Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

 
Nazorat uchun savollar: 
1.
XX asr 20-30-yillari iqtisodiyotining farqli tomonlarini sanab bering. 
2.
Iqtisodiyot fanida XX asrning 20-30-yillarida mavjud bo`lgan asosiy 
yo`nalish va maktablarni sanab o`ting. 
3.
XX asr 30-yillari oxiriga kelib marjinalizm yo`nalishi doirasida yuz bergan 
asosiy o`zgarishlarni sanab bering. 
4.
Stokgol`m maktabi iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishiga qanday hissa 
qo`shdi.
5.
Mazkur davr institutsional yo`nalishi rivojlanishi asosiy xususiyatlari 
qanday? 
6.
Keyns davlat nazorati kontseptsiyasidan va mumtoz liberalizmning 
neoliberalizmdan nimasi bilan farq qiladi? 
 
Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati:
1.
История экономики: Учебник / Под ред. О.Д. Кузнецовой и И.Н. 
Шапкина. М.: ИНФРА – М, 2002. 
2.
Камерон Р. Краткая экономическая история мира от палеолита до 
наших дней. М.: РОССПЕН, 2001. 
3.
История экономических учений. Ч- II. / Под ред. А.Г. Худокормова. М., 
1994. 
4.
Блюмин И.Г. Критика буржуазной политической экономии. Т.- III. М., 
1962. 
 
 
 
 
 
 


137 
XVI-BOB. NEOMUMTOZ YO`NALISHINING RIVOJLANISHI 
 
16.1. Kardinalistik yondashuvdan ordinalistik yondashuvga o`tish 
XIX asrning so`nggi davrida iqtisodiyot fanida yuz bergan marjinalistik 
inqilob, neomumtoz yo`nalish rivojlanishi uchun kuchli turtki bo`ldi. Iqtisodiyotda 
Yangi matematik apparatning tadbiq etilishi, ko`plab kontseptsiyalar rivojlanishiga 
olib keldi. Iqtisodiy nazariya, deyarli Yangi mazmunda boshqatdan yozib chiqildi. 
Uning asosini esa grafik va tahliliy ko`rinishdagi maksimal tahlili bo`ldi. Bu holat, 
mumtoz nazariya echa olmagan bir qator muammolar echilishi imkoniyatini, 
hamda iqtisodiy qonuniyatlarning keyingi unifikatsiyasining imkoniyatini berdi. 
Xususan, maksimal foydalilik printsipini tadbiq etilishi, narxga ta`sir etuvchi ikki 
omil tushunchasini yani, kam uchrashlik va predmet foydaliligi bir tushunchaga 
birlashtirish imkoniyatini berdi, bu holat suv va brilliantlar haqidagi paradoksni 
echib berdi.
Qiymatning Yangi talqini, nisbatan to`laroq edi, zero tarkibiga kam 
uchraydigan tovarlar tahlilini olib, ular qiymatning mehnat nazariyasi doirasida 
bundan oldin ko`rib chiqilmagan edi (Rikardo). 
Ammo marjinalistik inqilob davomida, o`z echimini talab etayotgan qator 
Yangi masalalar ham yuzaga keldi. Xususan, maksimal darajadagi foydalalikka 
asoslangan Yangi usul, o`z sub`ektivizmi bilan farq qilar, Chunki barcha asosiy 
iqtisodiy toifalar tovar foydaliligi individual baholanishidan kelib chiqgan edi. 
Bunday yondashuv, aniq iqtisodiy vazifalar echilishiga o`tishga qator 
muammolarni yaratar edi. Xususiy iste`molchilik istaklari, o`zining sub`ektiv 
tavsifi sababli, aniqlanishi murakkab bo`lib, aynan Shu sababli ularni miqdoriy 
ravishda baholash imkoniyati yo`q. Buni tushungan holda, iqtisodchilar, maksimal 
foydalilik nazariyasi sub`ektivizmini echishning asosiy yo`nalishlarini ishlab 
chiqishdi. 
Sub`ektivizm 
masalalarini 
echishdagi 
asosiy 
holat, 
foydalalikning 
kardinalistik talqinidan, ordinalistik talqiniga o`tish bo`ldi. Kardinalistik 
yondashuv deb, marjinalistik inqilob birinchi bosqichida qo`llanilgan yondashuvga 
aytiladi. U absolyut ko`rinishdagi har - bir alohida tovar iste`molchilik 
foydaliligining miqdoriy bahosini nazarda tutadi. Masalan, U. Djevons foydalilik 
darajasini baholashda «utili birligi» atamasini kiritgan. Ordinalistik yondashuv 
al`ternativ varianti bo`lib, uning doirasida, boshqa tovarlarga nisbatan tovar yoki 
tovarlar guruhining qaysi biri iste`molchi uchun istalganligini aniqlash etarli deb 
hisoblanadi. Mazkur yondashuvni qo`llanilishi, bozordagi tovarlar mutanosibligi 
yoki almashinuvi mexanizmi tahlili uchun farqsizlik chiziqlarini kiritish 
imkoniyatini berdi. Ilk marotaba mazkur chiziqlarni ingliz iqtisodchisi Frensis 


138 
Edjuort (1845-1926) kiritgan. Uning o`zi foydalalikning miqdoriy hisobi 
imkoniyatiga asoslangan. Yangi ordinalistik uslub yaratilishi uchun, mazkur 
chiziqlarni ilk marotaba Vil`fredo Pareto qo`llagan. Aynan uning siyosiy 
iqtisodiyot darsligida, ordinalistik foydalilik kontseptsiyasi o`z ko`rinishiga ega 
bo`ldi. 
Yangi yondashuv rivojlanishiga katta hissa qo`shgan iqtisodchilardan biri 
Djon R. Xiks (1904-1989) bo`ldi. Uning «Tannarx va kapital» (1939) asarida, 
ordinalizm iqtisodiy nazariyadan ustun kelishi tilga olingan. 
Dj.Xiks tomonidan farqsizlik chiziqlarining yangi interpretatsiyasi kiritildi. U 
mazkur chiziqlarni tovar foydaliligi sub`ektiv baholanishiga asoslanib emas, bir 
tovarning boshqa tovarga nisbatan maqbul ko`rilishi empirik faktlari asosida, 
qurilishini taklif qilgan. Buning uchun, eng maqbul xarid tuzilishi, tahlil etilgan. 
Xaridor tanlovi, bir tovarning boshqa tovarga nisbatan ko`proq maqbul ko`rilishi 
akti sifatida talqin etilgan. Endilikda foydalilik maksimal darajasi kamayishi fakti, 
bir tovardan boshqa tovar foydasiga voz kechishda aks etar edi. Buning natijasida, 
tovar maksimal foydalilik tushunchasi Dj.Xiks tomonidan ikki tovar o`rin 
almashish maksimal normasi toifasiga kiritildi. U endilikda, foydalilik absolyut 
darajasi o`lchanishini talab etmas edi. Demak, ikki tovar o`rin almashish maksimal 
pasayib borayotgan normasi tamoyili asosida tovar maksimal pasayayotgan 
foydalilik printsipi bilan almashtirildi. 
Foydalilikni tadqiq etish Yangi printsipi natijasida, tadqiqotchilik vazifasi 
ham o`zgardi. Endilikda, u yoki bu tovar foydalilik darajasini aniqlash zarurati 
yo`q edi. Tadqiqot markaziga, bir tovar foydasiga ikkinchi tovardan voz kechish va 
mazkur istakning o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillarni aniqlash masalasi qo`yildi, 
Shunday qilib, tahlilga ob`ektiv iqtisodiy toifalar kiritila boshlandi. 
Dj. Xiks o`z nazariyasining mazkur qismida rus iqtisodchisi Evgeniy Slutskiy 
asarlaridan foydalanib, Evgeniy Sluchkiy ingliz iqtisodchisi asarlaridan ancha 
oldin talab tahliliga nisbatan ob`ektivlashtirilgan yondashuvni taklif qilgan edi. U 
o`z e`tiborini, tovar foydaliligi sub`ektiv baholanishi masalasiga bog`liqligini 
emas, tashqi omillar ta`sirini qo`yib, tashqi omillar, iste`molchilik istaklariga ta`sir 
ko`rsatishini aytib o`tgan edi. 
Xususan, o`zining «Iste`molchi balanslashtirilgan byudjeti nazariyasi» (1915) 
asarida, u narxlar va daromad darajasi o`zgarishida, iste`molchi harakatlari qay 
tarzda o`zgarishini tadqiq etgan edi. 
Shunday qilib, ob`ektiv iqtisodiy toifalarning o`zaro ta`siri, tadqiq etilib, 
buning asosida talab, va daromadlar olingan. Slutskiy asarlari mustaqil ravishda 
jahon iqtisodiy adabiyotiga keng tarqalmagan, zero bunga tarixiy hodisalar sabab 
bo` lib, aynan Xiks va uning tomonidan rus iqtisodchisi asarlariga tayanishi, 
mazkur g`oyalar tiklanishiga zamin yaratgan. 


139 
Boshqa ingliz iqtisodchisi Roy Dj. Allen (1906-1983) bilan birgalikda, Xiks 
Slutskiy yondashuvini rivojlantirdi. Olingan xulosalar, avvalo 1934 yilda nashr 
etilgan «YAna bir bora narx nazariyasi haqida» asarida aytib o`tilib, keyinchalik 
Dj. Xiks qalamiga mansub «Tannarx va kapital» asarida rivojlantirildi. Buning 
natijasida, tovarning ikki asosiy vazifasi funktsiyasi ajratildi – ya`ni almashinuv va 
daromad samaralari. Almashinuv samarali, narxlar o`zgarishi sababli tovarga 
nisbatan talab o`zgarishini bildirilib, bunda qay turdagi tovarlar ayniqsa yuqori 
darajada talab etilishi va boshqa tovarlarni bozordan siqib chiqarishi tushuntirilgan. 
Daromad samarali, iste`molchi daromadlari ortishi yoki pasayishi natijasida talab 
qay darajada o`zgarishini tushuntiradi. Birinchi kontseptsiya, ya`ni almashinuv 
samarali, 
maksimal 
darajadagi 
foydalilik 
mavjud 
nazariyasining 
modernizatsiyalashtirilgan varianti edi. Ikkinchisi, ya`ni daromadning talabga ta`sir 
etuvchi element sifatida ko`rib chiqilishi, neomumtoz nazariyadagi printsipial 
ravishdagi Yangi holat bo`ldi. Shu sababli, bu elementni to`liqroq ko`rib chiqamiz. 
Umuman olganda, daromad samarali, to`g`ridan - to`g`ri daromad va talab 
darajasiga bog`liq: daromadlar ortishi sayin, o`rtacha darajada tovarlarga talab ham 
oshadi. Daromad pasaygani sayin esa, tovarlarga nisbatan talab tushib ketadi. 
Mazkur umumiy qonuniyat bilan birgalikda, qator istisnolar mavjud. Ulardan 
ikkitasini keltiramiz. 
1.
Daromad miqdori oshib boishi bilan, arzon, yomon sifatga ega tovarlarga 
nisbatan talab pasayadi, Chunki individ iste`mol tuzilishi o`zgaradi. Katta 
moliyaviy imkoniyatlarga ega bo`lgan iste`molchi, yuqori sifatdagi 
tovarlarni sotib olishga moyil bo`ladi, va ular bundan oldin uning 
daromadlari uchun juda qimmat edi. Demakki, past darajadagi sifatga ega 
tovarlarga talab, bunday iste`molchi tomonidan qisqaradi. 
2.
Daromadlar pasayishi sayin, aholining kam daromadli qatlamlarida birinchi 
navbatdagi ehtiyojga ega tovarlarga nisbatan talab ortadi. Buning sababi, 
qimmatbaho tovarlar endilikda arzonroq tovarlar bilan almashtirilishidir. 
Masalan, kam ta`minlangan oila, oila byudjeti qisqarganida, nisbatan 
qimmat oziq - ovqat mahsulotlarini sotib olishdan voz kechadi va ularni eng 
arzon oziq-ovqat tovarlari bilan almashtiradi. Masalan, non bilan. Demakki 
daromad pasayishi, mazkur tovarga nisbatan, talab o`sishiga olib keladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin