Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


D. Rikardo iqtisodiy qarashlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

5.2. D. Rikardo iqtisodiy qarashlari 
 
Ingliz iqtisodchisi David Rikardo (1772-1823), yirik kapitalist va 
jamoatchilik arbobi bo`lib, fanga ilk marotaba publitsist sifatida ingliz banki 
emission faoliyati haqidagi munozaralarda qatnashgan holda kirib kelib, uning 
1809-1811 yillar davomida nashr etilgan ko`pchilik maqolalari ham shu masalaga 
bag`ishlangan. Keyinchalik u, Angliyaga bug`doy olib kelinishiga nisbatan yuqori 
bojxona to`lovlari borasidagi munozaralarda ham qatnashgan (bu jarayon tarixda 
“non qonunlari” deb atalgan). 


55 
Bu haqda Rikardo «Non narxining» kapital daromadiga ta`siri haqida 
tajriba» deb nomlangan kichik asarni yaratib, asar doirasida uning daromad 
bo`linishi nazariyasi asoslari yoritilgan. Nihoyat, keng qamrovli iqtisodiy 
nazariyasini u “siyosiy iqtisod boshlanishi” deb nomlangan asarida yoritib bergan 
(1817). 
Predmet va uslub
. Mumtoz siyosiy iqtisod namoyandalari kabi, Rikardo 
sinflar orasida daromad bo`linishi masalalarini ko`rsatgan holda, tadqiqotining 
asosiy predmeti sifatida ishlab chiqarish sohasi asosidan kelib chiqgan o`z 
nazariyasini talqin etgan. Uning yozishicha, - «Mazkur bo`linishni boshqaruvchi 
qonuniyatlarni aniqlash, - siyosiy iqtisodning asosiy vazifasidir». 
Rikardo nazariyasi yuqori darajadagi abstraktsiyasi bilan farq qilar edi. 
Qator iqtisodiy tushunchalar talqining ikki taraflamaligi va ketma - ketsizligi bilan 
farq qiluvchi Smit g`oyalarini tanqid etgan holda, u boshlang`ich toifa printsipi 
bo`yicha qarama-qarshiliklarga ega bo`lmagan mantiqiy nazariyani qurishga 
harakat qilgan. 
Asosiy nazariy holatlar 
Narx
. Rikardo, o`zining mehnat qiymati haqidagi nazariyasida Smit, Sey va 
Mal`tusning narx belgilanishi haqidagi turli fikrlarni umumlashtirishga harakat 
qilgan. Shu bilan birgalikda, u Sey g`oyalarida uchragan predmet narxining uning 
foydalilik darajasidan kelib chiqib belgilanishini inkor etgan («Bu g`oya tovar 
narxi iste`molchilar tomonidan belgilangan taqdirda to`g`ri bo`lar edi»). Ammo 
Shu bilan birgalikda kam uchrash omili ta`sirini ham tan olgan («Tovar narxi uning 
kam uchrashi oqibatida ham o`sishi mumkin»). 
Narxning qilingan xarajatlar asosida belgilanishini esa, Rikardo moddiy 
xarajatlarni zahira mehnati deb talqin etgan holda, narxning mehnat borasidagi 
qilingan xarajatlar bilan belgilanish g`oyasi tarafdori bo`lgan. Shunday qilib, 
Rikardo narxga ta`sir etuvchi barcha omillarni ajratgan holda, uning kelib chiqish 
asoslarini mehnat bilan bog`lagan. Mashhur Shved iqtisodchisi, G. Myurdal`, bu 
holatni haqiqatga ko`ra realroq bo`lgan, va bo`lishi mumkin bo`lgan mo„ayyan 
holatga tasodifan emas, aniq o`tuvchi doimiy va zarur bo`lgan predmetning asl 
narxini topishga eski metafizik harakat deb tushuntirgan. 
Rikardo Smitning narx, mehnat nazariyasiga ham ma`lum qo`shimcha va 
o`zgartirishlar kiritgan. Rikardo fikricha, narx kapitalistik iqtisodiyotga, aniqrog`i 
esa, kapitalizmning doimiy sifatiga ega ekanligi bilan bog`lab, kapitalizm ibtidoiy 
jamoa davrida boshlanib, tabiiy jamoatchilik tuzilishi deb talqin qilgan. Bundan 
tashqari, Rikardo narxni o`rtacha sohaviy emas, maksimal mehnat xarajatlari bilan 
belgilagan. 
Rikardo, Smit atamalarini aniqlashtirib, narx tushunchasini turli iqtisodiy 
holatlarga nisbatan qo`llagan. «Adam Smit, - deb yozgan edi u, - almashinuv 


56 
narxining asosiy manbaini to`g`ri aniqlagan holda, nazariya tartibsizligiga yo`l 
qo`ygan». Tovar narxi, unga nisbatan sarflangan mehnat xarajatlari oshishi yoki 
kamayishi holatda, narxlar oshishi yoki kamayishi tamoyiliga rioya etish o`rniga u 
narxni mahsulotga nisbatan standart choralar va bu choralarga almashinishdan 
kelib chiqib narx belgilash nazariyasini ilgari surgan. Shu sababli, Rikardo narx, 
mo„ayyan mehnat xarajatlari bilan belgilangan taqdirda absolyut narx deb, uning 
sotish bahosini esa, mo„ayyan tovarlar almashinuvi evaziga olinadigan bo`lsa, 
nisbiy narx deb atashni taklif etadi. Nisbiy narxni tadqiq etar ekan, u har ikkala 
tovarning absolyut narxlari o`zgarishiga bog`liqligini ilgari surib, tovar va pulning 
absolyut qiymatlaridan kelib chiqgan holda narx haqida so`z yuritishni ilgari 
surgan. 
Mablag`
. Rikardoning fikricha, mablag` tovar bo`lib, uning qiymati tovar 
ishlab chiqarilishi va bozorga keltirilishi uchun zarur bo`lgan mehnat miqdori bilan 
belgilanadi. Istalgan tovarning narxi kabi, pul qiymati ham talab va taklif 
mutanosibligiga bog`liq. Shunday qilib, Rikardo YUm tomonidan ilgari surilgan 
mablag` miqdoriy nazariyasini rivojlantiradi. Mamlakatda pulning ortig`i yoki 
etishmasligi Rikardoning fikricha, faqatgina tashqi savdo orqali belgilanadi. 
Masalan, pul miqdorining oshishi narx oshishiga olib kelib, bu holat tovarlarning 
chet eldan olib kelingan holda pulning ham chet elga chiqib ketishini yuzaga 
keltiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin