Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 XX asr boshida Amerika institutsionalizmi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

 
14.4. XX asr boshida Amerika institutsionalizmi 
Germaniya bilan bir qatorda XIX va XX asr oralig`ida institutsionalizm 
liderlar qatoriga AQSH ham qo`shildi. Bunga Amerika jamiyatida reformistik 
kayfiyatlar va hukumat antimonopoliya va ijtimoiy siyosati talablari ham sabab 
bo`ldi. Umumilmiy jihatdan,AQSHda institutsionalizm shakllanishiga XX asr 
boshida mamlakatni sotsiologik rivojlanish markazlaridan biriga aylanishi ham 
sabab bo`ldi. Bundan tashqari, Amerikalik iqtisodchilar Germaniya universitetlari 
bilan ilmiy aloqalarga ega edilar. Natijada, 1880 yillarda R. Eli boshchiligida bir 
guruh olimlar Yangi tarix maktabiga yaqin bo`lgan “Viskonsin maktabi”ni 
shakllantirib, iqtisodiyotga hukumat aralashishi lozimligi g`oyasini ilgari surishgan 
va 1885 yilda Amerika iqtisodiyot assotsiatsiyasi yaratilishiga assos solishdi. 


120 
Mazkur assotsiatsiyaning maqsadi Germaniyadagi ijtimoiy - siyosat ittifoqi va 
Angliyadagi Fabian jamiyati kabi hukumatning reformistik faoliyatiga yordam 
berish edi.
XIX asr oxirida ilk Amerikalik institutsionalistlar asarlari paydo bo`lib, 
“institutsionalizm” atamasining o`zi 1918 yilda kiritildi. Erta amerika 
institutsionalizmi yirik namoyandasi Torsteyn Veblen edi (1857-1929). Uning 
asarlari orasida «Bekorchi sinf nazariyasi. Institutlar iqtisodiy tadqiqoti» (1899), 
«Ishbilarmonlik tadbirkorligi nazariyasi» (1904), «Uddaburonlik ongi va ishlab 
chiqarish texnologiyasi rivojlanishi darajasi» (1914), «Muhandislar va qadriyatlar 
tizimi» (1921), «Absenteistik mulk va yangi davrda ishbilarmonlik tadbirkorligi» 
(1923) muhim ahamiyat kasb etadi. 
Veblen iqtisodiy fikr frantsuz tarixchisi E.Jansga qaraganda «Maksimal 
darajadagi foydalilikni sof nazariyasidan, amerikalik iqtisodchilarni chalg`itib, 
ularni iqtisodiyotni jamoatchilik asoschilari qarama - qarshiliklarini o`rganishga 
jalb qildi». Veblen, neomumtozlarni iqtisodiy tizim muvozanati haqidagi g`oyasi 
uchun tanqid qilib, mazkur g`oya asosida, uning harakati va rivojlanishi inkor 
etilganligini rad etib, iqtisodiyot fani hayot darajasi genetik tadqiqoti, moddiy 
tamaddun tiriklik tarixi bilan Shug`ullanishi lozimligini aytgan. Uning fikricha, 
neomumtozlarning yana bir xatosi, iqtisodiyotga nisbatan individualistik 
yondashuv va inson foyda va xarajatlar balansi sifatidagi harakatlar talqinidir. 
Iqtisodiy nazariyaning asosiy xatosi, - deb yozgan edi u, - o`zining predmeti 
sifatida inson harakatlarini talab va taklif normal tenglamalaridan ko`ra 
murakkabroq ekanligini tan olinishni rad etishdir. Veblenning o`zi, tadqiqotlarning 
asosiy bazasi sifatida iqtisodiy inson harakatlarini emas jamiyatning ijtimoiy tizim 
sifatida institutlar yordamida tashkillanganligini olish deb hisoblangan (inson 
harakatlari, jamoatchilik hayoti an`analari, va normalari). Mazkur ijtimoiy tizim
uning fikricha doimiy ravishda tashqi hodisalar bosimi ostida, hamda insonlarning 
ichki istaklari asosida o`zgaradi. Bu borada Veblen turli istaklar, instinktlarni 
ajratadi, ya`ni o`zini-o`zi himoya qilish va nasl qoldirish instinkti, raqobatchilik 
instinkti, taqlid qilish instinkti, qiziqish, harakat va boshqalar. U instinktlar, 
ijtimoiy tizimga, faqatgina ijtimoiy tizim yumshagan davrlarda ta`sir etishini 
ko`rsatgan, ya`ni ijtimoiy tizim naqadar yumshoq bo`lsa, insonlar mustaqilligi, Shu 
qadar yuqori bo`ladi. Ijtimoiy tizim evolyutsion tartibda, institutlarning tabiiy 
saralanish va kurashish natijasida rivojlanadi. Darvin nazariyasiga asoslangan 
holda, Veblen quyidagi fikrni bildirgan edi: «Bir turning jamiyatdagi hayoti 
boshqa turlar hayoti kabi, yashash uchun kurashdir, demak bu hodisani saralash va 
ko`nikish jarayoni deb atash mumkin». Jamiyat tuzilishi evolyutsiyasi, ijtimoiy 
institutlarning tabiiy saralanish jarayoniga aylangan. U insoniyat tarixida, qator 


121 
bosqichlarni ham ajratgan: erta va kechki yovvoyilik, Jaholat va yarim tinch 
varvarlik, hunarmandchilik va sanoat ishlab chiqarilishi.
Sanoat bosqichi Veblen tomonidan ikki kichik davrlarga bo`lingan: ya`ni 
kapitalist tadbirkorlar hukmronligi davri va kapitalist mulkdorlar va tadbirkorlik 
funktsiyasini yollangan boshqaruvchi va muhandislarga topshirilgan kapitalist 
mulkdor aktsionerlar hukmronligi davri. 
Bunda Veblen, o`ziga zamonaviy bo`lgan jamiyat qarama - qarshiliklarini 
aktsioner mulkdorlar yoki bekorchi sinf va muhandislar va boshqaruvchilar sinfi 
texnokratik orasidagi qarama - qarshiligida deb talqin qilgan. E`tirof etish lozimki, 
muhandislarga qiziqish, yuqori darajadagi ko`nikmalar va ota - onalik hisslari xos 
(boshqa insonlar manfaatlari haqida qayg`urish) va bu hissiyotlar zamonaviy yirik 
ishlab - chiqarishni shakllantirishga olib kelgan. Bekorchilar sinfiga esa, boshqa 
instinktlar, ya`ni egoizm va shaxsiy manfaat yo`lida harakatlar xosdir. yuqori 
darajadagi ko`nikma instinkti o`rnida, -deb aytadi Veblen, - ularda sportchilik 
instinkti mavjud, masalan ozuqa topish maqsadida ovdan farqli o`laroq, ularda 
ko`ngilxushlik uchun hayvonlarni o`ldirish sportchilik instinkti. Bu kabi 
iqtisodiyotdagi hodisalar, iqtisodiyot fanida «Veblen effekti» nomini ham olgan. 
Iqtisodiyotdagi bunday qarama - qarshiliklar, sanoat va biznes sohalarida 
namoyon bo`ladi. Veblen fikricha biznes sohasi industriya sohasi ustidan 
ustunlikka ega bo`lganligi sababli, texnik progress sekinlashadi, yirik 
korporatsiyalar ishlab chiqarishni yuqori narx va daromadlar uchun to`xtab 
turishadi, iste`molchiga unga keraksiz bo`lgan tovarlarni ommaviy reklama orqali 
sotilishi yuz beradi. Mazkur qarama - qarshilikni echish yo`lini, u Yangicha 
jamiyat tizimiga o`tishda deb bilib, jamiyat induastrial respublika hukmronligiga 
o`tgan holda, davlatni muhandislar va texniklar qo`mitasi boshqarishi kerak deb 
hisoblagan. Uning fikricha, mazkur qo`mita, kapitalizm plutokratiyasi va 
proletariat diktaturasi orasidagi uchinchi siyosiy yo`l bo`lishi kerak. Ammo 
o`zining oxirgi asari bo`lmish, «Absenteistik mulk» asarida, u xato qilganligini tan 
olib, amerikacha o`rta sinf hodisasi bekorchilar sinfiga taqlid qilishga harakat 
qilayotganligini aytib o`tgan (Shu jumladan, muhandislar ham). 
Nima bo`lganida ham, Veblenning kapitalizmdan yangicha jamiyat turiga 
o`tish 
haqidagi 
g`oyalari, 
keyinchalik 
rivojlandi. 
1932 
yilda, 
yosh 
institutsionalistlar G.Mints va A.Beral` “Zamonaviy korporatsiya va xususiy mulk” 
asarini nashr etib, unda yirik korporatsiyalarda real hukmdorlik aktsionerlar va 
boshqaruvchilar qo`liga o`tayotganligini aytib o`tishgan. 1941 yilda esa, 
D.Bernxem, boshqaruvchilar inqilobi deb nomlangan kitobini ham nashr etdi. 
Urushdan keyingi yillarda mazkur g`oyalar rivojlanishda davom etib, 
industrial jamiyat nazariyada o`z aksini topgan. Amerika institutsionalizmining 
yana bir asoschisi, Djon Kommons (1862-1945) bo`ldi. Uning asarlari orasida, 


122 
«Boylik taqsimlanishi» (1893), «Sanoat xush ko`rilishi» (1919), «Kapitalizm 
huquqiy asoslari» (1924), «Institutsionalistik iqtisodiy nazariya» (1934) asarlarini 
e`tirof etish mumkin. U XIX asr oxirida yuzaga kelgan Viskonsin maktabining 
to`g`ridan - to`g`ri namoyandasi bo`lib, o`zi ham Viskonsin universitetida faoliyat 
yuritgan. Shu bilan birgalikda, u faol ravishda, kasaba uyushmalari bilan 
hamkorlik qilib, mehnat qonunchiligi ishlab chiqarilishida qatnashgan. 
Institutsional iqtisodiyotni Kommons individual harakatlar emas, jamoatchilik 
iqtisodiyoti deb talqin qilgan holda, institutlar ortidan ijtimoiy guruhlar manfaatlari 
turganligini ta`kidlagan. Bundan tashqari, u institutlar huquqiy tomonini ham 
ta`kidlagan. Xususan u, ijtimoiy munosabatlarning umumlashtiruvchi tushunchasi 
kelishuv bo`lib, mazkur jarayon ikki hamkor, ikki tomon o`zaro faoliyatini 
belgilaydi deb hisoblagan. Kelishuv nazariyasi, uning talqinicha, insonlarning 
hamkorlikdagi harakati va barcha kelishuvlar baholanishi nazariyasi bo`lib, uning 
orqali, qatnaShuvchilar bir – birini yagona fikr va harakatlarga erishishga jalb 
etadi. Kelishuv davomida tomonlar avvalo o`z manfaatlarini qarama - qarshi 
qo`yishadi, so`ngra esa, kelishilgan holda kompromiss qarorga kelib, kelishilgan 
holat bo`yicha o`zaro majburiyatlarni zimmalariga olishadi. Ijtimoiy munosabatlar 
huquqiy nazorati g`oyasi, Kommons kapitalizm rivojlanishi boshlari haqidagi 
nazariyasi ham mavjud. U to`rt bosqichni ajratadi, ya`ni savdo, sanoat, moliya va 
ma`muriy kapitalizm bosqichlarini. Ma`muriy kapitalizm bosqichi, bu jamiyat 
kelajagi bo`lib, bunda hukumat (ma`muriyat), qonunchilikni rivojlantirish orqali 
mehnat, va kapital yirik va kichik biznes, biznes va ishlab chiqarish orasidagi 
munozaralarga barham berishi mumkin. 
Nihoyat, erta amerika institutsionalizmning uchinchi namoyandasi Uesli Kler 
Mitchell (1874-1948) edi. U o`zini Veblen shogirdi deb hisoblab, hattoki 1936 
yilda, «Veblen darslari» nomi ostida uning asarlari to`plamini ham nashr etdi, 
ammo, nisbatan boshqa muammolar bilan Shug`ullandi. Avvalambor, u iqtisodiy 
kon`yunkturaning yirik amerikalik tadqiqotchilaridan biri bo`lib, 1920 yilda 
iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosini ham boshqargan. Uning faoliyati natijasida, 
1913 yilda «ishbilarmonlik sikllari» kitobi nashr etilib, undan so`ng ham qator 
asarlari chop etilgan. bundan tashqari, u iqtisodiyotda mablag` aylanmasi va kredit 
moliya institutlari rolini ham tadqiq etib, mablag` institutlari yuqori darajadagi 
tashkillanish guruhlari jamoatchilik roliga e`tibor qilgan holda, bu hodisa o`rta 
asrlardan beri rivojlanib, yaratuvchilari zakovati va faoliyatiga aksil ta`sir 
o`tkazganligini ham aytib o`tgan. Nihoyat u, hukumat nazorati nazariyasini ham 
ishlab chiqib, bu nazariyani iqtisodiyotni rejalashtirish deb atagan. 
F.Ruzvel`tning Yangi iqtisodiy kursi amalga oshirilishi davomida, Mitchell, 
AQSH milliy resurslari qo`mitasi tashkilotchilaridan biriga aylandi. Ruzvel`t 


123 
komandasiga, u bilan bir qatorda Dj.Kommons va yosh institutsionalistlar A. 
Byorl` va R. Tagvellar ham kirgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin