Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

 Asosiy nazariy holatlar 
Boylik
. Boylik merkanlistlar tomonidan mablag` va mamalakatda mavjud 
bo`lgan tovar-moddiy 
predmetlar sifati bilan belgilangan. Bunda millat boyligi 
asosini, foydali savdo yuritish va moddiy tovarlarni yaratish uchun zarur bo`lgan 
resurslar deb hisoblangan. Ularning sirasiga, birinchi navbatda tabiiy resurslar, 
jug`rofiy 
joylashish, 
aholining 
ishbilarmonligi va 
miqdori, 
sanoatning 


28 
rivojlanganlik darajasi, hamda davlatning oqilona siyosati kiritilgan. Ko`pincha 
boylikning ikki turga bo`linishi kuzatiladi: tabiiy va sun`iy. Ilk marotaba, bu holat 
ital`yan merkantilisti A. Serra tomonidan kiritilgan. Tabiiy boylik mamlakatning 
klimatik va jug`rofiy sharoitlaridir.
Asosan bular sirasiga, qishloq –xo`jaligi mahsulotlari, hamda jug`rofiy 
joylashishiga ko`ra mamlakat savdo darajasi kiritilgan. Sun`iy boylik, sanoat 
tomonidan ishlab - chiqarilgan tovarlardir. Ularning mavjudligi, aholi miqdori, 
uning mehnatkashligi, bilimi va ko`nikmalariga bog`liq. Uning mavjudligi ham 
mamlakat uchun zarur bo`lib, uning hajmlarini mo„ayyan siyosat yuritilishidan 
bilib olish mumkindir. Boylikning mehnatkash aholi miqdori bilan bog`lanishi 
orqali, merkantilistlar asosiy e`tiborini demokrafik masalalar, aholi bandligi, 
hamda millatning mehnatkashligi va ko`nikmalarini belgilovchi omillarga 
qaratishgan.
Shu bilan birgalikda, merkantilistlarning fikricha boylikni orttirish, faqatgina 
tashqi savdo vositasida amalga oshirish mumkin. Bunday nuqtai- nazar, yirik 
kapitallar yig`ilishi faqatgina tashqi savdoga bog`liq bo`lgan davr uchun xosdir. 
Merkantilistlar tomonidan savdoga nisbatan ijobiy baho ham, zamonaviy 
ochiq jamiyat g`oyalarini eslatadi, ularning fikriga ko`ra, faol savdo aloqalarini 
yuritayotgan mamlakat, iqtisodiy rivojlanish uchun ko`proq imkoniyatlarga ega 
bo`ladi (ishlab chiqarish o`sishi, iste`mol darajasi ortishi va kapital to`planishi). 
Daromad nazariyasi. Merkantilistlar uchun tashqi savdoning alohida 
ahamiyati, ular tomonidan ilgari surilgan daromad nazariyasi bilan bog`liqdir. 
Ularning fikricha, daromad tovar narxining uning tannarxidan ustun kelishidan 
yuzaga keladi. Bunda savdogar uchun, tovar narxi, nafaqat uning tannarxidan, 
balki tovarning xarid narxidan ham kelib chiqgan. Daromadning bu turini 
merkantilistlar sotishdan olingan daromad deb atashgan («Profit upon alienation»), 
Chunki uning kelib chiqishi, tovar asl narxining ustiga savdogar tomonidan 
qo`yilgan narx bilan birgalikda belgilanadi. Tovar uchun, uning birlamchi narxidan 
ortiqroq to`lov to`lash, savdogar xizmatlari uchun to`lov sifatida qabul 
qilinmasdan, xaridor uchun zarar sifatida qabul qilingan. Merkantilistlarning 
fikriga ko`ra, savdogar, tovar narxining ustiga narx qo`yishga haqli emas, u bor - 
yo`g`i mavjud bo`lgan boyliklarni o`z foydasiga xaridor zarar ko`rishi hisobiga 
qaratadi. 
Shunday qilib, har- bir savdo aloqasi, faqat bir tomon uchun, ya`ni sotuvchi 
uchun boylik manbaiga aylanadi. Demak, shaxsiy boylikni oshirish uchun, ko`proq 
xarid qilish emas, sotish zarur. Davlat miqiyosida, bu foyda import cheklovi va 
eksportni maksimal darajada kengaytirishni bildirib, bu borada qonunchilik 
darajasida ham qarorlar qabul qilingan. Frantsuz merkantilisti, Sharl` Dovenant 
o`zining «Hindiston savdosi haqida esse» asarida yozishicha (1679), mamlakat 


29 
ichida iste`mol qilinayotgan tovarlar, mamlakat ichida ishlab chiqarilayotgan 
bo`lsa, uning savdosi asosida hech - kim boy bo`lmaydi. Bunda mamlakat 
fuqarolaridan biri sotadi, ikkinchisi xarid qiladi».
Jamoatchilik iste`moli va banligi masalasi. Merkantilistlarning boylik 
predmetlari iste`moli masalasiga munosabati o`ziga xos bo`lgan. Unda bir 
tomondan boylikni, mablag`ni bekorga sarflanishiga tanqid qilinsa, boshqa 
tomondan boylik predmetlari import tovarlar sifatida tilga olinadi. Agarda so`z 
ichki sanoat tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar haqida boradigan bo`lsa, ko`p 
holatlarda merkantilistlar bu kabi iste`mol turi iqtisodiy foydaliligini ta`kidlashgan. 
Bundan tashqari, merkantilistlar fikriga ko`ra, turli boylik yoki mablag` bekorchi, 
ammo go`zal predmetlarga sarflanishi, mablag`ning boylar qo`lidan, mazkur 
bekorchi boylik predmetlarini ishlab chiqaruvchi kambag`allar qo`liga o`tishi 
ta`kidlangan. 
Daromadlarning aynan Shu holatda qo`llanilishi, Yangi ish o`rinlari, aholi 
bandlik darajasi, umuman olganda mehnatkash aholi daromadlilik darajasi 
oshishiga olib keladi. O`zining «tanga haqidagi ocherkida» D. Norsning 
yozishicha: Umuman olganda, merkantilistlar, iste`mol darajasini millat 
ishbilarmonligini rivojlanishi uchun omil sifatida qabul qilishgan. Demak bu kabi 
omillar rivojlanishi ishlab chiqarish o`sishiga olib kelishi, XX asrning 30-yillarida 
Dj. M. Keyns tomonidan qayta ko`tarilgan.
Bandlik bilan ta`minlash manfaatlari bilan importning cheklanishi ham 
tushuntirilishi mumkin. Merkantilistlarning ta`kidlashicha, import tovarlariga 
sarflangan mablag`lar, chet el hunarmandlari mehnatini to`lash uchun sarflanib, 
bunday holatda, mamlakat ishlab - chiqaruvchilari mehnati to`lovsiz qoladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin