Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 Yangi tarixiy maktab iqtisodiy kontseptsiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

 
9.2. Yangi tarixiy maktab iqtisodiy kontseptsiyalari 
Mazkur maktab XIX asrning 70- yillariga kelib shakllangan, va yangi tarixiy 
maktab nomini olgan. Uning tarkibiga oldingiga nisbatan ko`proq olimlar kirib, 
uning boshida Gustav Shmoller (1839-1917) turgan. yuqorida aytib o`tilganidek, u 
Avstriya maktabi asoschisi K.Menger bilan metodologik munozaralarni yuritgan. 
Mazkur munozara davomida Shmoller, abstrakt uslubini to`liq inkor etib, bu 
uslubni, u izolyatsiya uslubi deb atagan. Shu bilan birgalikda, u o`z tarafdorlari 
bo`lmish Rosher va Xil`debrandni ham tanqid etib, ular umumiy tarix nazariy 
natijalariga juda ham ko`p e`tibor berishliklarida ayblagan. Shmoller, barcha 
iqtisodiy qonuniyatlarni inkor etib, faqatgina jamoatchilik tizimi barcha elementlari 
yagonaligi va tengligini ta`kidlagan. Uning ta`kidlashicha, xalq xo`jaligi, 
jamoatchilik hayotining bir qismi, ijtimoiy tananing tomonidir va faqatgina boshqa 
ijtimoiy hodisalar bilan bir qatorda qabul qilinishi lozim. Buning natijasida, - deb 
yozgan edi yirik iqtisodiy fikr tarixchisi E. Shumpeter, - inson motivatsiyalari 
paydo bo`lgan barcha tarixiy komplekslari iqtisodiyot kabi to`la ravishda 
o`rganilishi lozim. Bunday yondashuvda Shumpeter ham ijobiy, ham salbiy 
tomonlarni ko`rgan. Garchi bunday tadqiqotlar, - deb yozgan edi u, - alohida 
teoremalar yaratish imkoniyatini bermasada, ular muvofiq ravishda tayyorlangan 
ongda turli fikrlarni uyg`otib, bu fikrlar ham aniq qadriyatlarga ega bo`lishi 
mumkin. Ular, aniq assotsiatsiyalar asosiga aylanib, o`ziga xos, yoki ijtimoiy - 
iqtisodiy jarayonlar tushunilishini ta`minlashi, tarixiy perspektiva hissini 
uyg`otishi, yoki zarur bo`lsa, belgilash imkoniyati bo`lmagan, yoki qiyin bo`lgan 
narsalar orasidagi organik, o`ziga bog`liqlikni aniqlashi mumkin. 
Ammo, Shmoller maktabining yosh namoyandalari orasida, tarixiy 
qonuniyat g`oyalariga nisbatan qaytish kuzatilgan edi. Masalan Karl Byuxer 
(1847-1930), o`zining «Xalq xo`jaligi yuzaga kelishi» asarida (1893), 
iqtisodiyotning uzoq muddatli xo`jalik aloqalari sifatida rivojlanishining uch 
bosqichini ajratadi: ya`ni yopiq uy xo`jaligi va shahar xo`jaligi. Bunda mahalliy 
bozor hajmidagi xo`jalik aloqalari zarur (ya`ni shahar va qishloq orasidagi aloqa 
sifatida) va xalq xo`jaligi, bunda tovarlar qator xo`jalik sub`ektlari qo`lidan o`tib, 
keyingina iste`molchi qo`liga etib keladi.Shmollerning o`zi ham, o`zining «Xalq 
xo`jaligi haqida umumiy ta`lim ocherki» nomli (1900-1904) yakuniy asarida to`liq 
empirizm g`oyalariga yondashgan. 


85 
Yangi tarixiy maktab, yagona Germaniya davlati shakllanishi davrida 
rivojlanib, mazkur davlat 1871 yilda yuzaga kelganligi sababli, hukumatning 
iqtisodiyotdagi roli masalasi uning tadqiqotlarida katta o`rin egallaydi. Mazkur 
masala bilan ayniqsa G. Shmoller va Lui Brentano faol shug`ullanishgan (1874-
1931). Yangi tarixiy maktab namoyandalari tomonidan “hukumat sotsializmi” 
nazariyasi ilgari surilgan (ommaviy axborot vositalarida u kadeter sotsializm 
nomini olib, rus tiliga professor sotsializmi deb tarjima qilinadi, zero kateder nemis 
tilidan kafedra ma`nosini bildirib, bu ma`noda professorlarning kafedra doirasida 
faoliyat yuritishi ko`zda tutilgan). Hukumat sotsializmi, iqtisodiy liberalizm va 
marksistik sotsializm kontseptsiyalari orasidagi uchinchi yo`l sifatida talqin 
qilingan. Hukumat sotsializmi tarafdorlaridan biri A.Gel`t yozishicha, murakkab 
konservatizm va ijtimoiy inqiloblarga, u qadamba-qadam ilgarilab borilayotgan 
ijobiy isloxotlarni qarshi qo`ygan. Bunda so`z, asosan, barchaga birdek huquqlarni 
ta`minlab beruvchi qonunlar ishlab chiqarilishiga qaratilib, bunday huquqiy 
ta`minot birinchi navbatda jamiyatning quyi tabaqa vakillariga ta`minlab berilishi 
lozim edi (mehnat qonunchiligi). Shu bilan asosidan kasaba uyushmasi harakati 
rivojlanib, uning asosida ijtimoiy sug`urta tizimi, kooperatsiyani rivojlanishi yuz 
berdi (iste`mol ishlab chiqarish kredit kooperatsiyalari), umumiy boshlang`ich 
ta`lim esa, qonun darajasiga ko`tarildi. Hukumat sotsializmi nazariyasining 
umumlashtirish maqsadi esa, sinfiy tinchlik va iqtisodiyotning samarali rivojlanishi 
ilgari surilgan. Shunga o`xshash g`oyalar, ikkinchi jahon urushidan keyingi 
yillarida Germaniyada rivojlantirilgan ijtimoiy bozor xo`jaligi kontseptsiyasida 
ham mujassamlashgan edi. Amalda esa, hukumat sotsializmi g`oyalarini 1872 
yilda yaratilgan yangi ijtimoiy maktab namoyandalari tomonidan ilgari surilgan 
ijtimoiy siyosat ittifoqi ishlab chiqgan. Mazkur ittifoq doirasida, olimlar, 
siyosatchilar va tadbirkorlar birlashgan holda, barcha ijtimoiy keskinliklar 
faqatgina reformalar yo`li bilan hal etilishi lozimligi g`oyasi ilgari surilgan. Shu 
bilan birgalikda, ittifoq, mo„ayyan masalalarni ko`tarar, va ularni tadqiq etish 
uchun grantlar ajratgan holda, tadqiqotchilar natijalarini hukumat organlari va 
ommaviy axborot vositalariga etkazgan. 
Tarixiy maktab kontseptsiyalaridan farqli o`laroq, keyingi bosqich, eng 
Yangi tarixiy maktab namoyandalari, asosan XX asrning 60-yillaridan keyin 
rivojlanib, asosiy e`tiborni abstraktsiyalarga qaratgan holda, uni tarixiy yondashuv 
bilan bog`lashga harakat qilishgan. Ularning nazariyalari, o`sha davrlarda keng 
rivojlanib borayotgan sotsiologiya bilan bog`liq edi. Bundan tashqari, o`sha 
davrlarda mashhur bo`lgan faylasuflar V. Vindel`bandt, G. Richard va V.Dil`tey 
ta`siri ostida ular, iqtisodiyot fanini tushunuvchilar sinfiga kiritishgan (masalan 
Dil`tey yozganidek, - biz tabiat fenomenlarini tushuntiramiz va madaniyat 


86 
fenomenlarini tushunamiz). Iqtisodiyot faniga nisbatan bunday yondashuv nazariy 
va empirik nazariyalariga qarama-qarshi nazariya sifatida qabul qilingan. 
Mazkur maktabning eng yorqin namoyandasi Verner Zombart edi (1863-
1941), uning eng yorqin fundamental asari «Zamonaviy kapitalizm» deb 
nomlanadi. Mazkur asar doirasida, muallif iqtisodiyot rivojlanishini tadqiq etgan 
holda kapitalizmdan oldingi bosqichni ajratib, uni erta rivojlangan va kechki 
kapitalizm bosqichlariga bo`lgan, va bu jarayon boshlanishi, birinchi jahon urushi 
yillariga to`g`ri kelishini ta`kidlagan. Bundan tashqari, Zombart, keyingi bosqich 
prognozlarini ham «Kapitalizm kelajagi» (1932) nomli asarida keltirib o`tgan. 
Mazkur bosqichni muallif “tashkiliy kapitalizm” deb atab, uning asosiy 
xususiyatlari sifatida, iqtisodiyotning hukumat tomonidan nazorat etilishi va 
xususiy, jamoatchilik (korporativ) va hukumat mulklarini ajratgan. 
Zombart, iqtisodiy tizim nazariy tushunchasini ishlab chiqarilishiga kiritib, 
bu tushuncha ostida u hayot xilma - xilligini tarixan ta`minlab beruvchi mantiqiy 
yagonalikka yo`naltirilgan xo`jalik tizimi tushunchasi haqida fikr yuritishgan. 1925 
yilda, u “xo`jalik hayoti” tartibi nomli asarini nashr etib, unda iqtisodiy tizim 
tavsifini berib o`tgan, va bu tizimni uch qismga bo`lgan: ya`ni ruhiy (iqtisodiy, 
ruh, an`analar) shakl (iqtisodiy tashkiliylik) va boshqaruv, uslubiy (ishlab - 
chiqarish va muomila davomida qo`llaniladigan texnika) va har - bir qismni 
mazmuniy jihatdan ochib bergan. Zombartning yozishicha, - har - bir tizimni aniq 
tarixiy material bilan to`yintirgan holda, istalgan tarixiy va hududiy belgilangan 
iqtisodiyot qiyosiy tahlilini yaratish mumkin deb ta`kidlagan. 
Eng yangi tarix maktabining yorqin namoyandalaridan yana biri mashhur 
sotsiolog Maks Veber bo`ldi (1864-1920). Zombartdan farqli o`laroq, Veberning 
mashhurligi XX asr davomida o`sib bordi. Uning asarlari orasida «Kapitalizm ruhi 
va protestantlik etikasi» (1905), «Jahon dinlari xo`jalik etikasi» (1916-1919) va 
«Iqtisodiyot va jamiyat» (1920) asarlarini tilga olish mumkin. 
Veber ijtimoiy faoliyatning to`rt turini ajratgan: ya`ni butun ratsional, qadriy 
ratsional, samarali va an`anaviy. Bular orasida, mumtoz siyosiy iqtisod va 
marjinalizm ruhida ratsional faqatgina birinchi turdagi faoliyatlar bo`lib, qadriy 
ratsional harakatlar inson mo„ayyan ma`naviy qadriyatlarga ega bo`lganligida 
amalga oshirilishi, affektiv (hissiy) va an`anaviy harakatlar esa mantiq bilan 
bog`liq emasligi, ya`ni noratsional ekanligi ta`kidlangan. Veber tomonidan ijtimoiy 
munosabatlar tadqiqoti uchun qo`llanilgan yana bir toifa ideal tur tushunchasidir. 
Bir tomondan, bu ijtimoiy munosabatlar tizimi abstrakt nazariy modeli bo`lib, 
boshqa tomondan ideal tur tarixiy tavsifga ham egadir. 
Xuddi Zombart kabi, Veber ham kapitalizmni tadqiq etib, uning fikricha, 
kapitalizm daromad olish istagiga asoslangan xo`jalik faoliyatidir. Shu bilan 
birgalikda, Veber fikricha, kapitalizm aniq tarixiy tavsifga ham ega. Sof iqtisodiy 


87 
aspektda, - deb yozgan edi u, - madaniyatning tarixiy asosi butunjahon 
muammosidir. Kapitalistik faoliyat emas, turli mamlakatlarda, va turli davrlarda 
o`zgariuvchan formadir, kapitalizm o`z turi asosida ham avantyuristik, ham savdo, 
ham urushga yo`naltirilgan, ham siyosiy, ham boshqaruv va daromad olish istagi 
bilan bog`lanishi mumkin. Bizni esa faqatgina burjua sanoat kapitalizmi yuzaga 
kelishi qiziqtiradi. 
Veberning fikricha, oxirgi holat, to`liq ravishda ratsionaldir, unda xo`jalik 
ratsional yuritilishi, ratsional hukumat boshqaruvi, ratsional huquq, madaniyat, din 
va fan birlashgan. Shu bilan birgalikda, Veber fikricha mazkur ideal tur, aniq 
vaqtda, aniq joyda shakllangan, ya`ni XVI-XVII asrlar davomida Shimoli - 
G`arbiy Evropada. Mazkur tur ruhi paydo bo`lishi asosiy omillaridan biri, 
protestantlik dini bo`lib, ayniqsa uning Kal`vinistik varianti kapitalizm 
rivojlanishiga katta hissa qo`shgan. Protestantizm birinchidan, shaxs mustaqilligi 
uchun, uning to`g`ridan-to`g`ri cherkov ierarxiyasidan qat`iy nazar xudo bilan 
muloqotga kirishish huquqini, ikkinchidan esa, rohiblikdan voz kechgan ravishda 
faol dunyoviy faoliyat, uchinchidan esa, boylikni sarflash emas, uni investitsiya 
etishni ko`zda tutuvchi boy shaxsning sodda hayoti hisobiga boylik orttirish 
tarafdori bo`lgan. Veberning fikricha mazkur diniy etika, ishbilarmonlik sohasiga 
transformatsiya etilib, buning natijasida, Evropa tadbirkorlari mehnatkash, rostgo`y 
va asketizm tarafdorlari sifatida shakllanishgan.
Birinchi navbatda fuqarolar erkinligiga asoslangan ratsional - siyosiy tizim 
uchun, O`rta Asr Evropa shaharlari boshqarish tizimi asos bo`lgan. Ratsional 
boshqarish Veberda byurokratiya nomini olgan (mazkur so`zning ijobiy 
ma`nosida) va shaxs siyosiy va iqtisodiy erkinliklarini himoya etuvchi tashkilot va 
qonunlar tizimini yaratgan. Nihoyat, ratsional fan, o`z tadqiqotlarining amaliyotga 
tadbiq etish maqsadini o`z oldiga qo`ygan holda, texnikani yaratilishi, hamda 
Evropa sanoat asosini shakllantirishni maqsad qilib olgan. Veberning zamonaviy 
kapitalizmni shakllanishi haqidagi mazkur nazariyasi, hanuz qiziqish va 
munozaralarni keltirib chiqarmoqda. 
Eng yangi tarixiy maktab namoyandasi bo`lmish Artur Shpitxoff (1873-
1957), Germaniya iqtisodiy kon`yunkturasining yirik namoyandalaridan biri edi. 
Shu bilan birgalikda, umumiy ravishda, ko`pchilik institutsionalizm namoyandalari 
uchun xos bo`lgan iqtisodiyotning doimiy o`zgaruvchanligi haqidagi nazariyani 
ilgari surgan. Bundan tashqari, uning tomonidan, nafaqat har - bir milliy 
iqtisodiyotni, balki uning rivojlanishining har - bir bosqichini ham alohida 
iqtisodiy nazariya tomonidan tadqiq etish lozimligi haqidagi g`oyalar ilgari 
surilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin