43
Narx va tannarx
. Kantil`on tannarxni er va mehnat sifatida belgilab,
ulardan er ishlab chiqarishning asosiy omili sifatida e`tirof etilgan.
Mehnat
tannarxi sifatida Kantil`on bir ishchi tomonidan iste`mol qilinadigan predmetlar
ishlab - chiqarilgan er miqdori bilan belgilashni taklif etgan.
Sinflar va daromadlar
. Kantil`on ilk marotaba
jamiyatning uch sinfga,
ya`ni er egalari, yollangan ishchilar va tadbirkorlarga bo`linishini taklif qilgan.
YOllangan ishchilar doimiy daromad, ya`ni shartnomaga
muvofiq kelishilgan ish
haqiga ega, tadbirkorlar esa, o`zgaruvchan daromadga ega. Kantil`on fikricha
tadbirkor, mo„ayyan narxda, keyinchalik noaniq narxda
sotish uchun tovar sotib
oluvchi shaxs sifatida belgilangan.
Bundan tashqari, Kantil`on erga beriladigan rentani ham uch qismga
bo`lgan. Birinchi renta tadbirkor - fermer tomonidan er egasiga to`lanadi,
ikkinchisi tovarlar sotib olinishi davomida
shahar tadbirkorlariga, uchinchi qismi
esa er egasida qoladi.
Kapital
. Kantil`on mablag` va tovar massasi mutanosibligini ham aniq
tadqiq etib, buning davomida kapitalning aylanma doirasida
oshishi butun xalq
xo`jaligi miqiyosida narxlarning avtomatik ravishda o`sishiga olib kelmasligi
g`oyasini ilgari surgan. Birinchidan, narxlar o`sishi
turli hududlarda turlicha
kechadi, ikkinchidan, naqdsiz hisob - kitoblarni ham e`tiborga olish lozim,
uchinchidan esa mamlakatlar orasida xalqaro savdo bilan bog`liq mablag`lar
o`tishini ham hisobga olish zarur.
Dostları ilə paylaş: