kichkigina, ko’zlari yo’q yoki reduksiyalangan, myo’lovlari qisqa, 3-5 bo’g’imli, og’iz
apparati sanchib-
so’ruvchi tipda, ko’krak bo’g’imlari qo’shilib ketgan, oyoqlari qisqa, panjalari bir bo’g’imli, tirnoqlari
ilmoqsimon. Og’iz apparatini tanaga sanchishi natijasida jarohatlangan nuqtaga hasharot so’lagi tushadi va
qon suyuqlanadi: tomoq va og’iz bo’shlig’ining kuchli muskullari qonning tanaga so’rilishini ta’minlaydi.
Bitlarning rivojlanishi to’liq xujayin tanasida o’tadi. Ular tuxumlarini (sirkalarini) tukka, sochka, yoki teriga
va kiyim-kechaklarga yopishtirib qo’yadi. Lichinkasi imagoga o’xshaydi, 3 marta tullaydi.
Bitlar uzluksiz
urchiydi. 24 kun davomida to’la rivojlanib bo’ladi. Ko’pchilik tur bitlar ma’lum bir tur hayvonga
moslashgan. Shunga muvofiq faqat o’sha hayvonda rivojlanadi.
Odamda bitning uch turi: bosh biti (Pediculus capitis), kiyim biti (Pediculus vestimenti) va qov biti
(Phtirus pulis) parazitlik qilib yashaydi. Bitlar qon so’ruvchi parazitlar bo’lishi
bilan birga, odam uchun
xavfli kasalliklar-tepkili va qaytalama tifni tarqatuvchi spesifik hayvonlar hisoblanadi. Bitlarning 300 yaqin
turi ma’lum.
Teng qanotlilar turkumi.
Bu turkum juda xilma-xil hasharotlarni o’z ichiga oladi.
Bular
bog’larga, poliz ekinlarga, o’rmon va qishloq xo’jalik ekinlariga katta zarar yetkazadi.
Bularning boshi
opistognatik tipda o’rnashgan, jag’ va lab paypaslagichlari yo’q, og’iz apparati sanchib-so’ruvchi tipda
tuzilgan. O’simlik shirasi bilan oziqlanadi, ko’pincha gallashib yashadyi.
Teng qanotlilarning keltiradigan zarari turlicha. Ular o’simlikning hujayra shirasini so’rib,
kuchsizlantiradi, uning hosilini kamaytiradi. Barg va boshqa o’simlik organlarni o’zini
shiralari bilan
ifloslantirib, qora zamburug’ bosishiga sabab bo’ladi. Buning natijasida o’simlik nobud bo’ladi. Teng
qanotlilarning 30 mingga yaqin turi ma’lum. Bularning eng asosiy kenja turkumlari 5-ta: saratonlar, oq
qanotlilar, barg burgachalar, o’simlik bitlari (shiralari), qalqondor hasharotlar.
Dostları ilə paylaş: