Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalar tomonidan “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fanining puxta o’zlashtirilishi uchun zamonaviy ta’lim turlari, pedagogik texnologiyalar, jahon ta’limining eng ilg’or yutuqlaridan izchil foydalanish muhim ahamiyatga ega. Fan asoslarini o’zlashtirishda o’quv darsliklari, o’quv va metodik qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma va elektron materiallar, pedagogik, psixologik va tegishli mutaxassisliklarga doir ensiklopediyalar, lug’atlar, o’qitishning texnik vositalari, zamonaviy axborot texnologiyalari kabilardan o’rinli foydalaniladi. Ma’ruza, seminar, laboratoriya mashg’ulotlarining ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida tashkil etilishi ta’minlanadi.
Fanni o’qitish jarayonida shaxsga yo’naltirilgan ta’lim turlari (dasturiy, modul, innovasion, interfaol, muammoli, rivojlantiruvchi, masofaviy va mustaqil ta’lim, o’yin texnologiyalari), o’qitishning samarali shakllari, zamonaviy metodlari, vositalari, pedagogik va axborot texnologiyalarini muntazam qo’llash nazarda tutilgan. “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fanini o’qitishda quyidagi interfaol metodlarni qo’llash ta’lim jarayonining muvaffaqiyatini ta’minlaydi: “Bumerang”, “Baliq skleti”, “Nilufar guli”, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Keys”, “Charxpalak”, “Qarorlar shajarasi”, “Venn diagrammasi”, “Qanday?”, “Nima uchun?” va hokazo.
ASOSIY QISM:
Dostları ilə paylaş: |