Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
10.4. Marjinalistik inqilob natijalari Shunday qilib XIX-XX asr oralig`ida, iqtisodiyot fanida yangi nazariy
yo`nalish paydo bo`lib, bu yo`nalish marjinalistik inqilob ikkinchi bosqichi
namoyandalari A. Marshall, D.B. Klark va V.Pareto tadqiqotlariga asoslangan
(Avstriya maktabi marjinalistik inqilobi birinchi bosqichida ilg`orlik qilgan
bo`lsada, keyinchalik ikkinchi darajaga tushib qoldi, ammo yo`qolmay Yangi
avstriya maktabi ko`rinishida tadqiqotlarini davom ettirdi).
Marjinalistlar tadqiqotlari predmeti iqtisodiyot bo`lib, bunda u teng,
cheklangan darajadagi mehnat va moddiy resurslarning tizimi sifatida qabul
qilingan (mablag` neytral o`zaro bog`lovchi element sifatida talqin etilgan).
Tadqiqotning asosiy mazmuniga xo`jalik mexanizm funktsiyasining firma
daromadini maksimizatsiya etish maqsadida resurslar optimal qo`llanilishini
ta`minlovchi
holatini
aniqlashga
bag`ishlangan
tadqiqotlar
bo`lib
(makroiqtisodiyot), bu holat jamiyat ravnaqiga ta`sirini aniqlashga yordam berar
edi. Iqtisodiy jarayonlar tahlili, faqatgina miqdoriy darajada o`tkazilgan, Shu
sababli iqtisodiyotning sifat (ijtimoiy tomonlari) tadqiqot doirasidan tashqariga
chiqarilgan edi. Iqtisodiyotning o`zi marjinalistik yo`nalish paydo bo`lishi davrida
mutlaq raqobatchilik bozori sifatida ko`rib chiqilgan, ya`ni bozor bir - xil tovarlar,
sotuvchilar va xaridorlar maydoni bo`lib, unda ratsional qonuniyatlarga asoslangan
holda, to`liq iqtisodiy axborotga ega, hamda erkin harakatlanish qobiliyatiga ega
shaxslargina faoliyat yuritishi mumkin deb hisoblangan.
XIX oxiri XX asr boshlaridagi marjinalistlar nazariyasining yana bir sharti,
tenglikning iqtisodiy statika bilan bir doirada ko`rib chiqilishi bo`ldi. Dinamika
esa, tenglikning vaqtinchalik buzilishi sifatida talqin etilib, bu jarayonda
marjinalistik nazariyaning asosiy qonuniyatlari amal qilmaydi deb hisoblangan.
Iqtisodiyot fanida marjinalistik yo`nalishning keyingi rivojlanishi, mazkur
cheklovlar doirasidan tashqariga chiquvchi nazariyalar yaratilishi bilan farqlanadi.