Fanning vazifasi:
– talabalarda didaktika, tarbiya nazariyasi, ta’lim menejmenti va pedagogik fikrlar tarixiy taraqqiyotining mohiyatini yorituvchi nazariy bilimlarni hosil qilish;
- talabalarning komil inson, yetuk mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishga oid davlat siyosatining mazmuni, ustuvor tamoyillari, milliy va jahon pedagogikasining eng ilg’or g’oyalari, yosh avlod ta’lim-tarbiyasini samarali tashkil etishga oid qadriyatlar, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ilg’or texnologiyalardan xabardor bo’lishlari uchun qulay muhitni yaratish;
- bo’lajak mutaxassislarda didaktik va shaxs tarbiyasini tashkil etish masalalarini o’zida aks ettiruvchi manbalarda ilgari surilgan g’oyalar, Sharq mutafakkirlari (Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, jadidizm harakatining yetakchi vakillari) va G’arb ma’rifatparvarlari (Yan Amos Komenskiy, Konstantin Ushinskiy) qarashlarini tahliliy o’rganish asosida ta’lim muassasasi amaliyotiga samarali tatbiq etish ko’nikmalarini shakllantirish;
- talabalar tomonidan ta’lim muassasalari faoliyatlarini boshqarish, ularga rahbarlik qilishning zamonaviy usullari, ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslarga ta’lim berish, ularni shaxs sifatida rivojlantirish borasidagi xalqaro tajribalarning o’rganilishini, ulardan kasbiy faoliyatda o’rinli, samarali foydalanish malakalari puxta o’zlashtirilishini ta’minlash;
- bo’lajak o’qituvchilarni zamonaviy pedagogik muammolarni hal qilish, ta’lim va tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishda ilmiy, texnik va texnologik yutuqlarni qo’llay olishga tayyorlash.
Dostları ilə paylaş: |