50
GLOSSARI
Mehnat tushunchasi fiziologik nuqtai nazardan aytilganda, bu – organizmda
yig’ilib qolgan hayot energiyasi tufayli sodir bo’ladigan asab va mushaklar harakati
hamda oqsil moddalarning mexanik ishga kirishuv jarayonidir.
Innovatsion soha deyilganda, katta ijtimoiy-iqtisodiy samara beradigan yangi
g’oya va echimlarni ilgari suradigan va amalga oshiradigan intellektual-aqliy mehnat
sohasi tushuniladi.
Mehnat faoliyati ijtimoiy hodisa bo’lib, u mehnat jarayonida ishchi kuchining
ishtiroki darajasini ifodalaydi.
Mehnat munosabatlari deyilganda, mehnat faoliyati davomida odamlar
o’rtasida vujudga keladigan munosabatlar tushuniladi.
Tizim – bir-biri bilan o’zaro aloqadagi va tadrijiy bir butunligini tashkil
qiluvchi unsurlar majmui.
Mehnat jarayoni ishning oraliq va pirovard natijasiga erishish uchun etarli
izchil insoniy harakatning muayyan turkumi demakdir.
Operatsiya – bir ish joyida yohud ishchilar guruhi tomonidan bajariladigan
mehnat predmetini o’zgartirish bo’yicha mehnat harakatining tugal yig’indisidir.
Mehnat harakati – bu operatsiyaning texnologik jihatdan bir xildagi qismi
sifatida usulni yohud majmuasini bajarish uchun insonni bir nechta ishchi a`zlari
tomonidan tanaffussiz amalga oshiriladigan mehnat sayi-harakatining majmuasidir.
SHaxsiy intervyu – biron-bir muammoni o’rganishning eng keng tarqalgan
usuli. U intervyuni maxsus o’rgatilgan intervyular tomonidan ko’chada, ishxonada,
uylarda va odam gavjum joylarda o’tkazilishini ko’zda tutadi. Ushbu usulni «yuzma
yuz» deb ataladi va intervyular bilan respndentning bevosita aloqasiga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: