251
Iogann Genrix fon Tyunen
(1783-1850)
- nemis olimi, yekonometrikada
matematik modellashtirish bo„yicha yirik mutaxassis.
Iqtisodiy ta‟limot, nazariya, qonun, kategoriya
- merkantilizm,
fiziokratizm, klassik iqtisodiy maktab, marjinalizm - bu iqtisodiy ta‟limotlardir;
«nufus», «so„nggi soat», «uchinchi shaxslar»,
yuqori foydalilik, umumiy bandlik,
qiymatning mehnat nazariyasi; qiymat, qo„shimcha qiymat, talab va taklif
qonunlari; tovar, mehnat taqsimoti, pul, narx, ish haqi, renta
va boshqalar iqtisodiy
kategoriyalardir.
Konsepsiya
(lotincha tushuncha, tizim degani) - ma‟lum predmet, hodisa va
jarayonlarni tushuntirish uslubi, predmet va boshqalarga qaratilgan asosiy
ko„zqarash; ularni sistematik yoritib berish uchun bosh g„oya;
bu matn ilmiy va
boshqa faoliyatdagi asosiy fikrni, konstruktiv tamoyilni belgilash uchun ham
qo„llaniladi. Masalan, tabiiy tartib konsepsiyasi va boshqalar.
Tarixiy maktab
- Germaniyada (vakillari: F.List, V.Rosher, B.Gildebrand,
K.Knis) vujudga kelgan siyosiy iqtisod. Unda foydalilik
va yuqori naf birinchi
o„ringa qo„yiladi. Iqtisodiy qonunlar inkor yetilib, iqtisodiy tarix bilan
almashtiriladi.
Fridrix List
(1789-1846) - nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab asoschilaridan
biri, uning ta‟limotiga ko„ra, qiymat «millatning ruhi» tomonidan yaratiladi; F.L.
taraqqiyotni besh bosqichga bo„ladi: badaviylik, cho„ponlik,
dehqonchilik -
manufaktura, dehqonchilik - manufaktura - savdo; urush va bosqinchiliklarning
tarafdori bo„lgan, F.L. fashizmning iqtisodiy nazariyotchisidir.
Dostları ilə paylaş: