Samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/46
tarix09.12.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#120682
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
mehnat resurslari iqtisodiyoti (1)

Reglamentatsiya vazifasi – hokimiyat kuchi bilan ishlab chiqarish tizimida 
jarayonlarning kechishi, mehnat va dam olish rejimi, huquq va burchlar tizimi va 
h.k.larning muayyan tartibga amal qilinishini ta`kinlashga qaratilgan. Aksariyat 
ishlab chiqarish munosabatlari reglamentga solinadi. Reglamentatsiya – bu texnik
texnologik ta`minotni tashkil etish, texnikani ta`mirlash va unga xizmat ko’rsatish, 
axborot almashish jarayonlarini jarayonlarin amalga oshirishga imkon yaratuvchi 
huquqiy asosdir. 
Rag’batlantirish (ishtiyoq uyg’otish) vazifasijamoa va har bir shaxs
ayniqsa rivojlanishning dastlabki bosqichlarida ishlab chiqarish faolligining 
rag’batlantirilishiga (motivatsiyasiga) ehtiyoj sezadilar. Tajriba ko’rsatadiki, 
rag’batlar (mayllar) to’g’ri hisobga olinganda yuqori mehnat unumdorligiga erishish 
mumkin. Rag’batlarni odatda moddiy va ma`naviy turlarga bo’linadi. Har ikkisi 
uyg’unlashganda ta`sir kuchi oshadi. 
Nazorat qilish vazifasi – bu natijalarni qo’yilgan maqsadlar bilan 
taqqoslashdir. U jamoa faoliyatining muayyan ma`naviy-psixologik iqlimini 
saqlashga, mehnat reglamentiga amal qilishga qaratilgan bo’lib ma`naviy-psixologik 
iqlimga ta`sir etadi. Ayrim shaxslarning intizomsizligi, ish tartibini buzishi, mahsulot 
sifatini pasaytirishi jamoada sarosima, tanglik, ishonchsizlik va sh.k. keltirib 
chiqaradi. O’z navbatida ma`naviy-psixologik iqlim mehnat va uning samaradorligiga 
ta`sir ko’rsatadi. Nazorat ayrim shaxslarni va umuman jamoani xulq me`yorlaridan 
og’ishining oldini oladi. 


53 
Tarbiyalash vazifasi – jamaga rahbarlik faqat yuqori mehnat unumdorligiga 
erishish va sifatli mahsulot ishlab chiqarilishini ta`minlashdangina iborat bo’lmay, 
jamoada uyushqoqlik bilan mehnat qilishga va yashashga qodir, yuksak mehnat 
axloqiga ega xodimlarni tarbiyalashni ham ko’zda tutadi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin