopolistik savdo ham e`tibordan chetda qolmagan (Amirlar 
dehqonlardan mahsulot sotib olish bilan Shug`ullanish barobarida, ularni 
mo„ayyan narxlarda sotishga majburlashadi, Shundan so`ng o`zlariga belgilagan 
narxda mazkur mahsulotlarni davlatlar fuqarolariga sotishadi). 
Buning natijasida, muallif, - sud tomonidan tazyiq va harbiy o`ljalar yuzaga 
keladi deb xisoblaydi. Jamiyat rivojlanishi uchinchi bosqichini tasvirlar ekan, ibn 
Xaldun fikricha uning eng yuqori rivojlanish nuqtasi davlatning emirilishi va 
tanazzuliga olib keladi. Davlat ehtiyoji asta-sekinlik bilan o`sadi, buning oqibatida 
hukmdor tomonidan Yangidan-Yangi soliqlar va bojlar o`ylab topiladi, ammo Shu 
bilan birgalikda insonlarning mehnat shijoati pasayib boradi. Kambag`allik va har - 
tomonlama qisilishlar, tangliklar daromadlar yo`qotilishi kabi holatlar savdo bilan 
bog`liq umidlarini so`ndiradi. Agarda insonlar yashash uchun mablag` topish 
istagidan voz kechib sotib olishni bas qilsalar, bozorlar to`xtab qoladi. Insonlar 
boshqa erlarga nasiba axtarib ketib qolishadi va buning oqibatida shaharlar 
emiriladi.
Shaharlar emirilishi bilan, hukumat va davlat inqirozga yuz tutadi. Bunda 
so`z, davlat imkon qadar ko`proq soliq undirish barobarida kamroq daromad ola 
boshlashi haqida ketib, buning natijasida g`azna bo`shab qoladi, armiya to`lovsiz 
qolib, davlat qo`shni davlatlar tomonidan bosib olinadi. Ammo, mazkur hudud 
aholisi uchun, tarix davom etadi. Masalan bosqinchilar qo`shni qabilalar bo`lsa, 
vaqt o`tishi sayin, ular tomonidan Yangi davlat shakllantiriladi, va Ibn Xaldun 
fikricha, tarix ko`rsatib o`tilgan tizim asosida davom etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin