Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 1920-1930-yillar davomida iqtisodiyot fani umumiy tavsifi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

 
15.2. 1920-1930-yillar davomida iqtisodiyot fani umumiy tavsifi 
Umuman olganda, mazkur davrda iqtisodiyot fani rivojlanishining birinchi 
navbatda marjinalistik yo`nalishni faol kengayishi bilan bog`liq bo`lib, u 1930- 
yillarning o`rtalarigacha, asosan neomumtoz ko`rinishga ega edi. Mazkur maktab 
doirasida, zamonaviy iqtisodiyot fani asosini makroiqtisodiy nazariya variantini 
shakllanishi tugadi. Kapital (pul) nazariyasi o`zgarib, foydalilikni belgilashga 
nisbatan ordinalistik yondashuv tasdiqlandi, talab nazariyasi modernizatsiyasi 
amalga oshdi. Neomumtoz nazariya iqtisodiy tizim o`zgarishi ta`sirida o`zgarib, bu 
haqda yuqorida ham aytib o`tgan edik. Xususan, neomumtoz nazariya doirasida 
yuz bergan muhim o`zgarishlardan biri, bozorda to`liq raqobatchilik modeli qayta 
ko`rib chiqilishi bo`ldi. Mazkur model`, individlar ratsional harakatlari, to`liq 
informatsiyaning mavjudligi, mahsulot o`xshashi, bozor qatnashchilari tomonidan 
hukmronlik mavjud emasligini ko`zda tutar edi. Mazkur printsiplardan barchasi, 
asta - sekinlik bilan asr boshi iqtisodiy reallikka muvofiqsizlik sababli qayta ko`rib 
chiqildi. 1930-yillar davomida, birinchi tizimli monopolistik bozor nazariyalari 
yuzaga keldi. Garchi, bir yoki cheklangan miqdordagi sotuvchilarni ko`zda 
tutuvchi bozor modeli oldinroq ko`rib chiqilgan bo`lsa ham (bunday holatni hattoki 
Aristotel` asarlarida ham topish mumkin), aynan XX asr boshida, monopolistik 
bozor erkin raqobatchilik holatidan-da ko`ra ko`proq uchraydigan hodisa sifatida 
talqin etila boshlandi. Yangi muammo rivojlanish tadqiqotiga katta hissani, 
amerikalik iqtisodchi E. Chemberlin va ingliz iqtisodchisi Dj. Robinson qo`shdi. 
Bunday 
sharoitlarda, 
bozorning 
tizim 
sifatidagi 
mexanistik 
interpretatsiyasidan voz kechilib, u alohida namoyandalar istagiga bog`liq emasligi 
isbotlandi. Monopolistik raqobatchilik modeli, yirik tadbirkorlar tomonidan bozor 
mexanizmi boshqarilishi imkoniyatini ko`zda tutar edi. Demak, insonlar harakatlari 
bilan iqtisodiyot, bozor mexanizmi, yoki «ko`rinmas qo`llar» emas, balki bozorni 
insonlar shaxsiy manfaatlari yo`lida boshqarishlari isbotlandi. 
Inson omiliga ham bundan buyon katta e`tibor berila boshlandi. Birinchi 
navbatda, bu holat, tadbirkorlikning turli kontseptsiyalarini rivojlanishi bilan 
bog`liq bo`lib, ularning doirasida inson iqtisodiy harakatlari noaniqlik sharoitidagi 
harakatlar deb ko`rib chiqildi. Bu harakatlar ratsional hisob - kitobga emas, 


131 
intuitsiyaga asoslanishi ta`kidlandi (Dj. M. Keyns, F. Nayt, Y.Shumpeter). Shuni 
ham aytib o`tish joizki, inson harakatlari tabiatiga nisbatan bunday qarashlar ko`p 
jihatdan XX asr boshida yuzaga kelgan yangi falsafiy oqimlar, hayot falsafasi, 
ekzistentsializm g`oyalariga o`xshash bo`lib, umuman olganda, inson harakati va 
hayot ratsionalligiga nisbatan boshqacha qarashlar davriga xos edi. 
Balanslashtirilgan bozor iqtisodiyoti haqidagi tezis ham tanqid ostiga olindi. 
Bozor, resurslar optimal taqsimlanishini ta`minlashi haqidagi mumtoz fikr ham, 
xususan 1920-yillarda xususan, «jamoatchilik ravnaqi» nazariyasi doirasida qayta 
ko`rib chiqildi. Mazkur nazariya, bozor qulashlarini tadqiq etib, ular natijasida 
mo„ayyan tovarlarning kam ishlab chiqarilishi yoki aksincha, keragidan ko`proq 
ishlab chiqarilishi ta`kidlandi. Mazkur nazariya xulosasi, bozor mexanizmlari 
kamchiliklarini kompensatsiya etish maqsadida, davlat aralashuvi haqidagi 
talablari bo`ldi. 
Iqtisodiy muvozanatga nisbatan ishonchga qarshi jiddiy argument sifatida, 
1929-1933-yillar davomida yuz bergan buyuk depressiya bo`ldi. YUzaga kelgan 
chuqur inqiroz, doimiysiz ijtimoiy tizim chuqur depressiv holatga tushib qolishi 
mumkinligini ko`rsatdi. Neomumtoz nazariya, iqtisodiy depressiyalar imkoni 
mavjudligini tan olar edi, zero, iqtisodiyotga siklik o`zgarishlar xos ekanligini 
ta`kidlar edi. Ammo, u avtomatik ravishda muvozanat holatiga keluvchi mexanizm 
bozor tizimi balanslashtirilishi printsipiga asoslangan edi. Buyuk depressiyani 
ko`rsatishicha, muvozanatga qaytish mexanizmi doimo ham harakatda emas ekan. 
Bu holat qator iqtisodchilarni iqtisodiyotda muvozanatni o`rnatishga halaqit 
beruvchi omillarni qidirib topishga, hamda mazkur omillar faoliyatiga qarshilik 
qilish imkoniyatini beruvchi davlat siyosati choralarini ishlab chiqarishga majbur 
qildi. 
1920-1930-yillar iqtisodiy adabiyotlarining o`ziga xos xususiyati, bandlik 
muammosiga nisbatan alohida e`tibor edi. Ko`pchilik iqtisodchilar, ishsizlik 
hodisasiga tushuntirish berish va mazkur muammoni echish bo`yicha choralarni 
belgilash zarur deb hisoblashgan (A. Pigu, E. Chemberlin, Dj. Robinson, Dj. 
Keyns, Dj. Xiks va boshqalar). 
Bundan – da ko`proq e`tibor, iqtisodiy dinamika muammolariga ham 
qaratilgan. 
Ko`pchilik 
iqtisodchilar, 
iqtisodiy 
sikllar 
tadqiqoti 
bilan 
Shug`ullanishgan (neoavstriya maktabi, stokgol`m maktabi, neomumtoza). 
Iqtisodiy tahlilning Yangi sohasi, iqtisodiy o`sish masalalari bo`ldi. Uning ilk 
nazariyalari XX asrning 20-yillarida shakllanib, birinchi bosqichda o`ziga nisbatan 
katta e`tiborni tortmagan. Nima bo`lganida ham, ular iqtisodiy o`sish kelgusi 
kontseptsiyalari 
asoslarini 
yaratib, 
ham 
keynchalik, 
ham 
neomumtoz 
kontseptsiyalariga ta`sir etdi. Bunda so`z, avvalambor rus iqtisodchilari V. 


132 
Bazarov, G. Fel`dman va N. Kondrat`ev amerikalik matematik iqtisodchilar S. P. 
Remsey (1903-1930) va Dj. Fon Neyman (1903-1957) haqida ketadi. 
Marjinalizm maktabi doirasida yangi maktablar yuzaga keladi. Ulardan biri, 
XIX asrning boshida shakllangan Stokgol`m maktabidir. Mazkur maktabning 
yorqin namoyandalaridan Knut Viksel` va Erik Lindal`ni tilga olish mumkin. 
Shved iqtisodchilari tomonidan, qator g`oyalar ilgari surilib, keyinchalik ular 
neomumtoz nazariyaning ko`plab qonuniyatlarini o`zgartirdi. Mazkur maktabning 
yangi g`oyalaridan biri, iqtisodiyot agentlar va bozorlardagi muvozanat 
shartlarining ratsional printsiplarini qayta ko`rish bo`ldi. Ular tomonidan kutish 
nazariyalari ishlab chiqarilib, mazkur nazariyaga muvofiq tadbirkorlar qaror qabul 
qilishda 
real 
iqtisodiy 
ko`rsatkichlardan 
emas, 
prognozlashtirilgan 
ko`rsatkichlardan chiqib kelishlari g`oyasi ilgari surilgan. Umaman olganda, vaqt 
omili, mazkur maktab iqtisodchilari tomonidan faol ravishda hisobga olinib, 
buning oqibatida tahlil dinamik ko`rinishga ega bo`ldi. Ular, vaqtinchalik va 
vaqtlararo muvozanat tushunchalarini kiritishdi. Iqtisodiy harakatning bunday 
Yangi tushunilishi asosida, harakat noaniqligi printsipi ilgari surilib, u 
prognozlashtirilgan va haqiqatdagi kattaliklar orasidagi farq yuzaga kelishi sababli, 
bozor mexanizm muvozanati harakati murakkablashishi yotadi.
Muvozanatning buzilishini yana bir sababini Shved iqtisodchilari pul omili 
bilan bog`lashgan. Ular, mablag` neytralligi haqidagi mumtoz tezisni tanqid 
qilishib, ularning fikricha birinchi navbatda nominal iqtisodiy ko`rsatkichlar 
mavjudligi real ko`rsatkichlar bilan mos tushmasligi sababli, bozor axborotini 
buzishi, demakki, iqtisodiy agentlar harakatlarini dezorientatsiya etishi 
mumkinligini ta`kidlab o`tishgan. Xususan bozor rivojlanish qonuniyatlarini 
buzilishini ta`kidlashgan. Mazkur qonuniyat, talab va taklif tengligini ilgari surib, 
faqatgina barter iqtisodiyoti doirasida faoliyat yuritishi mumkin. Mablag`ning 
paydo bo`lishi esa, daromadlarning bir qismini tejab, uning iste`mol qilishga 
yo`naltirmasligiga olib keladi, demakki muvozanat buziladi. 
Stokgol`m maktabining iqtisodiyot fanini rivojlanishiga qo`shgan yana bir 
muhim hissasi, jamoatchilik daromadi va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi 
zaruriyatini, siklik to`lqinlarni nazorat etish, tahlil usullarini ishlab chiqarish 
bo`ldi. 1930-yillar o`rtasiga kelib, yana bir keng tan olingan maktab paydo bo`ldi. 
Bu maktab, keyinchalik keynschilik maktabi nomini olgan. Uning asosida, ingliz 
iqtisodchisi Dj. M. Keyns nazariyasi yotadi. Mazkur maktab, neomumtozlarning 
qator qonuniyatlarini tanqid qilgan holda, marjinalistik yo`nalish doirasida qolgan. 
bundan tashqari, keynschilik paydo bo`lishi bilan marjinalizm doirasida ham 
muhim o`zgarishlar sodir bo`ldi. Mikroiqtisodiy yondashuvni qo`llagan 
neomumtozlardan 
farqli 
o`laroq, 
mazkur 
maktab, 
Yangi 
tahlil 
turi, 
makroiqtisodiyot 
tahlilini 
shakllantirdi. 
Garchi 
neomumtoza 
doirasida 


133 
makroiqtisodiy tavsifga ega bo`lgan masalalar ko`tarilgan bo`lgan bo`lsa ham 
(optimum nazariyasi, umumiy tenglik nazariyasi va boshqalar), bu holat mazkur 
maktab doirasida mikroyondashuv mavjudligiga ta`sir ko`rsatmadi. Keyns va 
uning tarafdorlari printsipial ravishda tadqiqot usulini o`zgartirishdi. Ular 
agregatsiyalangan ko`rsatkichlarni qo`llagan holda tadqiqotlarni yuritishar ekan
ommaviy talab va ommaviy daromad tushunchalarini qo`llashgan. 
Marjinalizmga parallel ravishda institutsional yo`nalish ham to`liq 
shakllanib, u tarixiy maktab metodologik yondashuvlarini rivojlantira boshladi. 
XX asrning boshida, mazkur yo`nalish birinchi navbatda Germaniya eng Yangi 
tarixiy maktabida (V. Zombart, M. Veber) va amerika institutsionalizmi (T. 
Veblen, U. Mitchell, Dj. Kommens, 1930-yillarga kelib G. Minz, A. Berl`) 
asarlarida 
namoyon 
bo`ldi. 
Aynan 
Shu 
davrda, 
(ya`ni 
1918-yilda) 
“institutsionalizm” atamasi kiritildi. Mazkur yo`nalish metodologiyasida ham, 
muhim o`zgarishlar sodir bo`ldi. Xususan, eng Yangi tarixiy maktab, bundan 
oldingi oqimlardan farqli o`laroq (Qadimgi va Yangi tarix maktablari), abstrakt 
usullar, empirik ma`lumotlar unifikatsiyasi usullari, ularni umumlashtirish 
usullariga alohida ahamiyat bergan. «Iqtisodiy tizim» (V. Zombart), «Xo`jalik 
yuritish ideal turlari» (M. Veber) kontseptual tushunchalari kiritilib, ular tarixiy 
usullarga tahliliy tavsif bera boshladi. Amerika iqtisodchilari institut tushunchasini 
ishlab chiqarishni boshlashdi. XIX asr tarixiy maktabidan farqli o`laroq, XX asr 
institutsionalistlarni, ularni tadqiq etish lozimligi g`oyasini ilgari surishdi. 
Institutsionalizm doirasida tarixiy usul pozitsiyalaridan marjinalistik yo`nalish 
tanqidi rivojlanishni davom ettirdi. 
Iqtisodiy tizim muvozanati printsiplari, davlatning aralashmasligi, inson 
harakatlari motivlari tor interpretatsiyasi tanqid qilindi. Institutsionalistlar iqtisodiy 
tahlil qator Yangi yo`nalishlari asoslarini yaratib berishib, bular doirasiga harakat 
nazariyasi, iqtisodiy tashkiliylik nazariyasi, menedjerlar inqilobi va boshqalar 
kiritildi. 1930-yillarda, yosh institutsionalistlar (G. Minz, A. Berl`) paydo 
bo`lishib, ular yirik korporatsiyalar doirasida turli guruhlar harakatlari motiv va 
turlari tadqiqoti bilan Shug`ullanishgan. 
Shuni ham aytib o`tish kerakki, 1930-yillarda institutsionalistlar katta e`tiborni 
siyosiy - iqtisodiyot masalalariga ham ajratishib, xususan Ruzvel`tning Yangi kursi 
ishlab chiqarilishida faol ishtirok etishdi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin