49
V-BOB. KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING TO„LA SHAKLLANISHI.
ADAM SMIT VA DAVID RIKARDO IQTISODIY TA‟LIMOTLARI
5.1. Adam Smit iqtisodiy qarashlari
Shotlandiyadagi Glazgo universiteti professori Adam Smitning (1723-1790)
«Xalqlar boyligi tabiati va sabablari haqida tadqiqot» asari (1776), bir tomondan
oldingi mumtoz iqtisodiy siyosati nazariyalari natijasi bo`lgan bo`lsa, boshqa
tomondan Yangi davrning ya`ni jahonga hukmdorlik qilish uchun kursining davri
boshlanishi bo`ldi.
O`sha davrlarda, Angliyada sanoat faol rivojlanish davriga o`tgan. Ammo,
Angliya iqtisodiy xayotida manufaktura xukmron bosqichida bo`lib, qo`l mehnati
o`rnini ilk texnologik jarayonlar bilan almashish davri boshlangan edi, ammo
SHotlandiyada joylashgan Glazgo shahrida Dj. Uatt bug` dvigateli ustidan
tadqiqotlar yuritayotgan edi. SHaharning ilmiy jamoatchiligi Uatt mehnat
qilayotgan tsexda, o`z tajribalarini o`tkazishni ta`qiqladi ammo Shu sababli Smitt
ham, Uatt ham, o`z tajribalarini universitet laboratoriyalariyasida davom ettirishdi.
Buning natijasida 1784 yilda, dvigatel` yaratilib, uning asosida mexanik ishlab
chiqarishga o`tish jarayoni boshlanib, bu jarayon sanoat inqilobi nomini oldi.
Dostları ilə paylaş: