34
Ketish koeffitsienti mazkur xudud aholisining migratsion faolligi, kelish
koeffitsienti esa xududning migrantlar uchun jozibador ekanligini tasvirlab beradi.
Migratsiya qoldig’ining hajmi (mutlaq yoki nisbiy, ijobiy yoki salbiy) migratsiyaning
ish kuchi bozorini shakllantirishga bevosita ta`sirini tavsiflaydi. SHuni aytib
o’tamizki, qoldiq unchalik katta bo’lmaganda migratsiyaning ta`siri birmuncha
ko’proq bo’lishi mumkin, bunga mazkur mintaqadagi kelgan va ketgan kishilar
tartibidagi farq (tafovut) ta`sir qiladi.
Biror davrining, aytaylik, yilning boshi va oxiridagi aholining o’rtacha sonini
hisoblab chiqishga muljallangan aholining o’rtacha yillik soni
U
m
bilan belgilaymiz.
Mehnatga qobiliyatli yoshdagi kelgan kishilarning sonini
K bilan, junab ketganlarni
tegishli ravishda
J, migratsion usishni
MK bilan belgilaymiz. Umumiy koeffitsientlar
quyidagicha taqdim etilishi mumkin.
Aholining kelish jadalligi koeffitsienti mazkur yilda bunday bo’ladi:
KK = K/U
m
Aholining junab ketish jadalligi koeffitsienti:
KJ = J/U
m
Migratsiya qoldig’i yoki aholining migratsion usishi koeffitsisnti:
KMK = KK-KJ
Kelish yoki junab ketish koeffitsientining kattaligiga qarab migratsion usish
koeffitsienti tegishli ravishda «+» yoki «–» bilan belgilanishi mumkin. Mustab belgi
mazkur xududga aholining kelishini, manfiy belgi aholining junab ketganligini
bildiradi.
Dostları ilə paylaş: