«Xalq kapitalizmi» nazariyasi - kapitalizm transformasiyasi (o„zgarishi)
bilan bog„liq, go„yoki hozirgi kapitalizm «yeski kapitalizm»dan keskin farq qiladi,
ilgarigi illatlar yo„qolgan. X.k.ning vakillari: Berli, Nidler, Cheyz, Klark,
Gelbreyt... «Kapitalning demokratizasiyalashuvi» («Mulk diffuziyasi») yo„li bilan
aholining barcha qismi mulkka yegalik qiladi (aksionerlik jamiyatlari).
Konvergensiya nazariyasi - bu nazariyaning asosida kapitalistik ijtimoiy
sistemalar o„rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy tafovutlar go„yo asta-sekin
bartaraf yetiladi, degan g„oya yotadi. Asosiy vakillari: U.Rostou, J.Gelbreyt
(1908), Ya.Tinbergen (1903).
Yekonometrika konsepsiyalari - iqtisodiyotda matematika metodlaridan
keng foydalanishga asoslangan konsepsiyalar. Asosiy vakillari L.Valras, V.Pareto
(Lozanna universiteti), fon Neyman, U.Mitchell, Ye.Barone, M.Panteleoni. 1910
yilda polshalik iqtisodchi P.Chompa «Yekonometriya» («Yekonomterika»)
matnini qo„llagan. Ilmiy muomalaga (1926) norvegiyalik R.Frish kiritgan. AQSh,
Buyuk Britaniya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlarda keng rivoj topmoqda.
Turli iqtisodiy ta‟limot yo„nalishlarida qo„llaniladi, ilmiy va amaliy ahamiyatga
molik. V.Leontev ham bu konsepsiyalardan (1906) o„zining «chiqim - chiqarish»
uslubida foydalangan (U 1973 yilda Nobel mukofoti sovrindori bo„ldi). 60-70-
yillarda bu yo„nalish sobiq SSSR, xususan O„zbekistonda rivoj topdi.
Respublikamizning olim va mutaxassislari tomonidan iqtisodiy modellashtirish va
algoritmlash bo„yicha muhim tadqiqotlar amalga oshirilgan.
Jahon xo„jaligi - qadimdan vujudga kelgan, ammo XVI asrdagi buyuk
geografik kashfiyotlar tufayli rivoj topgan, ayniqsa II Jahon urushidan keyin avj
olgan xalqaro iqtisodiy munosabatlar majmui. Xalqaro mehnat taqsimoti bu
xo„jalikning moddiy asosini tashkil yetadi. Xalqaro integrasiyada baynalmilallik
xos.