61
Ishlab chiqarish mehnati
. Sey Smitga nisbatan ishlab chiqarish mehnati
sohasining aniqroq talqinini berib, aynan Shu nazariya foydasiga, nafaqat moddiy
ishlab - chiqarish sohasini, balki xizmat ko`rsatish sohasini ham kiritadi,
Chunki
mashhur soha doirasida ham foydalilik darajasi yaratiladi. Sey fikriga ko`ra,
xizmat ko`rsatish sohasida ham, nomoddiy mahsulotlar yaratilib, bu mahsulotlar
ishlab chiqarish davrida iste`mol qilinadi. Ammo, bu xizmatlar kapital ko`rinishida
akkumullyatsiya
qilish kuchiga ega emas, akkummulyatsiyaning o`zi esa xuddi
Smit kabi, Sey tomonidan moddiy boyliklar zahirasi deb qabul qilingan.
Realizatsiya
. Uning “Uch omil” nazariyasidan ko`ra ham, mashhurroq
bo`lgan “realizatsiya nazariyasi” keyinchalik Sey qonuni atamasini oldi. Mazkur
qonunga muvofiq, kapitalizm sharoitida, taklif doimo talabga teng va Shu sababli
to`liq
realizatsiya mavjud holatdir, Chunki xalq xo`jaligi miqiyosida realizatsiya
bir mahsulot turlarining boshqa mahsulot turlariga almashinishi bo`lib, Shu sababli
tovar ishlab chiqarilishi faktining o`zigina boshqa mahsulotlar sotilishi uchun keng
yo`l ochib beradi. Mablag` faqatgina vaqtinchalik almashinuv jarayonidagi rolga
ega. Albatta, alohida tadbirkorlarda, sotish bo`yicha
vaqtinchalik qiyinchiliklar
kuzatilishi mumkin, ammo keyinchalik bunday almashinuv albatta yuz beradi, Shu
bilan birgalikda Sey zahira fondlariga nisbatan ham xuddi Shunday fikrda bo`lib,
ularni talab darajasiga etgunga qadar vaqtinchalik hodisa deb talqin qilingan.
O`zining realizatsiya nazariyasidan kelib chiqgan holda, Sey quyidagi xulosalarga
keladi: «Har bir inson barcha insonlar ravnaqidan manfaatdor va ishlab
chiqarishning bir sohasi rivojlanishi boshqa sohalar rivojlanishiga ham olib
keladi». «bundan kelib chiqadiki, barcha chet el mahsulotlarining
ichki bozorga
olib kelinishi, mamlakat ichida ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotilishiga yo`l
ochib beradi». Shunday qilib, sinflar orasida mo„ayyan garmoniya mavjud ekan,
xuddi shunday garmoniya sohalar va mamlakatlar orasida ham mavjud bo`lishi
mumkin».
Dostları ilə paylaş: