21
Ayni bir xil miqdordagi pensiya birovlarga etadi, boshqalarga esa etmaydi, shu
sababdan inson mehnat qilishga intiladi. YAna shunday mehnatga rag’batlantiruvchi
qo’shimcha omil ham borki, bunday katta yoshdagi kishi ish haqi bilan bir qatorda
pensiya olish xuquqiga ham egadir.
Pensionerlar mehnatining zarur shartlaridan biri korxona, muassasa va
tashkilotdagi o’zgarishlarga moslashuvchanlik, yangi ishni o’zlashtirishga tayyorlik,
ba`zan yashash joyini o’zgartirish va shu kabilardir. Bozor iqtisodiyoti katta yoshdagi
kishilarning
harakatchanligiga
ancha
yuqori
talablar
qo’yadi.
Bozor
munosabatlarining ruqidan shu narsa kelib chiqadiki, har bir kishining faravonligi
avvalo uning o’ziga, tashabbuskorligiga, har qanday yangilikka «javob berish» va
samarali mehnat qilishdan iboratdir.
Sotsial omillar orasida katta yoshdagi kishilarning ma`lumot darajasi va
sog’lig’i ham muhim o’rin tutadi. Bu omillarning qanday ta`sir qilish yaqqol ko’rinib
turadi va tushuntirishlarni talab qilmaydi.
Nihoyat, pensionerlarning bir qismi o’zlarini ishda namoyon qilishni ma`qul
ko’radilar va ishdagina o’zlarining jamiyatga kerakli ekanliklarini qis qiladilar, ko’p
yillar birga ishlagan o’rtoklari bilan jamoada qolishni istaydilar.
Dostları ilə paylaş: