Narx nazariyasi . yuqorida aytib o`tilganidek, ikkinchi bosqich
marjinalistlari, narx tushunchasidan voz kechib, bozor narxi va uning o`rnatilish
mexanizmlari tahliliga o`tib ketishgan. Mazkur Yangi yo`nalish ketma - ketlikdagi
rivojlanishi sifatida, Marshall narx nazariyasini ilgari surilib, keyinchalik u
«Marshall xochi» nomini olgan. Mazkur nazariya, narx nazariyasining ikki
al`ternativ tomonlar munozarasini tugatdi, ya`ni foydalilik nazariyasi va xarajatlar
nazariyasi namoyandalarining. Tovar narxi, endilikda talab va taklif narxlari
mutanosibligi asosida belgilanadigan bo`ldi (12.1.1-rasm).
S
D
p`
p
12.1.1-rasm
A. Talab narxi. Marshall nazariyasida maksimal darajada foydalilik bilan
belgilanib, avstriya maktabi namoyandalari nazariyasidan farqli o`laroq, mazkur
foydalilikning psixologik va sub`ektiv baholanishi asosida abstraktsiyalanadi.
Marshall fikricha, talab, tovar narxi va inson mazkur xaridni amalga oshirish uchun
egalik qiladigan pul miqdoridan kelib chiqadi. Marshall tomonidan belgilangan
talab umumiy qonuniyati bo`yicha, mazkur tovarning qay darajada ko`proq
sotilishi mo`ljallanayotgan bo`lsa, uning narxi Shu darajada past bo`lishi kerak,
ya`ni boshqacha qilib aytganda talab hajmi narx tushishi natijasida o`sib boradi, va
narx oshishi sayin, kamayadi. Shu sababli, talab chizig`i grafigi, pastga qarab
yo`naltirilgan.
Marshall talab elastikligi tushunchasini to`liq tadqiq etib, marjinalistik
nazariyasiga kiritdi, ya`ni bu tushuncha asosida, talab darajasi narx o`zgarishiga
bog`liqligi yotadi. Xususan u, keng talabdagi tovarlar yuqori narxlarga ega
bo`lgan taqdirda, ularga nisbatan talab elastikligi o`rtacha darajadagi narxlarda
ham baland bo`ladi, ammo narx pasayishi sayin mazkur talabning elastik holati
qisqarib boradi.
Bundan tashqari, Marshalning fikricha, tovarlar turli guruhlari orasida, talab
elastikligi turli darajasi kuzatiladi. Talabning past darajadagi elastikligiga, birinchi
ehtiyoj doirasi predmetlari, hamda boylik predmetlari ega bo`ladi. Elastiklik
darajasi,
iste`molchi
daromad
darajasiga
ham
bog`liqdir
(masalan,
iste`molchilarning bir guruhi uchun boylik predmetlari bo`lgan tovarlar, boshqa
guruh iste`molchilari uchun kundalik ehtiyoj mollariga aylanadi).