52
Rejalashtirish vazifasi – jamoa rahbari mavjud strategiya asosida rejalar
ishlab chiqadi yoki yuqori turuvchi idoradan topshirish oladi. Uni bajarish uchun
barcha sharoitlar, resurslarni (inson va moddiy resurslar) hisobga olish, mehnat
dozasi va mahsulot tayyorlash xronologiyasini aniqlash, resurslarni taqsimlash,
ehtimolligi bo’lgan qiyinchiliklarni oldindan ko’ra bili shva zarur zahiralarni
tayyorlab qo’yish taqozo etiladi. Rejalashtirish faqat mahsulot tayyorlash, mehnat va
resurslar sarfiga taalluqli bo’lmasdan, jamoaning ijtimoiy rivojlanishi, mehnat
unumdorligini, xodimlarning malakasini, ularning umumiy madaniy saviyasini
oshirish kabilarni ham ko’zda tutishi lozim. Rejalashtirish rahbariyatning ijtimoiy-
psixologik funktsiyalariga aloqadar, chunki u jamoa va shaxsni tarbiyalash
dasturlarini, intilish xossalarini o’z ichiga olishi darkor. Bu vazifani echmasdan turib
mehnat
unumdorligini
oshirish,
jamoani
ijtimoiy-psixologik
birlik
sifatida
rivojlantirish mumkin emas.
Moslashtirish vazifasi (muvofiqlashtirish) – jamoa a`zolarining faoliyatini
muvafiqlashtirish
rahbariyatning
asosiy
vazifasi
hisoblanadi.
YUqorida
ta`kidlanganidek, faqat muvofiqlashtirilgan faoliyatdagina qo’shimcha ishlab
chiqarish kuchlari (sinergik unum) yuzaga keladi. Ijrochilarning harakatini
kelishtirish mehnat topshiriqlarini rejali taqsimlash, umumiy vazifalarni hal etish
mehnat taqsimotidagina daxldor bo’lib qolmay, tayyorgarlik darajasining kundalik
hisobi, jamoa mehnat faoliyatining mavjud tizimlarini ham qamrab oladi.
Tartibga solish – muvofiqlashtirishga turdosh vazifa bo’lib, ishlab chiqarish
ko’rsatkichlarini tanlangan doirada tutib turish zarurati bilan bog’liq. U ishlab
chiqarish jarayonlarining samarali bo’lishiga sharoit yaratadi.
Dostları ilə paylaş: