Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

 
3.3. Kapital nazariyasi 
 
Merkantilistlar, ayniqsa ital`yan va frantsuz merkantilistlari, kapital nazariyasi 
rivojlanishiga katta hissa qo`shishgan. Mablag`ning buzilishi, ya`ni tangalarning 
etarli darajada qimmatbaho metallardan qo`shmasdan turib, chiqarilishi masalasi, 
ayniqsa dolzarb bo`lgan. Mablag` nazariyasining nominalistik nazariyasi 
tarafdorlari bo`lmish O`rta asrlar mualliflaridan farqli o`laroq, ko`pchilik 
merkantilistlar, mablag`ning metalldan yasalishi lozimligi nazariyasi tarafdorlari 
bo`lib, ularning ta`kidlashicha, tangalarda ataylab qimmatbaho metallarni tejash 
mamlakat iqtisodiy holatini pasayishiga olib kelar ekan.
Xususan, qirolicha Elizaveta I moliyaviy maslahatchisi va qirol valyuta 
nazoratchisi ser Tomas Greshem (1519-1579) keyinchalik tarixda Greshem qonuni 
nomi ostida qolgan qonunchilikni ishlab chiqarib, mazkur qonunchilikka muvofiq 
tarkibi buzilgan tangalar doimiy ravishda to`laqonli metalldan yasalgan tangalarni 


30 
aylanmadan siqib chiqaradi. Buning asosiy sababi esa, insonlar doimiy ravishda 
to`laqonli metaldan yasalgan tangalarni o`zlarida qoldirib, aylanmaga tarkibi 
buzilgan tangalarni chiqarishga intilishadi. 
Ikkinchi tomoni, faqatgina to`laqonli metalldan yasalgan tangalar eksport - 
import operatsiyalari uchun sarflanadi, demak bunda tangalar mamlakat ichidan 
chiqib ketadi. Merkantilizm davrida, mablag` miqdoriy nazariyasining birinchi 
misollari ham paydo bo`ldi. Frantsuz nazariyachisi Jan Baden (1568) va ital`yan 
merkantilisti Bernardo Davantsati (1588) o`z asarlarida, narx darajasini aniqlashda 
tangalar muhim rol o`ynashganligini ta`kidlashgan. Bundan tashqari tangalar va 
tovar aylanmasi hajmi miqdorining mutanosibligi haqidagi g`oya ilgari surilgan. 
Xususan, inflyatsiya sabablari sifatida, ular birinchi tarkibning oshishi, yoki 
ikkinchi tarkibning kamayishi deb tushunilgan. Keyinchalik mazkur g`oyalar, 
ingliz iqtisodchisi Tomas Mann asarlarida ham rivojlantirildi. 
Ko`pchilik holatlarda, mablag` merkantilistlar tomonidan iqtisodiyot faol 
omili sifatida qabul qilingan. Mablag` betarafligi printsipi esa, keyinchalik paydo 
bo`ldi. Mazkur betaraflik tamoyili ilk marotaba Georg YUm tomonidan taklif 
etilib, umuman mumtoz an`ana uchun yetakchi nazariya sifatida qo`llanila 
boshlandi. 
Mamlakat tashqi savdosidagi ustunlikka valyuta kursi ta`sir etilishi haqidagi 
kechki merkantilistlar g`oyasi ham qiziqarlidir. Mazkur masalaga T. Mann, D. 
Nors kabi merkantilistlar o`z e`tiborlarini qaratishgan.
Ular g`oyasining asosiy mazmuni Shundan iboratki ediki, mamlakat 
miqiyosida mablag` miqdori o`sishi, narxlar o`sishiga, va ishlab chiqarish 
xarajatlari oshishiga olib keladi. Bu holat esa, eksport tovarlarini qimmatlashtirib, 
tashqi bozorlarda tovar raqobatbardoshligini pasaytiradi. Bundan xulosa kelib 
chiqadiki, katta pul mab`lag`lari zahirasiga ega bo`lgan mamlakat, tashqi 
savdodagi o`z kuchini yo`qotadi va Shu orqali keyinchalik boyish 
imkoniyatlaridan mahrum bo`ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin