Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

Predmet va uslub.
Mill` mumtoz siyosiy iqtisod metodologiyasi tarafdori 
bo`lsa ham, pozitivizm falsafasi asoschilaridan biri hisoblanadi. Bu holat uning 


70 
iqtisodiy nazariyasining alohida elementlarida namoyon bo`ladi. Pozitivizm 
xususiyatlaridan biri, hodisalar mohiyatining asosiy sababini qidirishdan voz 
kechish bo`lgan, ya`ni sabab va oqibat yondashuvidan. Pozitivistlar, real hodisalar 
va ular orasidagi aloqani tadqiq etishni taklif etishgan, ya`ni funktsional yondashuv 
tarafdorlari bo`lishgan. 
Mill`ning fikricha, bizning bilimimiz faqatgina hodisalarni tushunishi 
mumkin, biz ularning mohiyatini, hattoki aniq fakt yuzaga kelishining real 
sabablarini bilmaymiz. Biz faqatgina ularning boshqa faktlarga aloqasini 
tushunishimiz mumkin. Hodisalarni esa biz bor - yo`g`i ularning qonuniyatlarini 
tushunamiz xolos. 
Mazkur g`oyalarni Mill` iqtisodiy nazariya borasida ham qo`llagan. O`zining 
asarida yozishicha: «Biz jamiyatda iqtisodiy fenomenlar umumiy tasvirini oldik. 
Mo„ayyan darajada, biz ularning o`zaro aloqasini belgilovchi printsiplarni ham 
aniqlaganmiz». Ayniqsa funktsional yondashuv Mill`ning qiymat borasidagi 
tadqiqotlarida namoyon bo`lgan. Sabab va oqibat yondashuvidan, funktsional 
tadqiq etishga iqtisodiyot fanining to`la - to`kis o`tishi XIX asrning oxirida yuz 
berib, bu holat neomumtozlar va institutsionalistlar nazariyasida namoyon bo`lgan. 
Mill` iqtisodiy nazariyasi metodologiyasining yana bir Yangi xususiyati, 
keyinchalik institutsionalizm doirasida rivoj topgan bo`lib, birinchidan bu ijtimoiy 
evolyutsiya g`oyasi edi, va bu g`oya ijtimoiy isloxotlar taklifida namoyon bo`ldi.
Ikkinchidan, Mill` iqtisodiy insonni emas, insonni ijtimoiy faoliyatlarida 
namoyon bo`lishi nuqtai - nazaridan tadqiq etgan. Mazkur yondashuvga muvofiq, 
Mill` jamiyat iqtisodiy tashkillashtirishni sabablari, inson xulq-atvor xususiyatlari 
yoki jamoatchilik munosabatlari, institutlar, psixologik va ma`naviy omillarda 
namoyon bo`lishi darajasining tadqiq etilishining o`zi, siyosiy iqtisod deb 
nomlanuvchi fan predmetidir. 
Iqtisodiy siyosat alohida elementlari uchun, jamiyat umumiy qarashlari va 
siyosati, alohida ahamiyatga ega emas, ammo kengroq tadqiqotlar doirasidan ham, 
ularni o`chirib bo`lmaydi, zero inson hayotining turli muhim aspektlari mustaqil 
ravishda rivojlanmaydi, ulardan har - biri boshqalaridan kelib chiqib, chuqur 
ravishda ular tomonidan modifikatsiya etiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin