35
Ishchi kuchining migratsiyasi ish bilan bandlik va ishsizlik darajasi bilan
bog’liqdir. Mehnat bozoriga nisbatan muvozanat mavjud bo’lib to’rgan sharoitda
ham har doim ish bilan band bo’lmaganlarning bir muncha miqdori ko’zga
tashlanadiki, bu kishilar bir joydan ikkinchi joyga kelgan bo’ladilar.
Kamdan-kam
xolatlarga migrantlarning soni va tarkibi bilan bush ish o’rinlarining miqdor va sifat
jihatidan bir-biriga mos kelishi ko’zga tashlanadi. Ish joyiga ishlash jarayoni hamisha
muayyan
vaqtni talab qiladi, bu esa friktsion ishsizlikning asosi hisoblanadi. SHuning
uchun ham mehnat qila oladigan yoshdagi aholi migratsiyasining jadallik
ko’rsatkichlari hisoblanadi.
Ishchi kuchi migratsiyasi tarkibiy ishsizlik bilan ham bog’liq bo’lib, uning
asosiy ish o’rinlari va ishdan ajralib qolgan migrantlar oqimi o’rtasidagi
nomuvofiqlikdadir. Bunda maxsus migrantlar
bir joyda ishdan ajralib, boshqa joyda
xali ish topmagan bo’ladilar. Bunday nomuvofiqlikning oqibati migrantlar kelgan
joylarda ularni tayyorlash va qayta tayyorlash miqyosini birmuncha ko’pligidir.
Migratsiya sabablari (yoki omillari) vazifalari bilan
bir qatorda ishchi kuchi
migratsiyasining ijtimoiy iqtisodiy qonuniyatlarini tadqiq qilish ham tarkibiy qism
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: