9
Zarur jismoniy va ma`naviy imkoniyatlar insonning yoshiga bog’liq bo’ladi.
Ular inson hayotining ilk va etuk davrlarida shakllanadi va rivojlanib boradi, qarilik
chog’ida esa, tabiiy ravishda bir muncha kamayib boradi.
SHunday qilib, insonning yoshi o’ziga xos mezon bo’lib, mavjud aholi
orasidan mehnatga yaroqli mehnat resurslarini ajratib olish imkoni yuzaga keladi.
Biroq biz bu mezonning nisbiyligini, qayd qilgan xolda, odamlar ham bir hil
emasligini ta`kidlamog’imiz lozim. SHuning uchun ham inson to’laqonli xodim
bo’lib etishishi uchun etarli narsalarni qo’lga kiritishlari va ularni turli davrlarda
sarflashlari lozim. Mehnat resurslariga kimlarni kiritish, ularning sonini aniqlash
kerak bo’lib qolganda xuddi shu ko’rsatkichlar hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: