Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


I-BOB. IQTISODIY TA`LIMOTLAR TARIXI FANIGA KIRISH



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

I-BOB. IQTISODIY TA`LIMOTLAR TARIXI FANIGA KIRISH 
 
1.1. Iqtisodiy ta‟limotlar atamasi shakllanishining tarixiy bosqichlari 
Iqtisodiy ta`limotlarni turli davrlarga bo`lgan holda o`rganish maqsadga 
muvofiq, zero har-bir davrning rivojlanishi o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, 
ularni davrlarga ajratishni talab etadi. Iqtisodiy fikrlar tarixi rivojlanishining uchta 
asosiy bosqichga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiq. 
Birinchi bosqich sifatida, iqtisodiy nazariya shakllanguniga qaar paydo 
bo`lgan iqtisodiy fikrlardir. Mazkur bosqich miloddan avvalgi III-ming yillik va 
milodiy XVII asrning ikkinchi yarmiga qadar bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. 
Bu davrda yuzaga kelgan iqtisodiy fikrlar insoniyat xo`jalik faoliyati bilan 
birgalikda yuzaga kelib, iqtisodiy nazariyalar esa birmuncha kechroq shakllangan. 
Ma`lumki, iqtisodiy nazariya ikki asosiy jihati bilan tavsiflanadi: tahlil va tahlil 
natijalarini tizimlashtirish. Tahlil, inson o`ziga-o`zi savol bera boshlagani bilan 
yuzaga keladi. Bu nima? Nima uchun yuz beradi? Nima bilan bog`liq? Mazkur 
savollarga javoblar, mantiqiy jihatdan tizimlashtirilgach, nazariyaga aylanadi. 
Iqtisodiy ta`limotda, tahlil va tizimlashtirish elementlari mavjud bo`lishi mumkin, 
ammo mazkur ikki jihat doimiy ravishda iqtisodiy ta`limotlarda XVII asrning 
ikkinchi yarmidan boshlab mujassamlanib borishi kuzatila boshlagan. 
Birinchi bosqichning boshlanishiga miloddan avvalgi III ming yillikni kiritish 
maqsadga muvofiq. Aynan Shu davrda birinchi tamaddunlar yuzaga kelib, ular 
bilan birgalikda yozma manbalar paydo bo`lgan. YOzma manbalardan esa, o`sha 
davrdagi iqtisodiy fikrlar haqida ma`lumot olish mumkin. Demak, iqtisodiy 
ta`limotlar rivojlanishining birinchi bosqichi miloddan avvalgi III ming yillikdan 
boshlanib, milodimizning XVII asri II yarmiga qadar bo`lgan davrni o`z ichiga 
oladi. 
Mazkur davrning so`ngigacha, iqtisodiy ta`limotlar boshqa fanlar tarkibiy 
qimida mujassamlashgan, xususan bunday fanlar sifatida biz yurisprudentsiya
teologiya, tarix, falsafa va boshqaruv haqidagi fanlarni tilga olishimiz mumkin. 
Umuman olganda, “iqtisodiyot” atamasi antik davrdagi insonlar, qullar, ularning 
oila a`zolari bilan o`zaro munosabatlari, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqarish, qayta ishlash va saqlash kabi iqtisodiy masalalarni, balki uy xo`jaligini 
boshqarish bilan bog`liq masalalarni o`z ichiga olgan. 
Mazkur atama, qadimgi Yunon yozuvchisi Ksenofont (miloddan avvalgi 430-
355 yillar) qalamiga mansub “Oykonomikos” asari nomidan kelib chiqgan. 
“Oyeonomikos” tushunchasi ikki qismdan, ya`ni “Oykos” (uy) va “Nomos” 
(qonun) tushunchalaridan iborat, bundan kelib chiqadiki, “Oykonomikos” – “uy 



qonuni” ma`nosini anglatadi. Demak Ksenofontning “Oykonomikos” asari 
nomlanishini, “Uy qonuni” deb tushunishimiz mumkin.
Shu bilan birgalikda, birinchi bosqich davrida iqtisodiy ta`limotlar 
metodologiyasi ko`proq pozitiv yondashuvga emas, ijtimoiy – iqtisodiy 
jarayonlarning me`eriy yondashuvi yotgan. Me`yoriy va pozitiv yondashuvlar 
o`rtasidagi 
farq 
Shundaki, pozitiv yondashuvni 
qo`llovchilar iqtisodiy 
munosabatlarni butunligicha yaxlit ko`rib chiqsa, me`yoriy yondashuvchilar 
iqtisodiyot, jarayon, hodisa va voqealarni o`z ongida mavjud bo`lgan me`yor bilan 
qiyoslab o`rganadi. Shu sababli, mazkur fikrlarda, tadqiqotlarda katta o`rinni real 
mavjud iqtisodiyotni me`yoriy darajasiga qanday chiqarish mumkinligi haqidagi 
tavsiflar oladi. 
Ma`lumki me`yoriy yondashuvning asosida «tabiiy tartib» kontseptsiyasi 
turadi, va unga muvofiq mo„ayyan jamoatchilik tartibi (jamoatchilik 
munosabatlari) tabiiy, ya`ni inson tabiatida azaldan o`rin olgan hisoblanadi. 
Bundan amin bo`lish mumkinki, keyingi mavzularimiz ham, qo`llanmamizda 
tabiiy sifatida tavsiflangan.
Me`yoriy yondashuvning yana bir misoli sifatida, iqtisodiy hodisalarning turli 
ma`naviy, etik nuqtai - nazarlardan yondashish holatlarini ham kiritish mumkin. 
Shuni ham ta`kidlab o`tish joizki, me`yoriy yondashuv, qisman bo`lsada, 
iqtisodiyot faning ikkinchi va uchinchi rivojlanish bosqichlarida ham qo`llanilgan. 
Ikkinchi bosqich Mumtoz siyosiy iqtisodiyotning (XVII asrning ikkinchi 
yarmi - XIX asr oxiri) paydo bo`lishi, rivojlanishi va bo`linish davrini o`z ichiga 
oladi.
Dastlab iqtisodiy nazariya «siyosiy iqtisodiyot» deb atalgan. Mazkur atama 
ya`ni politekonomiya ikki Yunon so`zidan olingan bo`lib «polis» (davlat yoki 
jamiyat) va «ekonomik» (iqtisodiyot) so`zlaridan olingan, bo`lib, «jamiyat 
iqtisodiyoti» (xalq xo`jaligi) tushunchalaridan kelib chiqgan. Mazkur atama 
frantsuz iqtisodchisi Antuan Monkret`en tomonidan ilk marotaba 1615 yfilda nashr 
etilgan “Politekonomiya” asari nomlanishida qo`llanilgan. Keyinchalik, mazkur 
tushunchaga “Mumtoz”, ya`ni “mumtoz” iborasi ham qo`shila boshlagan. 
Mumtoz siyosiy iqtisodiyot fanlari sirasiga kiritilishi mumkin bo`lgan ilk 
asarlar XVII asrning ikkinchi yarmida paydo bo`la boshlagani bo`lsada, mazkur 
tushunchaning ilmiy doiralarda tamomila o`rnashib olishiga, 1776 yilda nashr 
etilgan ingliz iqtisodchisi Adam Smitning “Boylikning xalqaro tabiati va sabablari 
to`g`risida tadqiqot” asari turtki bo`lib, keyinchalik mumtoz siyosiy iqtisodiyot 
tushunchasining XVII-XIX asrlar davomida qaror topib rivojlanishiga sabab 
bo`ldi. 



Alohida fan sifatida iqtisodiyot o`z tasdig`ini XIX asrning boshidan topa 
boshladi, hamda siyosiy iqtisodiyot ta`limoti sifatida universitetlarda o`qitila 
boshlandi.
XIX asrning birinchi yarmidan boshlab esa «Mumtoz siyosiy iqtisodiyot», 
Yangi nazariyalarni ilgari surgan holda rivojlanib, XIX asrning ikkinchi yarmiga 
kelib, ingliz iqtisodchisi Dj. S. Mill` aytganidek, “oldiga qo`yilgan masalalarni 
mustaqil ravishda hal eta boshladi”. 
Aytib o`tish joizki, “Mumtoz siyosiy iqtisodiyot”ning bosh vazifasi, asosiy 
iqtisodiy tushunchalarni (narx, mablag`, daromad, kapital va boshqalar) aniqlash, 
va ularni tizimlashtirish bo`ldi. Shu bilan birgalikda, ular orasidagi sabablar va 
mohiyatlar belgilanib olindi. Iqtisodiyo fanlar tadqiqot mavzularining asosi sifatida 
esa, “narx”, “tannarx” kabi tushunchalar olindi. 
XIX asrning ikkinchi yarmida mumtoz siyosiy iqtisodiyot mustaqil ravishda 
rivojlanib bordi, ya`ni asosiy fan sifatida “siyosiy iqtisodiyot kursi” sifatida 
universitetlarda o`qitilib, uning doirasida o`quv qo`llanmalari va ilmiy asarlar 
yaratila boshlandi, lekin Yangi iqtisodiy tushunchalar va atamalarni hali 
kiritmagan edi. Shu bilan birga, mazkur davrda iqtisodiyot fanining Yangi 
yo`nalishlari ham yuzaga kelib, ular XIX asr so`ngi va XX asrning boshlarida 
mumtoz siyosiy iqtisodiyotni siqib chiqarishdi.
Uchinchi bosqich zamonaviy iqtisodiyot fani shakllanishi va rivojlanishi 
davrini o`z ichiga oladi. 
Mazkur bosqich XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida vujudga kelib, 
uning rivojlanishi hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda. Bu bosqichda, 
iqtisodiyot fanini bir vaqtning o`zida mavjud bo`lgan ikki yo`nalishga, ya`ni 
marjinalizm va institutsionalizmga ajratish mumkin. Marjinalistik yo`nalish qaror 
topishi XIX asrning oxirgi yillariga to`g`ri keladi va u “marjinalistik inqilob” 
nomini olgan. Marjinalistik inqilobdagi oxirgi nuqta siyosiy iqtisodiyotning Yangi 
iqtisodiyot (ekonomiks) kursi 1902 yilda Kembridj universitetida o`qitilishidan 
boshlash mumkin. Keyinchalik “Ekonomiks” boshqa universitetlarda ham o`qitila 
boshladi. Institutsionalistik yo`nalishi esa XIX asrning o`rtalarida yuzaga kelib, 
XX asrning dastlabki 30 yili davomida shakllandi. 
Mumtoz siyosiy iqtisoddan ushbu har ikkala (nazariy) yo`nalishning farqi 
Shundaki, mumtoz iqtisodni asosan alohida iqtisodiy jarayon va hodisalar 
mohiyati, ular o`rtasidagi bog`liqlik diqqat e`tiborida bo`lsa, bu ikkala iqtisodiy 
yo`nalishlarning asosiy predmeti, iqtisodiy hodisalarning o`zaro aloqalari 
qiziqtirdi. Xususan marjinalizm yo`nalishi sof iqtisodiyotni tadqiq etib, undan 
ijtimoiy shakllarni ajratgan bo`lsa Institutsionalizm yo`nalishi ijtimoiy - 
iqtisodiyotni tadqiq etish bilan Shug`ullanadi. 



Shunday qilib, marjinalizm va institutsionalizm yo`nalishi namoyandalarini 
iqtisodiyotdagi amaliyot jarayonlarigina qiziqtiradi. Mumtoz siyosiy iqtisodiyot, 
marjinalizm va institutsionalizmning o`ziga xos metodologik xususiyatlari va 
farqlarini keyingi mavzularda ko`rib chiqamiz. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin