Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

Daromadlar
. A) U.Petti tomonidan ish haqi, mehnat haqqi sifatida 
belgilanib, buning asosida ishchi yashashi uchun zarur bo`lgan mablag`larning 
minimal tannarxi yotadi. B) Daromad sifatida U.Petti doimiy ravishda qishloq 
xo`jaligidan olingan rentasini tushungan. U.Petti rentani tovar tannarxi va tovarga 
sarflangan xarajatlar orasidagi farq deb ta`kidlashgan. V) Ssuda foizini U.Petti er 


39 
rentasi hajmidan keltirib chiqarib, bu holat o`sha davrdagi daromadning odatiy 
ko`rinishi bo`lgan. Uning fikricha, foiz mo„ayyan miqdordagi erdan olingan renta 
hajmiga teng bo`lishi lozim, Chunki aynan mana Shu narx evaziga ssuda uchun 
berilgan mablag` olinishi mumkin. 
Yer narxi
. U.Pettining fikricha, yer mo„ayyan narxga ega emas, Chunki u 
mehnat mahsuli emas. Shu sababdan, yer narxi asosiga u rentani joylashtirib, renta 
sotib olingan yer maydonidan olinishi mumkin. 
Keyingi asarlarida U.Petti, nazariy emas, kundalik hayot talqinlarini misol 
sifatida qo`llagan, uning fikricha yer odatda sotib olinadi, va erdan doimiy 
ravishda daromad olish uchun, uch avlod o`z hayoti davomida mehnat qilishi 
lozim, ya`ni har - bir oldingi avlod, o`zidan keyingi avlod ravnaqi uchun mehnat 
qiladi. «Angliyada, - mazkur davr 21 yilga teng, Shu sababli er narxi, ham aynan 
21 yilga teng renta mablag`i miqdoriga teng bo`lishi lozim» deb yozgan edi 
U.Petti. Pettidan keyin ko`pgina ingliz iqtisodchilari aynan Shu yo`nalishda 
tadqiqotlarini davom ettirib alohida Yangi g`oyalarni ilgari surishdi. Bunda, Dj. 
Lokk (1623 - 1704), N. Barbon (1640-1698), D.Defo (1660-1731), B.Mondevil` 
(1670-1733), B. Franklin (1706-1790), D. YUm (1711-1776), Dj.Styuart (1712-
1780), D.Messi va boshqalarni tilga olish mumkin. Ularning ba`zi g`oyalarini 
keltiramiz. 
Tannarx
. Mazkur masala bo`yicha N. Barbon o`zining “Savdo haqidagi 
ocherk” asrida (1690): barcha tovarlar narxi, ularning foydalilik darajasidan kelib 
chiqadi, - deb ta`kidlaydi. Ammo boshqa tomondan, savdogar tomonidan 
belgilangan narx, tannarx savdo xarajatlari va foizdan iborat, hunarmand 
tomonidan belgilangan narx esa sarflangan ashyo va mehnat uchun sarflangan vaqt 
bilan belgilanadi. Demakki eng maqbul narx faqatgina bozor toomnidan belgilanib, 
tovarlarning asl narxi, ularning sotilish narxiga tengdir. 
Ish haqi
. O`zining «Siyosiy iqtisodiyot haqida tadqiqotlar» deb nomlangan 
asrida Dj. Styuart (1767), ish haqi asosida yashash uchun zarur bo`lgan xarajatlar 
minimumini etadi. Mazkur miqdor, siyosiy va jismoniy jihatdan zarur summani 
tashkil etilishi, jamiyat rivojlanish darajasiga qarab belginalishini, mablag` 
miqdori,esa jamiyat rivojlanishi sayin oshib borishini ta`kidlagan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin