258
nazariyasi (G.Xufbauyer, R.Vernon, M.Pozner); Monopolistik raqobat nazariyasi
(Ye.X.Chemberlin) va boshqalar.
Absolyut (mutlaq) afzallik prinsipi -
A. Smit tomonidan ilgari surilgan
g„oya bo„lib, savdo munosabatlaridagi mutlaq afzallikni anglatadi (tovarlarni
ishlab chiqarishda sarf-xarajatlarning ustunligi hal qiluvchi hisoblanadi).
Nisbiy afzallik prinsipi
- D. Rikardo tomonidan
izohlab berilgan prinsip
bo„lib, ishlab chiqarish omillari (kapital, mehnat, yer) xarajatlarining afzalligini
ko„rsatadi va tashqi iqtisodiy aloqalarda keng qo„llaniladi.
Insoniy rivojlanish konsepsiyasi
- BMT tomonidan 90-yillarda
ilgari
surilgan. Unda taraqqiyot natijalarining inson bilan hamohang bo„lishi ko„zda
tutiladi, moddiy boylik (yalpi milliy mahsulot) bilan birga sog„lom hayot,
savodxonlik, demokratik institutlar bilan birinchi o„ringa qo„yiladi (ayrim
davlatlar kambag„al bo„lishiga qaramay, bu sohada yuqori natijaga
yerishmoqdalar va aksincha) hamda «ijtimoiy rivojlanish indeksi» (IRI) bilan
o„lchanadi.
Nokapitalistik (kapitalizmni chetlab) rivojlanish konsepsiyasi
- ilgari
qoloq bo„lgan, kapitalizm taraqqiyoti bosqichini to„la bosib o„tmagan mamlakatlar
uchun tavsiya yetilgan rivojlanish yo„li. Bir qancha mamlakatlar shu yo„ldan
borib, sosializm quryapmiz, deb o„ylagan. Hayot buni inkor yetdi.
O„tish davri
- bu yerda ma‟muriy-buyruqbozlik (imperativ rejalashtirilgan)
iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o„tish davri. O„z davrida sosiolistik deb
atalgan mamlakatlarning, xususan, O„zbekistonning bozor munosabatlariga o„tish
davri.
Dostları ilə paylaş: