24
Oilaning yordam beruvchi a`zolariga-oilaviy biznesdagi oilalarning a`zolari
kiradi, mazkur biznesga o’sha uy xo’jaligida ishlaydigan
qarindoshlardan biri
boshchilik qiladi;
Maqom bo’yicha tasniflanmaydigan xodimlarga shunday fuqarolar kiradilarki,
ular uchun o’zlarining qaysi guruhlarga mansubliklarini yaxshi bilmaydilar.
Aholining mazkur taqsimlanishida ayrim pozitsiyalar o’rtasidagi nisbat, ya`ni
tuzilma demografik omillarni, oilalar farovonligini, iqtisodiyot tuzilmasini, mehnat
bozorining aholini, mulkchilikdagi tashkiliy o’zgarishlarni va boshqa omillarni aks
ettiradi.
4.Mehnatni tatbiq qilish samaradorligi
Biz yana «mehnatni tatbiq qilish samaradorligi» degan ta`rifni ham aniqlab
olishimiz kerak, u mehnat resurslaridan foydalanishning tasniflaridan biridir. Har
qanday faoliyat turidagi samaradorlik pirovard natijada vaqt bilan o’lchanadi, vaqt
mahsulot birligini yoki xizmatlar birligini ishlab chiqarishga sarflanadi, bunda
mahsulot va xizmatlar sifatiga qo’yiladigan talablarga katta e`tibor beriladi.
Ana shu
nuqtai nazardan mehnatni tatbiq etish samaradorligini-yuqori sifatli pirovard natijaga
mehnat sarfini kamaytirishga olib keladi.
Moddiy ne`matlar ishlab chiqarishda mehnatni tatbiq etish samaradorligiga
mehnat unumdorligi ko’rsatkichi yordamida baho beriladi. Moddiy ne`matlar ishlab
chiqarilmaydigan joylarda (masalan, ta`lim, sog’liqni saqlashda) faoliyatning ana shu
turlari pirovard natijasini aks ettiradigan turli ko’rsatkichlar tatbiq etiladi.
Mehnat resurslarini taqsimlash turlaridan biri mamlakat xududi bo’yicha
taqsimlash bo’lib, u ham muayyan foydali axborotga ega bo’ladi. Respublika xududi
iqtisodiy
rivojlanish darajasi, kishilarning farovonligi va demografik rivojlanishi
bilan farq qiladi. Masalan, Farg’ona vodiysi viloyatlari Qashqadaryo, Surxondaryo
viloyatlari bilan bo’lgan farqi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Bu farqlar
xududlardagi mehnat resurslarining o’ziga xos shakllanishi
va ulardan foydalanishda
o’z ifodasini topadi. Bu xususiyatni bilish mehnat resurslari haqidagi tasavvurni
boyitadi va shu sababli mintaqaviy darajadagi mehnat munosabatlari sohasida davlat
samarali amalga oshirish imkonini beradi. Pirovard natijada barcha mehnat
muommalari qandaydir bir xudud bilan bog’liq bo’ladi.
Mehnat
resurslarini
shakllantirishning
mintaqaviy
xususiyatlari
avvalo
demografik va sotsial-iqtisodiy omillarning ta`siri bilan bog’liqdir. Demografik
omillarga aholining takror ishlab chiqarilishidagi jadallik
kiradi u hal qiluvchi
darajada to’g’ilish darajasi bilan bog’liqdir. Bu daraja qanchalik yuqori bo’lsa,
mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi, demak mehnat resurslari shunchalik tez o’sadi.
Sotsial-iqtisodiy omillardan mehnat resurslarini shakllantirish uchun ancha
ahamiyatlisi mintaqadagi ishlab chiqarish va iqtisodiy kon`yunktura tuzilmasining
xususiyatlari (mehnat unumdorligining o’sishi)ni aytib o’tish mumkin. Bu xol
ishlovchi o’smirlar va ishlovchi pensionerlar soniga ta`sir qiladi. Ish o’yinlarining,
ayniqsa o’smirlar va katta yoshdagi ishlovchilarning mehnatdan
foydalanishiga mos
keladigan ish o’rinlarining mavjudligi ishlab chiqarish tuzilmasi bilan bog’liqdir.
Iqtisodiy kon`yunktura ish kuchiga bo’lgan talabni oshirish yoki kamaytirishi
mumkin. Bu bilan mehnat sohasi kengayadi yoki torayadi, tegishli ravishda qarab
25
chiqilayotgan mehnat resurslarining ishlashi uchun imkoniyatlar ko’proq yoki ozroq
bo’ladi.
Mehnat
resurslaridan
foydalanishning
mintaqaviy
xususiyatlari
qam
demografik va sotsial-iqtisodiy omillarning amal qilishi bilan bog’liqdir. Mehnat
resurslaridan foydalanish tomonlaridan biri mehnat resurslarini taqsimlash bo’lsa,
ikkinchi tomoni mehnatni tatbiqetish samaradorligidir.
Dostları ilə paylaş: