Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati:
1.
Аникин А.В. Путь исканий. М., 1990.
2.
Историки экономической мысли России. В.В.Святловский, М.И.Туган-
Барановский, В.Й. Железнов. М., 2002.
3.
История русской экономической мысли Т. 1. Ч. 2. Т. 2. Ч. 1-2. М., 1958-
1960.
4.
Маркс К. Капитал// Маркс К., Энгельс Ф. Соч. Т. 23-25.
5.
Милль Дж. С. Основы политической экономики: В 3 т. М., 1980.
82
IX-BOB. GERMANIYADAGI TARIXIY MAKTAB G„OYALARINING
O„ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
9.1. F. List va eski tarixiy maktab iqtisodiy kontseptsiyalari
Tarixiy maktab Germaniyada yuzaga kelib, buning o`ziga xos sabablari
mavjud. Gap shundaki, 1871 yilgacha Germaniya tarkibida 36 ta nemis tilida
so`zlashuvchi hududlardan tashkil topgan. Cho`zilib ketgan feodal bo`linish,
Germaniya iqtisodiy rivojlanishini sekinlashtirar va shu sababli uning
birlashtirilishi dolzarb masalaga aylangan edi. Nemis ziyolilari, nemis millatining
ruhiy birligini ta`kidlashar, katta e`tibor Germaniya tarixiga qaratilar edi. Mazkur
g`oyalarning nazariy shakllanishining boshlanishi, Germaniyada XIX asrning
birinchi yarmida yuzaga kelgan huquq – tarixiy maktabi bo`ldi. Uning asoschisi
Fridrix Karl Savin`i, huquq abstrakt mantiq bilan emas, mo„ayyan mamlakat milliy
ruhiga tayanishi, hamda tarixan o`tuvchan tavsifga ega bo`lishi lozimligini
isbotlagan. Mazkur g`oyalarni iqtisodiyot fanidagi maktab ham qabul qilgan.
Uning asoschisi Fridrix List (1786-1846) bo`lib, u o`zining «Siyosiy
iqtisodiyot milliy tizimi» (1841) kitobida mumtoz siyosiy iqtisodni kosmopolitik
iqtisod deb atab, tanqid qilgan. U Smit nazariyasining uch asosiy kamchiligini
ilgari surgan: kospolitizm, ya`ni barcha mamlakatlar uchun yagona bo`lgan
iqtisodiy qonuniyatlarining mavjudligi, milliy, o`ziga xoslikni inobatga olmaslik;
individualizm, ya`ni iqtisodiy inson atamasi iqtisodiy tahlilida, hech bir
jamoatchilik aloqalarini hisobga olmasligi va materializm, ya`ni boylik
yaratilishining moddiy omillarining tadqiqoti.
Mazkur kamchiliklarga qarshi List millat ishlab chiqarish kuchi
tushunchasini kiritgan.
Bunda birinchidan, individual emas, milliy hajm qabul qilingan, ikkinchidan
esa bu doiraga iqtisodiyotning barcha sohalari kiritilgan, uchinchidan, iqtisodiy
sabablardan tashqari bu sohaga jamoatchilik institutlari ham kirishi ta`kidlangan.
Uning yozishicha, millat ishlab chiqarish kuchlarining shakllanishi, mamlakat
moddiy va intellektual kapitallarining o`zaro faoliyati natijasi bo`lib, Shu jumlaga
qishloq xo`jaligi kapitali, manufaktuaralar va savdo kiritilgan.
Bundan tashqari, List iqtisodiy liberalizm kontseptsiyasini ham tanqid etib,
misol sifatida, Frid Reder kontseptsiyasini ilgari surgan («Erkin savdo»). Uning
yozishicha, bunday sharoitlarda faqatgina Angliya uchun normal va foydali
bo`lgan iqtisodiy siyosat, barcha mamlakatlarga nisbatan tadbiq etilib, bu holat
Angliyaning o`za davrlarda jahon iqtisodiyoti yetakchi ekanligi, ammo mazkur
sharoitlar boshqa mamlakatlar uchun imkonsiz ekanligini aytib o`tgan.
Bu yondashuvga qarshi List, turli mamlakatlar iqtisodiyotiga nisbatan tarixiy
yondashuvni taklif etgan. Xususan u, milliy iqtisodiyotlar rivojlanishining sohaviy
83
belgilarga ko`ra besh bosqichini ajratgan: ovchilik, chorvadorlik, agrar, agrar –
sanoat va agrar-sanoat – savdo.
Angliya egallab turgan iqtisodiyotning eng yuqori nuqtasiga erishish uchun,
Listi mamlakat, yuqorida tilga olingan bosqichlarning to`rtinchi bosqichi
iqtisodiyotiga yordam berishi lozimligini, birinchi navbatda protetsionizm siyosati
zaruriyatini ilgari surgan.
Qisqa muddat ichida, Listdan so`ng yana boshqa nemis iqtisodchilari ham
shunga o`xshash g`oyalarni ilgari sura boshlashdi – bularga Vil`gel`m Rosherning
(1817-1894) «Tarixiy uslub nuqtai nazaridan siyosiy iqtisodiyot kursining qisqa
asoslari» (1843) asari bilan, Bruno Xil`debrand (1812-1878) «Hozirgi zamon va
kelajak siyosiy iqtisodi» (1848) asarlari bilan va Karl Kniss (1821-1898) o`zining
«Tarixiy uslub nuqtai - nazaridan siyosiy iqtisod» (1823) asari bilan. Ularning
barchasi mustaqil ravishda ijod qilishib, keyinchalik tarixiy maktab nomi ostida,
birlashtirilgan.
Xuddi List kabi ular ham, mumtoz siyosiy iqtisodni tanqid etishgan.
Masalan Xil`debrand, mumtoz siyosiy iqtisodni inson egoizmi haqidagi tabiiy
ta`lim deb atagan. Xususan ular, tabiiy - iqtisodiy qonuniyatlar haqidagi g`oyani
inkor etib, iqtisodiyotning nisbiyligi va o`zgaruvchanligi g`oyasini ilgari surishgan,
va bu g`oya asosida iqtisodiyot xalq rivojlanishi bilan birlagikda rivojlanishi
haqidagi g`oya yotgan. Kniss, erkin harakat, insonning jamiyatdagi erkin tanlovi,
tabiat azaliy qonuniyatlarini taqqoslab, bu holat nafaqat alohida shaxslar, balki
butun millat xo`jalik faoliyati farqlarini sababi ekanligini ta`kidlagan.
Rosherning yozishicha, faqatgina iqtisodiy idealning mavjudligi, xalq uchun
etarli emas, zero hattoki ko`ylak ham, birgina andoza asosida tikilmaydi.
Milliy iqtisodiyotlar farqiga nisbatan xalq xo`jaligi sub`ektlari tanlovi erkinligi
ham, eski tarixiy maktab namoyandali fikricha, siyosiy, huquqiy, etik psixologik
omillar ta`sir ko`rsatadi. Bularning barchalari milliy ruh tushunchasi ostida
birlashadi. Bundan Shunday xulosa kelib chiqadiki, har - bir milliy iqtisodiyot,
milliy - iqtisodiy fan tomonidan tadqiq etilishi kerak.
Rosher, Xil`debrand va Kniss uchun tarixiy yondashuv xos bo`lgan. Rosher,
bu haqda mazkur tushunchani aralashtirmagan holda, iqtisodiyot tarixiy
qonuniyatlari haqida yozgan. Kniss esa, iqtisodiy siyosat va xo`jalik doktrinalari
tarixiy nisbiyligi haqida. Xuddi List kabi, ular iqtisodiyot rivojlanishi bosqichlarini
ajratishgan, ammo boshqa omillarga tayanishgan. Rosher, ishlab - chiqarishni
yetakchi omillari andozalari bo`yicha iqtisodiyotni uch bosqichga bo`lgan: ya`ni,
qadimiy, bunda ishlab chiqarish asosiy omili er; o`rta asrlar, asosiy omillar tsex
hunarmandlarining erkin mehnati qabul qilingan, va Yangi bosqich, ishlab
chiqarishning mexanik ishlab chiqarishga o`tishi natijasida asosiy omil, kapital
bo`lishi.
84
Xil`debrand ham, uch davrni ajratib, asos sifatida, mablag` kredit
munosabatlari rivojlanishini qabul qilgan: ya`ni, natural xo`jalik (ammo to`g`ridan
- to`g`ri tovar almashinuvi), mablag` xo`jaligi va kredit xo`jaligi.
Dostları ilə paylaş: |